ko'ra, 100 rad doza ta’siridan odam hujayralarning har birida 100 gacha yakka va 10
35
Bulardan tashqari, azot asoslaridan - timin strukturasi buziladi va shu orqali
gen mutatsiyalari soni ham oshadi. DNK bilan oqsil o'rtasida
tikilishlar
paydo
bo'ladi.
Yadro membranasi bilan DNK o'rtasidagi aloqa uziladi. Yadrodan sitoplazmaga
axborot uzatish tizimi ishdan chiqadi. Hujayra ichi membranalari faoliyatlarining
boshqarilishida buzilishlar ro'y beradi. Umuman yadro - sitoplazma aloqasida jiddiy
chetlanishlar yuz beradi.
Hujayraning radiatsiyadan halok bo'lish sabablari tahlil qilinganda, birinchi
navbatda, uning yadro va sitoplazmadan iborat ikki asosiy tarkibiy qismlarining
tutgan o'rnini ko'zdan kechirish alohida ahamiyatga ega. Shu masalaga doir
o'tkazilgan tadqiqotlarning ko'pchiligi, hujayraning nur ta’sirida sodir bo'ladigan
halokatida, o'ta yuqori nur sezgirligiga ega yadroning hal qiluvchi ahamiyatga ega
ekanligini tasdiqlaydi.
YUqorida bayon etilgan xromosomal aberratsiyaga ega hujayralar ulushi bilan
letal (halokat) effekti o'rtasida mavjud korrelyatsiya nurdan zararlangan hujayrada yuz
beradigan oqibatlarga yadro materialining dahldor ekanligini isbotlaydi. Ammo bu
dalilni yadroning yuksak nur sezgirlik oqibati deb bir tomonlama talqin qilib
bo'lmaydi. Chunki xromosomalarning zararlanishi, sitoplazmada sodir bo'ladigan
zararlanishlar orqali vositalangan bo'lishi ham mumkin. Demak, yadroning hujayra
halokatidagi roli haqida yana ham aniq dalillar talab etiladi. Aynan mana shunday
dalil Astaurov tadqiqotlarida qo'lga kiritildi(8-rasm).
B.L.Astaurov androgenez (erkaklik partenogenez) fenomenidan foydalanib, (ya’ni,
erkak jinsiy hujayraning urug'lanishisiz) organizmni urchitishga muvaffaq bo'ldi.
Buning uchun dastlab, ipak qurtining urug'lanish va tuxum qo'yishga tayyor urg'ochi
kapalaklari 50000 rad doza (bunday doza urg'ochi vakillar va tug'ilmagan tuxumlar
yadro apparati uchun halokatli doza) bilan nurlantirdi. Ammo bunday kapalaklar
birdaniga halok bo'lmaydi. Ular nurlantirilmagan erkak kapalaklar bilan
kopulyatsiyalanib, tuxum tug'adi. Ana shu tarzda tug'ilgan tuxumlardan
(kopulyatsiyalanishdan so'ng androgenezni rag'batlantirish maqsadida isitiladi)
isitilgandan so'ng otalik belgilariga ega qurtlar, g'umbaklanish bosqichidan so'ng esa,
o'zida otalik belgilarini to'la mujassamlashtirgan erkak kapalaklar paydo bo'ladi.
Masalaning mohiyati quyidagicha talqin qilinadi. Odatda, urug'lanish paytida,
ipak qurtining har bir tuxumiga bir nechta spermatozoidlar kirib, ulardan faqat bittasi
tuxum hujayraning yadrosi bilan qo'shiladi. Tajribada tuxum hujayra yadrosi
nurlantirish
tufayli
buzilganligi
uchun,
uning
o'rnini
tuxumga
kirgan
spermatozoidlardan birining yadrosi oladi va u boshqa spermatozoid yadrosi bilan
qo'shilib, normal diploid yadro kompleksi hosil qiladi.
Demak, yadro faqat otalik xromosomalaridan tashkil topadi. Muhimi shundaki,
nurlantirilgan va yadroga nisbatan juda katta hajmga ega onalik plazmasi, hosil
bo'lgan avlod belgilariga hyech qanday ta’sir ko'rsatmagan. Xulosa shundan iboratki,
nurlantirilgan hujayraning halokatida yadro hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: