Radioelektronika asoslari


Bipolyar tranzistorning statistik xarakteristikalari. Bipolyar tranzistorlar xarakteristika va parametrlarining temperaturaga bog’liqligi



Download 1,11 Mb.
bet4/7
Sana26.03.2022
Hajmi1,11 Mb.
#511929
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Radioelektronika2

Bipolyar tranzistorning statistik xarakteristikalari. Bipolyar tranzistorlar xarakteristika va parametrlarining temperaturaga bog’liqligi
Elbers-Moll tenglamalari bipolyar tranzistorlar statik rejimda tahlil qilish va statik xarakteristikalarni topish uchun qo’llaniladi. Chunki, bu tenglamalar transistor p-n o’tishlaridagi har qanday kuchlanishlarda uning asosiy xususiyatlarini to’liq aks ettiriladi. Ammo, shuni ham aytib o’tish kerak-ki, modelda IOE va IOK toklar p-n o’tishlarning o’zida zaryad tashuvchilarning generatsiyalanish va rekombinatsiyalanishini ham Erli effektini e’tiborga olmaydi. Shu sababdan umumiy baza (UB), umumiy emitter (UE) va umumiy kollektor (UK) ulangan sxemalarda bipolyar tranzistorning real xarakteristikalarini ko’rib chiqamiz. Bipolyar tranzistor kirish xarakteristikalari. Kirish xarakteristikasi deb chiqish kuchlanishning berilgan va o’zgarmas qiymatlarida, kirish tokening kirish kuchlanishiga bog’liqligini ko’rsatuvchi grafikka aytiladi.
Umumiy baza sxema. Umumiy baza ulangan sxemada kirish toki bo’lib emitter toki IE, kirish kuchlanishi bo’lib emitter-baza kuchlanishi UEB, chiqish kuchlanishi bo’lib esa kollektor-baza kuchlanishi UKB xizmat qiladi. Shuning uchun umumiy baza ulangan sxemaning kirish xarakteristikalari kollektor o’tishdagi kuchlanish UKB ning belgilangan qiymatlarida =f( ) bog’lanish orqali ifodalanadi.
Bipolyar tranzistorda emitter va kollektor o’tishlarning o’zaro ta’siri o’tishlarga quyilgan kuchlanish qutblariga bog’liq. Masalan, aktiv rejimda kollektor o’tish toki baza- emitter kuchlanishi bilan aniqlanadigan emitter o’tish tokiga bog’liq. Kollektor o’tish kuchlanishining emitter o’tish tokiga ta’siri nisbatan sustroq bo’ladi. To’yinish rejimida ikkala o’tish bazaga zaryad tashuvchilarni injeksiyalaydi va kollektor o’tishning emitter o’tish tokiga ta’siri kuchli bo’ladi. Agar emitter toki IEda kovaklar toki elektronlar tokiga nisbatan foizning ulushlarini tashkil etish e’tiborga olinsa, simmetrik tuzilmali umumiy baza ulangan bipolyar tranzistorning kirish xarakteristikalar oilasi quyidagi tenglams bilan ifodalash mumkin:

UKB=0 bo’lganda xarakteristika tenglamasi:

Ko’rinishiga ega bo’lgan diod VAXiga o’xshaydi. Shunga qaramasdan, diod ga, tranzistorda esa ekanligini e’tiborga olish lozim. Aktiv rejimda ni e’tiborga olmasa ham bo’ladi, unda

Ko’rinib turibdiki, UB ulangan sxemada kirish xarakteristikasi ordinatorlar o’qida I0kesma kesuvchi eksponenta orqali ifodalanadi. Kollektor o’tishga berilgan teskari kuchlanish qiymati ortgan sari Erli effekti hisobiga baza kengligi kamayadi, I0 esa- ortadi, chunki I0 baza kengligi LB ga teskari proporsional bog’langan. Shu sababli, UKB ortishi bilan kirish xarakteristikalari chapga va yuqoriga siljiydi [11].

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish