- o li y
ta’lim
tizimida
davlat va jamoat boshqaruvini
uyg‘unlasbtirish;
- oliy ta ’lim., fan va ishlab chiqarish birlashuvini ta’minlash.
Talabalami oliy ta ’lim muassasalariga
qabul qilish davlat
grantlari va to ‘lov-kontrakt vositasi bilan abiturientlaming bilim
darajasini test va boshqa sinov turlariga binoan aniqlash yo‘li orqali
amalga oshiriladi.
Oliy ta’limning maqsadi - 0 ‘zbekiston yuksak rivojlangan
demokratik mamlakatlar darajasida ilmiy-texnikaviy,
iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy rivojlanish bilan ta’minlay oladigan, yuksak
ma’naviy, madaniy va axloqiy fazilatlarga ega yuqori malakali
raqobatbardosh kadrlar yetishtirishdir.
Oliv taTimning asosiy vazifalari quvidagilar:
- davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg‘or, zamonaviy ta’lim
va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori samarali o ‘qitishni tashkil
qilish va malakali kadrlar yetishtirishni ta’minlash;
-
mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi istiqbollari,
jamiyat talablari ga binoan fan, texnika, ilg'or texnologiya,
iqtisodiyot va madaniyatning zamonaviy yutuqlari asosida kadrlar
o‘qitishni
tashkil
qilish
va
uning
uslublarini
muntazam
takomillashtirish;
- yoshlami milliy tiklanish
mafkurasi va umuminsoniy
qadriyatlami bilish asosida, mustaqillik g ‘oyalari, Vatan, oila,
tabiatga mehr va insonparvarlik ruhida tarbiyalash;
- o 'q u v
amaliyotiga
yangi
pedagogik
va
axborot
texnologiyalarini kiritish, o‘qitishni shakllashtirish va masofaviy
vositalar bilan ta ’minlash;
- ta’lim, fan va ishlab chiqarish birlashuvining amaliy
tizimlarini ishlab chiqish va amaiiyotga kiritish;
- ilmiy-pedagogik kadrlar va talabalarning
ilmiy tadqiqotlari va
i jodiy faoliyatlari orqali fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish;
- davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish asosida
ta ’lim xizmatlari bozorida raqobatii muhitni shakllantirish;
- oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish va ular
mustaqilligini kengaytirish; ta’sischilar, va’siylar. jamoat kuzatuv
kengashlari shaklida yangi jamoat boshqaruvini kiritish;
194
- o li y ta iim sohasida yuksak rivojlangan
mamlakatlar bilan
o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish.
Oliy ta iim tizimi quvidagilardan iborat:
-d a v la t ta iim standardariga muvofiq ta iim va kasbiy-taiim
dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat oliy taiim
muassasalari;
- o liy ta iim rivojlanishiga zarur b o ig a n tadqiqot ishlarini
bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;
- t a iim n i boshqarish davlat idoralari,hamda
ular tasarrufidagi
korxona, muassasasi va tashkilotlar.
Oliy ta iim muassasalari mutaxassislar tayyorlashni «Oliy ta iim
yo‘nalishlari va ixtisosliklari Klassifikatori» ga muvofiq amalga
oshiradi.
Davlat
ta iim
muassasalarida
tayyorlanadigan
ta iim
yo‘nalishlari
va
ixtisosliklari
ro‘yxatini
faqat
0 ‘zbekiston
Respubiikasi Vazirlar Mahkamasi joriy qiladi.
Oliy ta iim muassasalari tomonidan ta iim yo‘nalishlari va
ixtisosliklarining ro‘yxati ta ’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi
marketing rivojlanishi bilan aniqlab boriladi va mehnat bozori
talablarini hisobga oligan holda, davriy qayta ko‘rib turiladi.
0 ‘zbekiston Respbulikasida oliy ta iim muassasalarining
quyidagi turlari joriy etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: