Radioeshittirish



Download 228,54 Kb.
bet5/8
Sana17.01.2022
Hajmi228,54 Kb.
#381557
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sherboboyeva mus ish4

Radioeshittirish, radioeshittiruv — ommaviy axborot vositalarining oʻziga xos elektron texnikaga asoslangan turi. Ovozni maxsus apparatlar yordamida koʻpaytiradi va keng hududlarga, uzoq masofalarga yetkazib beradi. Radioeshittirish matbuotning oʻziga xos, ogʻzaki, eshituvchiga yoʻnaltirilgan bir koʻrinishi sifatida matbuot qonuniyatlari asosida faoliyat kursatadi, uning funksiyalarini uziga xos ravishda ado etadi. Radioeshittirishning informatsion (xabar, suhbat, reportaj), tahliliy (radio chiqish, sharh, kuzatuv), badiiypublitsistik (lavha, ocherk, felyeton, esse) singari asosiy janrlari mavjud. Shuningdek, unda adabiy ijodga (radiohikoya, radiopyesa, radiospektakl), musiqa sanʼatiga (radiokonsert, radiokompozitsiya) oid eshittirishlar ham beriladi. Radioeshittirish ommaviy axborot vositasi sifatida ommaga informatsiya, turli maʼlumotlar yetkazib berish bilan birgalikda musiqa sanʼatini ommalashtirishda ham muhim rol oʻynaydi.

Radio dastlab aloqa vositasi sifatida ishlatilgan boʻlsa, keyinchalik undan ommaviy axborot vositasi sifatida ham foydalanilgan. Birinchi Radioeshittirishlar 1919-y. da Nijniy Novgorod radiolaboratoriyasidan, 1920-y. Moskva, Qozon va b. shaharlardagi tajriba R. stansiyalaridan olib borilgan. 1924-y. 23 noyab. dan esa muntazam berila boshlagan.

Oʻzbekistonda dastlabki tajribaviy Radioeshittirishlar 1926-y. Toshkentda oʻtkazilgan. 1927-y. 11 fev. da quvvati 2 kVt boʻlgan ommaviy radiostansiya ishga tushirilib, muntazam Radioeshittirishlar boshlangan. 1934-y. da Oʻzbekiston radiolashtirish va radioeshittirish davlat qoʻmitasi tashkil etildi, 1996-y. 7-maydan esa bu qoʻmita Oʻzbekiston televideniye va radioeshittirish davlat kompaniyasiga aylantirildi.

Hoz. paytga kelib radio misli koʻrilmagan darajada taraqqiy etdi va insoniyatning maʼnaviy hayotidan mustahkam oʻrin oldi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz Radioeshittirish lariga ega. Jahonda AQSHga qarashli «Amerika ovozi», «Ozodlik», Angliyaning «BiBiSi», Germaniyaning «Nemis toʻlqinlari» va b. oʻnlab radiostansiyalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda 5 ta radiostudiya faoliyat koʻrsatmoqda. Ular orasida Oʻzbekiston televideniye va radiokompaniyasiga qarashli Toshkent radiosi yetakchi oʻrinni egallaydi.



Respublika radiosining eshittirishlari 4 dastur boʻyicha olib boriladi. 1-dasturda asosan ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy va madaniy-maʼnaviy mavzulardagi eshittirishlar («Oʻzbekiston»), 2-dasturda yoshlar uchun eshittirishlar («Yoshlar»), 3-dasturda axborot va musiqiy eshittirishlar («Mashʼal»), 4-dasturda esa rus, qozoq, uygʻur, tatar va qrim-tatar tillarida eshittirishlar olib boriladi («Doʻstlik»). Yuqoridagilar bilan bir qatorda respublikamizda bir qancha xususiy, nodavlat radiostansiyalar ham faoliyat koʻrsatmoqda («Vodiy sadosi», «OriyatDono» va b.).

Oʻzbekiston radiosi chet ellar uchun ham muntazam eshittirishlar (ingliz, arab, fors, uygʻur, hindi va oʻrdu tillarida hamda chet ellardagi vatandoshlar uchun oʻzbek tilida) berib boradi. Toshkent Radioeshittirishning «Axborot», «Ijtimoiy-siyosiy», «Iktisodiy eshittirishlar», «Adabiybadiiy eshittirishlar», «Musiqa eshittirishlari», «Mahalliy eshittirishlar», «Bolalar va oʻsmirlar uchun eshittirishlar» kabi bosh muxarririyatlari mavjud. Unda «Yaxshi kayfiyat», «Vatan», «Hamroh», «Dugonalar», «Gulshan», «Tabassum», «Bugun radioteatrda», «Mutolaa» va b. doimiy mavzu eshittirishlari, radiojurnallar berib boriladi. Televideniye va radioeshittirish davlat kompaniyasi huzurida oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestri, makrmchilar ansambli, dutorchi qizlar ansambli, estradasimfonik orkestri, xor jamoasi kabi badiiy jamoalar ishlab turibdi.



Jamiyat hayotini axborot almashinishlarsiz tasavvur etish qiyin, ayniqsa, radio va televideniesiz.
Biz har kuni radioeshitirishlar va turli kanallarda teleko‘rsatuvlarni maza qilib tomosha qilamiz. Buning uchun radio murvatini burab qo‘yish yoki televizor pulti tugmachasini bosish kifoya. Ha, rostdan ham juda oddiy. Lekin mana shu oddiylikning asosida qanday jarayonlar va qaysi mutaxassislarning mehnati yotganligi haqida bosh qotirish hammagayam yoqavermaydi. Keling, bu haqda suhbatlashishdan oldin radioaloqa va televidenie tarixiga bir nazar tashlaylik.
To‘g‘ri, radioaloqaning kashf etilishi tasodif emas. 1895 yil A.S.Popov birinchi radioni ixtiro qiladi va shu yilning 7 mayida u ilk bor namoyish etiladi. Tarixda bu sana “ radioning tug‘ilgan kuni” deb nom oladi. 1898 yilning yozida A.S.Popov oralaridagi masofa 5 km bo‘lgan ikki kema orasida radioaloqa o‘rnatishga erishadi va1899 yil kuzda 35 km masofada radioaloqani amalga oshiradi.



Download 228,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish