Nuklonlaming o ‘zaro ta’sirlashuvida yadro maydonida massasi
~21Qme
bo‘lgan zarra hosil qiladi. Hozirgacha bunday maydonning to‘lanazariyasi
mavjud emas, biroq taqribiy nazariyalar tadqiqotlar olib
borishda muhim
qurol bo‘lib,hisoblanadi.
Shunday qilib, mavjud bo‘lgan tajriba dalillari nuklonlararo o ‘zaro ta ’sir
potensialining yagona shaklini tanlab olishga imkon bermadi. Hatto ikkita
erkin nuklon uchun ham o ‘zaro ta’sir potensiali to ‘la aniq emas.
Hozirgi
kvant mexanikasi apparatining murakkabligi yadro xususiyatlarini yetarli
darajada tahlil qilish uchun imkon bermaydi.
Yadro xarakteristikalarini
hisoblash uchun zamonaviy hisoblash mashinalarining quvvati hatto A = 5
b o ig an yengil yadrolarga ham yetmaydi.
Shu sababli, hozircha yadro xususiyatlarining barchata'sirlarini hisobga
olgan hisoblashning iloji yo‘q. Real yadroning xarakteristikalarini emas,
balki matematik va fizik jihatdan soddalashtirilgan
yadro modellari deb
ataladigan har xil sistemalarning xususiyatlarini hisoblashga to‘g ‘ri keladi.
Yadro modeli tajriba natijalariga asoslangan holda tanlab olinadi, so‘ngra
bu modelgamos keluvchi turlichataxminlar ishlab chiqiladi. Demak, birgina
fizik jarayonni bayon qilish uchun turlicha m odellar m avjud bo ‘lishi
mumkin.
Yadroningxususiyatlarini hisoblash mumkin bo‘lishi
uchun modelyetarli
darajada soddabo‘lishi shu bilan birgahech bo‘lmagandaureal yadrolaming
xususiyatlarini taxm inan aks etishi lozim. Har qanday m odel yadro
xususiyatlari haqidagi fizikada mavjud bo‘lgan
bilimlarning xulosasi va
umumlashuvidan iboratdir. Har qanday model yadro xususiyatlarini to‘la
aks ettira olmaydi. Shuning uchun har bir modelning qo‘Ilanish chegarasi
mavjud. Model tadqiqotlarni davom ettirishda asosiy yo‘nalishni ko‘rsatadi
vaharxil xossalami m a'lum nuqtai nazardaturib bir-biri bilan bog‘lanishga
imkon beradi.
Yadro modellari ikki xil boshqa-boshqa yo‘nalish asosida yaratilgan.
Birinchi yo‘nalish «Kuchli o‘zaro ta'sir modellari». Bu modelga ko‘ra,
yadro o‘zaro kuchli ta'sir etuvchi va o‘zaro kuchli bog‘lanishda bo‘lgan
zarralar ansambli deb qaraladi. Moddalaming bu guruhiga «Suyuq tomchi
modeli», «alfa zarra model», «birikma yadro modeli» mansubdir.
Ikkinchi yo‘nalish «erkin zarralar modellari», bunda har bir nuklon
yadroning boshqa nuklonlarning o ‘rtachalashtirgan
maydonida deyarli
120
www.ziyouz.com kutubxonasi
bog‘liqsiz erkin ravishda harakatlanadi. Bu guruhga fermigaz, qobiqli,
umumlashgan yoki kollektiv modellar kiradi.
4.2-§. Tomchi m odeli
Tomchi modeli eng dastlabki m odellardan biridir.
Bu modelni atom
nazariyasining asoschilaridan daniyalik olim Nils Bor taklif qilgan. Yadro
xususiyatlarini o ‘rganish bo‘yicha olib borilgan tajribalar yadroning ko‘pgina
xususiyatlari suyuq tom chi xususiyatlariga o ‘xshashligini k o ‘rsatadi.
Jumladan, qaralayotgan suyuqlik zichligi o ‘zgarmas, suyuqlik siqilmaydi.
Suyuqlik hajmi uning miqdoriga proporsional ravishda otrib boradi. Xuddi
shuningdek, y ad rozichligijudakatta(~ 1014g/sm3) bo‘lib,
siqilmaydi, yadro
h a jm in in g u n d a g i n u k lo n la r s o n ig a p r o p o rs io n a l (R = R 0A I/3;
Do'stlaringiz bilan baham: