Nazorat sam ltari
1. O'zingiz ta ’lim oliyotgan muassasasi haqidagi batafsil
та ’lumot bering.
2. Talabalar huquqlariga nimalar kiradi.
3. Talabalar vazifalariga nimalar kiradi.
4. Oliy о ‘quv yuritmalarda о ‘quv jarayonlar va uni tashkil etish
haqidagi nimalarni bilasiz (Oliy о ‘quv yurti rektori, prorektorlari,
dekanat, kafedralar ulami vazifalari).
5. Bibliografiya deganda nimani tushinasiz.
6. Axborat
to ‘plashda
qanday
manbalardan foydalanish
mumkin.
7.
Shaxsiy
va
umumiy
foydalanishga
mo Ijallangan
kutubxonalar haqida nimalarni bilasiz.
8. О ‘zbekistonda va chet ellarda topilgan yirik kutubxonalardan
qaysilarini bilasiz.
9. Katalog nima va uning qanday turlarini bilasiz. Alfavit
katalogi va tizimisi katalogi haqida nimalarni bilasiz.
10. Matbuot asarlariga nimalar kiradi.
233
1-Ilova
Mualliflar to‘g‘risida
Abdurahmon Rajabov - Toshkent davlat agrar universiteti
“Qishloq xo‘jaligida elektr energetika va elektrotexnologiyalar”
kafedrasi professori, texnika fanlari doktori.
Abduraxman Radjabov 1946-yiIda tavallud topgan . 1967-yilda
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash
injenerlari
institutining
„Qishloq
xo'jaligini
elektrlashtirish”
fakultetini tamomlab Injener-elektrik mutaxasisligini egallagan. U
qishloq xo‘jaligi energetikasi sohasida ilmiy maktabiga ega olim,
Uning rahbarligida
5 ta doktorlik, 8
ta
nomzodlik,
36 ta magistrlik
dissertatsiyalari himoya qilingan. Hozirgi vaqtda 2
ta katta ilmiy
xodim-tadqiqotchining va 1 ta katta ilmiy xodim izlanuvchining
doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda, 265
dan
ortiq
ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlari,
jumladan: 20
ta ixtiro,
5 ta
monografiya, 8 ta darslik va o‘quv qo'llanm alari hamda
40 ta
uslubiy qo‘llanmalari respublikamiz va xorijda chop etilgan. Ilmiy
jumallarda 48 ta shundan 15 tasi xorij nashrlarda chop etilgan.
A. Radjabov
«Международная
агроинженерия»
xalqaro
va
« 0 ‘zbekiston agrar fani axboratnomasi» respublika ilmiy jumallari
taxririyat a’zosi, 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy markazi va 0 ‘z.
234
Res, FTRMQning ilmiy loyihalarini tanlovi va hisobotlarini ко‘rib
chiqish ekspert guruhi a’zosi., 0 ‘zR.FA Energetika va avtomatika
instituti qoshidagi 05.05.07 - Qishloq xo‘jaligida elektr uskunalar va
elektrotexnologiyalar
mutaxassisligi
bo‘yicha
doktorlik
dissertatsiyalami himoyadan oldin muhokama qilish ilmiy-nazariy
seminar
a ’zosi,
0 ‘zR
VM
huzuridagi
Oliy
attestatsiya
komissiyasining (OAK) texnika yo ‘nalishi b o ‘yicha ekspert
kengashi a’zosi sifatida respublikada yuqori malakali kadrlar
tayyorlashga va agrar sohada energetikasini rivojlanishiga samarali
xissa qo‘shib kelmoqda. 2006-2014-yillarda uning rahbarligida
Davlat granti bo‘yicha 2 ta fundamental, 2 ta amaliy, 2 ta inno
vatsion loyihalar va 1 ta xo‘jalik shartnomasi asosida ilmolib
borilgan
2016-yiida
O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Mustaqillikning 25 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
2002 va 2013-yillarda yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv
adabiyoti tanlovi g‘olibi bo‘lgan.
Vaxidov Abdunabi Xudoyberdiyevich - Toshkent davlat agrar
universiteti “Qishloq xo‘jaligida elektr energetika va
elektrotexnologiyalar” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari
nomzodi.
235
1958-yil 23-iyunda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida
ishchi oilasida tug‘ilgan. 1981-yil, Toshkent irrigatsiya va qishloq
xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.
Ma’lumoti
bo‘yicha
mutaXassisligi
-
qishloq
xo‘jaligini
elektrlashtirish va avtomatlashtirish. texnika fanlari nomzodi,
dotsent.
100 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, jumladan 2
ta darslik, 6 ta o ‘quv qo‘llanma, 2 ta avtorlik guvohnomasi, 20 dan
ortiq
o ‘quv-uslubiy
qo‘l!anmalar
mavjud.
“Moyli
ekinlar
mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarining energiya samarador
elektrotexnologiyasini
ishlab
chiqishning
ilmiy-metodologik
asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ishini olib bormoqda.
Uning rahbarligida 15 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari va
100 dan ortiq bitiruv ishlari himoya qilingan. Kafedrada faoliyat
yuritib
kelayotgan
05.05.07
-
“Qishloq
xo‘jaligida
elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi ilmiy-texnik
seminari ilmiy kotibi bo‘lgan.
QXA - 9-129-2015 raqamli “Moyli ekin mahsulotlarini qayta
ishlash jarayonlarining energiya samarador elektrotexnologiyasini
yaratish” ilmiy loyiha rahbari.
2011-yilda
0 ‘zbekiston
Respubiikasi
Prezidentining
“Mustaqillikning 20 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
2015-yilning “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchisi” tanlovi
g‘olibi.
2-ilova
ENERGIY AD AN OQILONA FOYDALANISH
TO‘G‘RISlDA
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
1997-yil 25-aprel
QONUNI
( 0 ‘zbekiston Respubiikasi Oliy Majlisiiing
Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-son, 118-modda)
236
5. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu
Qonunning maqsadi milliy
energetika resurslari
saqlanishini, energiyadan va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan
samarali foydalanishni ta’minlaydigan umumiy huquqiy asoslami
shakllantirishdan iboratdir.
2-modda. Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari
Energiyadan oqilona foydalanish sohasndagi munosabatlar
ushbu Qonun va 0 ‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun
hujjatleri bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasida
energiyadan
oqilona
foydalanish
sohasidagi
munosabatlar
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
3-modda. Ushbu Qonun amal qiladigan soha
Yuridik va jismoniy shaxslaming yoqilgi qazib olish, yoqilg‘i,
issiqlik va elektr energiyasi (matnda bundan buyon energiya deb
yuritiladi) hosil qilish, ulami qayta ishlash, saqlash, tashish,
taqsimlash va sarflash (matnda bundan buyon energiya hosil qilish
vz uni sarflash deb yuritiladi) bilan bogliq faoliyati ushbu Qonun
amal qiladigan soha hisoblanadi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasida huquqiy tartibga
solish:
energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida energiyadan
samarali va ekologik jihatdan xavfsiz foydalanilishini ta’minlashga;
energiya jthatidan samarali texnologiyaiami ishlab chiqish va
joriy etishni, arzonroq neft mahsulotlari, tabiiy gaz, ko‘mir va
boshqa turdagi tabiiy yoqilg‘ilami (matnda bundan buyoq yok.ilgi
deb yuritiladi) qazib olish va hosil qilishni rag‘batlantirishga;
energiya hosil qilish va uni sarflash mikdori hamda sifatini
o ‘lchash va hisobga olishning aniq, to‘g ‘ri, bir xil bo‘lishini
ta’minlashga;
237
energiyaning samarali hosil qilinishi va sarflanisbi hamda uning
sifati ustidan, energetika asbob-uskunalarining, energiya bilan
ta’minlam va energiyani sarflash tizimlarining texnikaviy holati
ustidan davlat tekshiruvi hamda nazoratini amalga oshirishga
qaratilgandir.
4-raodda. Standartlash
Energiya hosil qiladigan va energiya sarflaydigan asbob-
uskunalar hamda mahsulotga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilab
qo'yiladi.
Normativ hujjatlarda energiya hasil qilish va uni sarflash
chog‘tda
energiyadan
samarali
foydalanish
ko‘rsatkichlari,
shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarida energiya sarflanishi,
hududlar, binolar va inshootlarni isitish, harorati va namligini bir
xilda saqlab turish, havosini almashtirish, issiq.lik, suv, gaz va elektr
bilan ta’minlash, elektr bilan yoritish uchun energiya sarflash
ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yiladi.
Energiyadan oqilona foydalanishga doir normativ hujjatiar,
texnikaviy qoidalar va normalar energiya hosil qiluvchilar va uni
sarflovchilarning barchasi uchun majburiydir.
Energiyaning sifati tegiudi normativ hujjatlarda belgilangan
talablarga muvofik bo‘lishi lozim.
5-modda. Standartlash obyektlari va predmetlari
Energiya, energiya hosil qiladigan va uni sarflaydigan yoki
energiyani bir turdan boshqa turga aylantirib beradigan asbob-
uskunalar va mahsulotlar, transport vositalari, qurilish, uysozlik va
qishloq xo‘jalik mashinalari, yoritish texnikasi qurilmalari, isitish,
harorat va namlikni bir xilda saqlab turish hamda havoni
almashtirish tizimlari, xalq iste’moli mollari, shuningdek, issiklik
o‘tkazmaydigan
materiallar
va
qurilish
konstruktsiyalari
energiyadan
oqilona
foydalanish
sohasidagi
standartlash
obyektlaridir. Energiya hosil qilish va mahsulot ishlab chiqarish,
texnologiya jarayonlari va ishlarni bajarish uchun energiya sarfi
238
ko‘rsatkichlarining majmui va qiymati standartlash predmetlaridir.
6-modda. Energiya jihatidan samaradorlik hamda energiya sifati
ko‘rsatkichlariga rioya etilishi u si id an davlat tekshiruvi va nazorati
Energiya jihatidansamaradorlik hamda energiya sifatining
normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlariga rioya etilishi
ustidan davlat tekshiruvi vanazorati (Uzbekistan Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o ‘zbekiston davlat standartlash,
metrologiya va sertifikatsiya markazi (matnda bundan buyon
«Uzdavstandart» deb yuritiladi) hamda boshqa organlar zimmasiga
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuklanadi.
7-modda. Energiya sarflash normativlari
Ushbu qonun 5-moddasining birinchi qismida sanab o ‘tilgan
obyektlar uchun energiya sarflash normativlarini o‘zbekiston
Respublikasi hukumati yoki u vakolat bergan organlar belgilaydi,
Energiya sarflash normativlari energiya hosil qiluvchi va uni
ishlatuvchi
asbob-uskuialar
hamda
mahsulotlaming
texnika
pasportlariga, tuzatish-ta’mirlash va rejim varaqalariga, ulardan
foydalanish yo‘riqnomalariga kiritiladi. Binolar va inshootlami
isitish, ulaming havosini almashtirish harorati va namligini bir xilda
saqlab turish uchun energiya sarflash normativlari qurilish normalari
va qoidalarida belgilab quyiladi. Energiya sarflash normativlari har
besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi va ilg‘or texnologiya yutuqlarini
hisobga olgan holda uzgartirilishi lo.znm.
8-modda. Sertifikatlash
Quyidagilar energiya jihatidan samaradorlik ko'rsatkichlariga
muvofiqlik bo‘yicha majburiy sertitlkatlashtiriladi:
- energetika resurslari;
-om m abop mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va
xizmatlar ko‘rsatish;
-en erg iya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar
hamda mahsulotlar.
- Majburiy sertifikatlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
239
Tayyorlanayotgan
asbob-uskunalaming,
shu
jumladan,
ro‘zg‘orda foydalanish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalaming
normativ
hujjatlaming
energiya
jihatidan
samaradorlik
ko‘rsatkichlariga doir qismida belgilangan talablarga muvofiqligini
ishlab chiqaruvchi tomonidan uni albatta tamg‘alash yo£li bilan
tasdiqlanadi.
9-modda. Metrologiya
Energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida, shuningdek,
energiyani sertifikatlash paytida majburiy davlat metrologiya
tekshiruvi va nazorati amalga oshiriladi.
Energiyadan oqilona foydalanishni davlat tomonidan metrologik
ta’minlash energiya hosil qilish va uni sarflash chogvida
o'lchaslining bir xilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar
normativ hujjatlar majmuini nazarda tutadi,
Quyidagilar energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan davlat
metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlaridir.
- 0 ‘lchov vositalari;
- axborot-o‘lchov tizimlari;
- moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart
namunalari;
-energiyani va energiya manbalarini hisobga olish majmui
hamda tarmoqlari;
- o ‘lchash uslublari;
- metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa
obyektlar.
Energiyadan oqilona foydalanish tizimini ta ’minlash ustidan
davlat
metrologiya
tekshiruvi
va
nazorati«0‘zdavstandart»
zimmasiga yuklatiladi.
IL ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISHNING
DAVLAT BOSHQA RUVIASOSLARI
10-modda. Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlari
240
Quyidagilar energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlaridir:
- aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqa dasturlari
hamda loyihalarini ruyobga chiqarish;
-m illiy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan
energiya hosil qilishni va uni sarflashni barqarorlashtmsh;
-en erg iya hosil qilish va uni sarflash rejimlarini eng maqbul
darajaga keltirish, uning hisobga olinishini tashkil etish;
-en erg iya tejamli sarflanadigan asbob-uskunalar va energiya
kam sarflanadigan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish;
-en erg iy a hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar
hamda mahsulotga taalluqli normativ hujjatlarga energiya jihatidan
samaradorlik ko‘rsatkichlarini kiritish;
- energiya sifati, ishlab chiqarishning energiya sarflanishi
jihatidan samaradorligi va mahsulotga energiya sarfi miqdori ustidan
davlat tekshiruvi va nazoratini tashkil etish;
- korxonalar, muassasalar va tashkilotlaming energiya jihatidan
samaradorligi tekshirib borilishini tashkil etish;
- mahsulotlaming,
ishlab turgan
va qayta qurilayotgan
obyektlarning, texnologiyalar va asbob-uskunalaming energetika
ekspertizasini o ‘tkazish;
-en erg iy a samaradorligi yuqori bo‘lgan loyihalarini ruyobga
chiqarish uchun energiya jihatidan samaradorlik namoyish etiladigan
zonalar barpo etish*
- energiya jihatidan samarador va ekologik jihatidan sof
texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni rag‘bat-
lantirish;
- energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika
kuzatuvini tashkil etish.
11-modda.
0 ‘zbekiston Respublika xukumatining energiyadan oqilona
foydalanish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi
vakolatlari.
Energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat siyosatini
241
amalga oshirish maqsadida 0 ‘zbekiston Respubiikasi hukumati:
-energiyadan oqilona foydalanishga qaratilgan dasturlar va
loyihalami ishlab chiqish hamda ulami ro ‘yobga chiqaradi;
- energiya tejamli sarflanadigan dasturlar va loyihalami ishlab
chiqish hamda ulami ro ‘yobga chiqarishda vazirliklar, idoralar,
korxonalar,
muassasalar
va
tashkilotlaming,
shuningdek,
Qoraqalpog‘iston Respubiikasi hukumati, viloyatlar va Toshkent
shahar davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
-en erg iya jihatidan samarali texnika va mahsulotlar, ilg‘or
texnologiya, bu sohadagi boshqaruv usullariva ilmiy tadqiqotlami
joriy etish bo‘yicha ikkilamchi energiya resurslari va chiqindilardan
foydalanish bo‘yicha loyihalar, shuningdek, quyosh, shamol, suv
oqnmlarining tabiiy harakati energiyasi va boshqa energiya
manbalaridan (matnda bundan buyon qayta tiklanadigan energiya
manbalari
deb yuritiladi)
foydalanadigangach texnologiyalar
ro ‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashadi;
-energiyani hisobga olish, uni nazorat qilish va boshqarish
asboblarini, energiya jihatidan samarali va ekologii jihatdan xavfsiz
energetika
qurilmalarini
nshlab
chiqaruvchi
sanoat
bazasi
rivojlantirilishiga yordam beradi;
- energetika tadqiqotlari va ekspertizalari sohasidagi faoliyatga
litsenziya beradi;
-en erg iy a sarflashning maxsus rejimini o ‘matishga rozilik
beradi;
- energiyadan oqilona foydalanish va energetika asbob-
uskunalarini ishlatish masalalari bo‘yicha kadrlami tayyorlash va
qayta tayyorlashchtizimini yaratishga ko‘maklashadi;
-jam oatchilikni
energiyadan foydalananish:
samaradorligi
to‘g‘risida xabardor qilib boradi;
-q o n u n hujjatlariga muvofiq. Boshqa vakolatlami amalga
oshiradi.
12-modda.
Anik, maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy
dasturlar hamda loyihalar energiyadan oqilona foydalanish
242
sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy
dasturlar hamda loyihalar energiyadan oqilona foydalanish bo'yicha
davlat siyosatini amalga oshirishda majburiydir.
Quyidagilar tegishincha aniq maqsadga qaratilgan milliy,
tarmoq, mintaqaviy dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish
tashabbuskori boladilar:
0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati:
Vazirliklar va idoralar;
Qoraqalpag‘iston Respublikasi hukumati, viloyatlar va Toshkent
shahar davlat hokimiyati organlari.
Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy
dasturlar hamda loyihalar besh yi! va undan uzoqroq muddat uchun
ishlab chiqiladn, 0 ‘zbckiston Respublikasi hukumati tomonidan
tasdiqlanadi vaustuvor hisoblanadi. Ulami ro ‘yobga chiqarish
mas’uliyati
tegishincha
0 ‘zbckiston
Respublikasi
hukumati,
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari
zimmasiga yuklatiladi.
13-modda. Energetika tekshiruvlari
Energetika tekshiruvlari energiya hosil qilish va uni sarflash
samaradorligini baholash maqsadida o'tkaziladi.
Har yili umumiy hajmi olti ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i
yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isiga teng energiya
resurslarini sarflaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
majburiy energetika tekshimvlaridan o‘tkaziladi,
Energetika tekshiruvlarini o'tkazish tartibi va muddatlarini
0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati belgilaydi
14-modda. Energetika ekspertizasi.
Energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar,
shuningdek, ishlab chiqarilishida energiyadan foydalaniladigan
mahsulotlar energiya jihatidan samaradorligi va energiya sarflanishi
miqdorini baholash uchun energetika ekspertizasidan o'tkaziladi,
Yangi
va
rekonstruktsiya
qilinayotgan
obyektlaming,
texnologiyalar va asbob-uskunalarning loyiha hujjatlarini energetika
ekspertizasidan o‘tkazish majburiydir.
243
Energetika ekspertizasi 0 ‘zbekiston Respubiikasi hukumati
belgilaydigan tartibda o ‘tkaziladi.
15-mod da. Energiyani hisobga olish
Hosil qilinadigan va sarflanadigan energiya jami hajmi albatta
hisobga olinadi,
Energiyani hisobga olish tartibi va uni asboblar bilan ta ’minlash
qoidalari, elektr va issiqlik energiyasidan, tabiiy gazdan, neftni qayta
ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalari 0 ‘zbekiston
Respubiikasi hukumati tomonidan belgilanadi. Energiyani hisobga
olish normativ hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvoflq amalga
oshiriladi.
Energiya hisobi to‘g ‘ri yuritilishi uchun javobgarlik korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining yoki shunga vakolat
berilgan boshqa shaxslaming zimmasiga.yuklatiladi.
16-modda. Energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika
kuzatuvi.
Energiya hosil qilish va uni sarflash hajmi hamda uning tarkibiy
tuzilishi, energiyadan oqilona foydalanilishi ustidan statistika
kuzatuvini 0 ‘zbekiston Respubiikasi Vazirlar Mahkamasining
Istiqbolini belgilash va statistika davlat qo‘mitasi 0 ‘zbekiston
Respubiikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda tashkil etadi
va amalga oshiradi.
III. ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISHNING
IQTISOD1Y MEXANIZMLARI
17-modda. Aniq maqsadga qaratilgan dasturlar va loyihalami
moliyalash.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga
qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar va loyihalami
moliyalash energiya jihatidan samarali dasturlar va loyihalami
ro ‘yobga chiqarishdan foyda oladigan korxonalaming ishlab
chiqarish faoliyatidan keladigan darotnadlari, byudjetdan tashqari
244
aniq, maqsadga qaratilgan fondlar, ichki va chet el investitsiyalari,
byudjet manbalari va boshqa manbalar hisobidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18-modda. Tarm oqlararo energiyani tejash fondi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatini
moliyaviy qo‘llab-quwatlash maqsadida 0 ‘zbckiston Respublikasi
hukumati tomonidan byudjetdan tashqari tarmoqlararo energiyani
tejash fondi (matnda bundan buyon energiyani tejash fondi deb
yuritiladi) tashkil etiladi.
Quyidagilar energiyani tejash fondini shakllantirish manbalari
boMishi mumkin:
-k red itlar berganlik uchun va fondning boshqa moliya-xo‘jalik
faoliyatidan olinadigan foyda;
-energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga
qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalami
ro‘yobga chiqarishdan olinadigan foydaning ulushi;
-y u rid ik va jismoniy shaxslaming, shu jumladan, chet ellik
yuridik va jismoniy shaxslaming aniq maqsadga qaratilgan ixtiyoriy
badallari;
- energiyadan noolqilona foydalanganlik uchun iqtisodiy jazo
chorasi qo‘llashdan tushadngan mablag‘lar;
- amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tushumlar,
19-modda. Energiya hosil qiluvchilar va uning iste’molchilariga
beriiadigan imtiyozlar
Energiyadan oqilona foydalanish maqsadida 0 ‘zbekiston
Respublikasi hukumati yuridik va jismoniy shaxslarga:
-energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga
qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalami
davlat imtiyozli kreditlar hisobiden moliyalash bo‘yicha;
- tarmoqlararo ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini
moliyalash, energiya jihatidan samarador asbob-uskunalaming
tajriba turkumlarini ishlab chiqarish bo'yicha:
245
-energiyadan foydalanish samaradorligini ancha oshiradigan
maxsus asbob-uskunalar, asboblar va materiallami import qilganlik
uchun bojxona bojlari va soliqlar bo‘yicha;
— o ‘z vakolatiga muvofiq. Boshqa masalalar bo‘yicha imtiyozlar
beradi.
— 0 ‘zbekiston Respubiikasi hukumati:
— belgilangan normativlarga nisbatan energiya sarfi kamayishini
ta’minlagan;
-en erg iy a sarfi mikdori belgilangan normativlardagidan kam
bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarayotgan;
-y o q ilg ‘idan ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun
xomashyo sifatida foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga
energiya uchun imtiyozli tariflar belgilashi mumkin.
Energiyani tejaydigan texnologiyalarga sarflangan xarajatlar va
kapital mablag‘lar qoplanishini jadallashtirish maqsadida asbob-
uskunalar,
asboblar, issiqlik o ‘tkazmaydigan materiallar va
konstruktsiyalar, ko‘plab ishlab chiqariladigan energiya jihatidan
samarali mahsulotlami chiqarayotgan, tegishli ishlarni bajarayotgan,
va xizmatlar ko‘rsatayotgan ishlab chiq(aruvchilarga, shuningdek,
mazkur
asbob-uskuna,
asbob,
material,
konstruktsiya,
mahsulotlaming
joriy
etilishini
va
ulardan
foydalanishni
ta’minlayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga
muvofiq soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilanadi.
Energiya va issiqlik ta ’minotini takomillashtirish, uy-joylar,
kvartiralar, korxonalar, muassasalar, va tashkilotlami energiya
sarfrni hisobga oladigan, nazorat qiladigan va boshqarib turadigan
asboblar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirayotgan, issiqlik
yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik va energiya sarflashni kamaytirishga,
isitish uchun ikkilamchi energiya resurslaridan, qayta tiklanadigan
energiya manbalaridan, mahalliy yoqilri turlari va ishlab chiqarish
chiqindilaridan foydalanishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlami
qo‘shimcha ravishda amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy
shaxslarga energiyani tejash fondi m ablagiaridan dotatsiya berilishi
mumkin.
246
20-modda. Qayta tiklanadigan energiya m anbalaridan
foydalanish
Energiya ta’minoti tashkilotlari jumlasiga kirmaydigan elektr va
issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilar ana shu tashkilotlarning
tarmoqlariga energiya ta’minoti tarmoqlari va manbalaming eng
oqilona ish rejimini ta’minlaydigan miqdorlarda va rejimlarda
energiya berish huquqiga ega. Energiya ta’minoti tashkilotlari
mazkur ishlab chiqaruvchilardan energiyani belgilangan tartibda
chiqariladigan narxlar bo‘yicha o ‘z tarmoqlariga qabul qilib olishni
taminlashlari shart.
Energiyadan oqilona foydalanish soahasidagi loyihalar va
dasturlarga muvofiq bunyod etilayotgan, qayta tiklanadigan energiya
manbalardan foydalanadigan, ikkilamchi resurslar va chiqindilami
ishlatadigan energetika qurilmalari uchun belgilanadigan elektr va
issiqlik energiyasining narxlari ana shu qurilmalar. Qurilishiga
ketgan kapital mablag'lar 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan
kelishilgan muddatlarda jadal qoplanishini ta’minlashi lozim.
Energetika
resurslaridan
samarali
foydalanilishini
rag‘batlantirish maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati
tomonidan belgilanadigan tartibda neft mahsulotlari, qozon-pech
yoqilgisi uchun mavsumiy narxlar hamda elektr va issiqlik
energiyasi uchun mavsumiy tariflar, shuningdek, elektr energiyasi
uchun sutkaning turli vaqtlari bo‘yicha tabaqalashtiri -Igan tariflar
joriy etiladi.
21-modda. Energiyadan nooqilona foydalanganlik uchun
javobgarlik
Energiya hosil qilish va uni sarflash sohasida shug‘illanayotgan
yuridik va jismoniy shaxslar bevosita energiya nobudgarchiligini va
energetika jihatidan samarasiz mahsulotlar ishlab chiqarilishini
istisno eta-digan ishlab chiqarish, mahsulot, ishlar va xizmatlaming
belgilangan energiya jihatidan samaradorligini ta’minlashlari shart.
Bu talablar buzilgan taqdirda yuridik shaxslarga nisbatan:
- energiyaning sifat ko‘rsatkichlari buzilgan;
247
- bevosita nobudgarchiligi asboblar yordamida yoki normativ
usul bilan aniqiangan;
-en erg iy a jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlari normativ
hujjatlarning talablariga mos kelmaydigan mahsulotlar ishlab
chiqarilgan;
- energiya sarflanishini asbob yordamida hisobga olish
buzilgan;
- sertifikatlashtirilmagan energetika asbob-uskunalaridan,
energiya ta’minoti tarmoqlari va tizimlarining elementlaridan
foydalanilgan;
-m av ju d ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishning
belgilangan ulushi ta ’mynlanmagan hollarda qonun hujjatlariga
muvofiq iqtisodiy jazo choralari qo‘llaniladi.
Iqtisodiy jazo choralaming qo‘l!anilishi yuridik shaxslami
o ‘zlari yetkazgan zarami qoplashdan ozod qilmaydi.
Energiyadan
nooqilona
foydalanganlik
uchun
jismoniy
shaxslaming javobgarligi qonun hujjatlarida belgiianadi.
Energiya yetkazib beruvchilaming kelishmasdan energiya
ta ’minotini to ‘htatib qo‘yishi natijasida energiyadan
foydalanuvchilarga yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda qoplanadi.
IV. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
22-modda, Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagn xalqaro
xamkorlik
Quyidagilar xalqaro hamkorlikning asosiy yo ‘nalishlaridir:
-en erg iy a jihatidan samarali texnologiyalarni chet el va xalqaro
tashkilotlar bilan o ‘zaro manfaatli ayirboshlash;
- energiyadan oqilona foydalanishni ta’minlovchi qo‘shma
davlatlararo loyihalami respublikada ruyobga chiqarish;
- energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi xalqaro
loyihalarda ishtirok etish;
248
-en erg iy a jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlarini xalqaro
standartlaming talablariga moslash, shuningdek, sertifikatlash
natijalarim o ‘zaro e’tirof etish.
23-modda. Xalqaro shartnom alar
Agar
0 ‘zbekiston
Respublikasi
qatnashgan
xalqaro
shartnomada ushbu qonunda nazarda tutilganidan boshqacha
qoidalar
belgilangan
bo‘lsa,
xalqaro
shartnoma
qoidalari
qo‘llaniladi.
24-modda. Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Energiyadan oqilona foydalanish to ‘g ‘risidagi qonun hujjatlarini
buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
O ‘zbekiston Respublikasining
Prezidentil. KARIMOV
3-ilova
O ‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi
Do'stlaringiz bilan baham: |