RADIOIZOTOPLI SATH O’LCHAGICHLARI Radioizotopli sath o’lchagichlarining ishlash printsipi yutish qobiliyati turlicha bo’lgan ikki muhitdan o’tayotgan nurlarning qayd qilinishi va muxitlarning chegarasi o’zgarishi bilan nurlanish o’zgarishiga asoslangan. Barcha radioizotopli sath o’lchagichlarning asosiy qismlari nurlanish manbai va nurlarni qabul qiluvchilardan iborat. Nurlanish manbai sifatida o’zidan j nurlar chiqaradigan So60, Cs137, Se75 va boshqa moddalar ishlatiladi. Qabul qiluvchi sifatida Geyger-Myuller hisoblagichi, stsintilyatsion hisoblagichlar yoki yarimo’tkazgichli detektorlar ishlatiladi. Detektor chiqishida paydo bo’lgan impulslar elektron kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi va sath o’zgarishiga muvofiq elektr signalga aylanadi.
Radioizotopli sath o’lchagichning printsipial sxemasi 2-rasmda ko’rsatilgan. U radioaktiv nurlanish manbai 1, ionlovchi nurlanishni qabul qiladigan hisoblagich 2, elektr toki manbai 3, qarshilik 4, elektron kuchaytirgich 5 va o’lchash asbobi 6 dan iborat. Hisoblagich metalldan yasalgan tsilindr bo’lib, ichi inert gaz bilan to’ldirilgan. TSilindr markazida undan izolyator bilan ajratilgan metall sim o’Phatilgan. TSilindr devori elektr manbaining manfiy qutbiga, metall sim esa musbat qutbiga ulangan. TSilindr inert gaz bilan to’ldirilgan bo’lgani uchun hisoblagich zanjirida tok bo’lmaydi. Hisoblagichga radioaktiv nur ta’sir etib, undagi inert gaz ionlanishi boshlangandagina hisoblagich 2 va qarshilik 4 zanjirida tok hosil bo’ladi. Bu tok miqdori inert gazning ionlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Gazning ionlanishi esa radioaktiv nurlanish manbai bilan hisoblagich orasiga o’Phatilgan idish ichidagi suyuqlikning yoki sochiluvchi moddaning balandligiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Idishdagi suyuqlik balandligi nur yo’lini to’la berkitsa, rezistordan o’tadigan tok nolga yakin bo’ladi, nur yo’li ochilishi bilan, ya’ni suyuqlik balandligi pasayishi bilan rezistor zanjirida tok orta boshlaydi. Idish ichidagi suyuqlik balandligi ana shu rezistordagi kuchlanish U miqdori bilan o’lchanadi. Buning uchun rezistordagi kuchlanish miqdori oldin elektron kuchaytirgich 5 yordamida kuchaytiriladi, so’ngra esa o’lchov asbobi 6 ga uzatiladi. Radioizotopli sath o’lchagichlar boshqa asboblarga nisbatan universaldir. Bu asboblar sath o’lchashni nazorat qilishni diskret va uzluksiz ravishda amalga oshiradi; ular ochiq va berk idishlardagi suyuq hamda sochiluvchan moddalar sathini o’lchash uchun ishlatilishi mumkin, o’lchanayotgan muhit bilan asbob orasida hech qanday mexanik bog’lanish bo’lmagani sababli agressiv suyuq va sochiluvchi moddalarning balandligini o’lchash mumkin. Asboblar ko’rsatishining aniqligi va stabilligi muhit holatining (harorat, namlik, elektr o’tkazuvchanlik, zichlik va boshqa fizik xossalarning) o’zgarishiga bog’liq emas. Barcha radioizotopli asboblarning umumiy kamchiligi radioaktiv nurlarning tirik organizmga zararli ta’siridir. Asboblarning xatosi ±0,5—1% dan oshmaydi. Bular asosan boshqa turdagi asboblarni ishlatish mumkin bo’lmagan hollardagina qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |