Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti Biotibbiyot fizikasi BF 18 01 guruh talabalari Turdimatova Ziyoda, Rahimova Dilfuzalarning Radionuklid diagnostikasi prinsiplari va asosiy usullari mavzusida tayyorlagan taqdimoti
RADIONUKLIDLARNI DIAGNOSTIKADA QO’LLANILISHI
Radionuklidlar - ma'lum massa raqami, yadrolarning energetik holati, atom raqami bilan tavsiflangan, yadrolari beqaror va radioaktiv parchalanishga uchraydigan atomlar to'plami.
Ma'lum bo'lgan radioaktiv nuklidlar soni 1800 dan oshadi. Parchalanish turi bo'yicha quyidagilar ajratiladi: a-radionuklidlar, b-radionuklidlar. Ba'zi radionuklidlarning yadrolari o'z-o'zidan bo'linishga uchraydi, boshqalari esa elektronlarni ushlash turi bo'yicha parchalanadi, unda yadro, qobiqlardan biridan atomni ushlab, neytrinlarni chiqaradi.
1982 yil avgust oyida Parijda bo'lgan 3 Xalqaro kongress qatnashchilari diagnostika sohasida yangi usul radioimunologik tahlil asoschisi olima R.Yalou ma'ruzasini tinglab bu usulning ahamyati shundaki, u bilan qon tarkibida Kam miqdorda bo'ladigan moddalar(gormonlar, fermentlar, aminakislotalar) ni aniqlash mumkin.
Bu usul qon zardobiga turli biologik faol moddalarni aniqlash imkonini beradi. Usul 1972 yildan beri qo'lanib kelmoqda, diagnostika uchun ahamyati juda katta birinchidan "IN VITRO" tekshirishlar bemorga RFP yubormasdan o'tkladi.
Siklotronlarda radionuklidlar ishlab chiqarish uchun quyidagi turdagi yadro reaksiyalar qo’llaniladi: (p,n), (p,), (p,pn), (p,2n), (p,3n), (p,5n), (d,p), (d,n), (d,2n), (d,3n), (d), (3Ne,n), (3Ne,), (3He,2n), (3He,3n), (), (), (), (), (). Quyidagi jadvalda izotoplarning parchalanish turlari va parchalanish mahsuli bo’lgan zarrachalarning energiyalari keltirilgan.
Hozirgi kunda radioaktiv izotoplar quyidagi to’rtta turli yo’nalishlarda qo’llanilishi mumkin:
Ilmiy tadqiqotlarda, sanoatda va meditsinada radioaktiv indikator sifatida;
Texnologik nazorat qiluvchi radioizotop asboblarda, modda tarkibini yadro-fizikaviy tahlil qiluvchi asbob va qurilmalarda;
Radiatsion texnologiyalarda va radioterapiyada moddaga ta’sir qilish uchun kuchli nurlanish manbalari ko’rinishda;
“kichik” energetika (ya’ni issiqlik radioizotop manbalarida, radioizotop termoelektron generatorlarda va atom batareyalarda ) radioaktiv yoqilg’i sifatida.
Davolash maqsadida qo’llanilayotgan radionuklidlar quyidagi uchta guruhga bo’linadi;
Energiyasi 2002000 keV sohada joylashgan -zarralar chiqarayotgan -nurlatgichlar;
Yuqori chiziqli energiya uzatuvchi (LPE100 keV/mkm) va qisqa yugirish yo’liga (50100 mkm) ega bo’lgan -nurlatgichlar;
Elektron qamrash (EQ) yoki ichki electron konversiya (IEK) bo’yicha parchalanadigan radionuklidlar.
Inson organizmi funksiyasini tekshirishda keng qo’llaniladigan radioizotoplardan biri bu kobalt-57 hisoblanadi. U vitaminining inson organizmida hazm bo’lishini tadqiq qilish uchun qo’llaniladi. Kobalt-57 nisbatan og’ir kobalt radioizotopiga nisbatan qisqa yashash vaqti va yuqori sanash effektivligi bo’yicha ustunlikka egadir. Hozirgi kunda ushbu radioizotop asosan siklotronda olinadi. Kobalt-57 radioizotopini electron tezlatgichlarda olish bo’yicha bir nechta ishlar bajarilgan bo’lib, bular boshlang’ich tadqiqot ishlari edi.
E’TIBORINGIZ UCHUN
TASHAKKUR
Do'stlaringiz bilan baham: |