O'rta asr sharq adabiyotida payg‘ambarlar, umuman olganda, buyuk shaxslar haqida asar bitish an'ana shaklini olgan. Bu sohadagi ilk namunalar arab adabiyotiga oid. X-XI asrlarda Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning «Tarix-ur-rasul va-l-muluk» («Payg‘ambarlar va podshohlar tarixi») nomli kitobi shu turga oid eng mashhur asarlardan sanaladi. Bunday asarlar ko‘p tillar qatori keyinchalik turkiy tilga ham tarjima qilingan. Biroz keyinroq tarjimalar asosida turkiy tillarda shu turga mansub asarlar yuzaga kelgan. Nosiriddin Rabg‘uziy qalamiga mansub «Qisasi anbiyo» ham ana shunday asarlar sirasiga kiradi. Adabiy an'analardan farqli o‘laroq o‘ziga xos uslubda bitilgani e'tiborga molik. Undagi uslub o‘zidan keyingi asarlarga namuna vazifasini o‘tagan. Masalan, XVI asrda Boshqurt tomonidan yozilgan «Chingiznoma»dan joy olgan «Oqsoq Temur» qissasining ilk qismi aynan «Qissai Ibrohim alayhissalom» hikoyasiga o‘xshash.
Rabg‘uziy shaxsiyati
Burhoniddin ibn Nosiriddin ar-Rabg‘uziy XIII asrda Xorazmda yashab ijod etgan. Uning hayotiga oid yetarlicha ma'lumotlar yo‘q. Muallif o‘z hayoti to‘g‘risida «Payg‘ambarlar qissasi»da qisqacha to‘xtalib o‘tgan. U Rabg‘uziy taxallusini bir muddat qozilik qilgan Rabot o‘g‘uzi degan joy nomidan olgani aytiladi. Keyinchalik Chig‘atoy xoni Tarmashirinning yaqin maslahatchilaridan bo‘lmish To‘qbug‘a qo‘l ostiga keladi. Tarmashirin Naxshobda 0lari, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalari ilgari suriladi.
Alloma Alloh taolodan faqat bu dunyoga qaratilgan «dasturxonimiz to‘kin sochin bo‘lsin», «to‘ylar ko‘p bo‘lsin» qabilidagi duolardan tashqari oxirat obodligini so‘rashni ham o‘rgatadi. «Munojoti ilohiy»da keltirilgan: «Ul misoq kunida biz mo‘‘minlarni kofirlardin sochib, ujmoh (jannat) yonida turg‘uzub, haulai fin-nari va la ubali teyu hisob qildik. Bizda toat va ibodat yo‘q erkan o‘z fazling va karaming birla bizlarni ulardin socha yorliqading, qiyomat kuni yo‘l boshinda kofirlarg‘a qo‘shmayin, ulardin ayirib «faqirun fil-jannati» zumrasinda (guruhida) bo‘lmoqqa sen Alloh ro‘zi qilu ber!» munojoti bunga juda chiroyli misol bo‘la oladi.
O'z navbatida, o‘quvchiga asardagi badiiy bezaklar - hamd, na't, she'r, munojot, pand va nasihatlar qalb va ruh ozuqasi o‘laroq xizmat qiladi.
She'r:
Na ekan tuproq ostin keng jahonga sig‘magan,
Tor lahad ichra yoturlar yurkanib atlas, ag‘i.
Mustafoqa jofiy dunyo qilmadi, ko‘rgil vafo,
Tegdi oxir arig‘qa bu o‘lumning achig‘i.
Rabg‘uziy Nosir tayanma tunla kunduz ingranib,
Sayrag‘il, suchuk tilingdin so‘z chiqar so‘zlar sog‘i.
Manbalari
Asarning ertakka o‘xshash uslubda yozilgani oddiy xalq saviyasiga mos tushgan. Aslida undagi voqeliklar ertak emas, haqiqiy tarixiy manbalardir. Rabg‘uziy oyat va hadislarni asl holida - arab tilida keltiradi, davomida esa turli tafsirlardan foydalanadi, Abu Ishoq Niysaburiyning «Qisas-ul-anbiyo», Al-Bag‘oshiriyning «Ismat-ul-anbiyo» kabi tarixiy asarlariga murojaat etadi. Allomaning mufassir va tarixchi bo‘lgani quyidagi misralardan bilinadi: «IShORAT. Yusuf Zulayhog‘a o‘g‘ramaduq (qo‘l urmoq) bo‘lsa. Va kazalika linafsiha anhu as-su'a va al-fahsha'a, ma'nisi bermagay erdi... Bu Yusuf bizning muxlis qullarimizdan erdi. Innahu min ibadina al-muxlasina4. Qamug‘ (barcha) yalavochlar (payg‘ambarlar) ham muxlis erdilar ham muxlas. O'zga mo‘‘minlar muxlis erdilar ammo muxlas eramazlar.»
Tadqiqotchilarning fikricha to‘liq nusxasida jami 33 ta payg‘ambar va valiy zotlar tarixi yoritilgan «Qisasi Rabg‘uziy» Tabariy uslubi asosida bitilgan bo‘lib, unda isroiliyot5dan ham foydalanilgan. Asar Movarounnahrdagi mo‘g‘ul va turkiy xalqlarning islomni qabul qilishiga ham sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatgan. Kitobning qo‘lyozma nusxalari va 20 dan ortiq tosh bosma nashrlari Toshkent, Ufa, Qo‘qon, Farg‘ona, Kogon shaharlari kutubxonalarida saqlangan. Bugunga kelib, Qozon, Anqara va Toshkent shaharlarida tadqiqotchilar tomonidan nashr etilgan nusxalar mavjud.
Tadqiqotlar ibtidosi...
Qisasi Rabg‘uziyning eski o‘zbek yozuvidan kirill alifbosiga o‘girilib, chop etilishi garchi mustaqillik yillariga to‘g‘ri kelsa-da, tayyorlanish jarayoni biroz avval amalga oshirilgani uchunmi, taqdim so‘zi va lug‘atlardagi izohlarda shaxs va hodisalarga kommunistik nuqtai nazardan yondashilgan. Shu bois, ushbu tarixiy asar islomshunos olimlar tomonidan qayta nashrga tayyorlansa, bag‘oyat savobli ish qilingan bo‘lar edi. Shuningdek, 1990-91 yilgi nashrda ba'zi ismlar noto‘g‘ri yozilgan (masalan, sahoba Amr ibn Osning Umar ibn Os deb yozilishi kabi). Diniy istilohlar izohida ham ko‘p xatolarga duch kelish mumkin. (Ulan namozi - peshin o‘rniga shom, Ikinduk namozi - asr o‘rniga peshin namozi deb izohlangani kabi).
Asar tili to‘g‘risida gap ketganda shuni ham aytib o‘tish kerakki, kitob salkam sakkiz asr oldin yozilgan bo‘lishiga qaramasdan, undagi so‘zlar bugungi o‘quvchi uchun ham butunlay notanish emas. Asar tilimiz tarixini o‘rganishda ham yaxshi manbadir6.
Asarda rus tilida uchrab turadigan, ammo, asli turkiy tillarga oid bo‘lgan so‘zlar ham bor. Masalan:
qilavuz - yo‘lboshchi
kirpich - g‘isht
tovar - tovar, mol
karkas - o‘limtiklar bilan kun kechiruvchi yirtqich qush
kub - xum
«Qisasi Rabg‘uziy» qo‘lyozmalari bugungi kunga to‘laligicha yetib kelmagan. Masalan, kitobda Ayyub, Horun, Shuayb, Zul-kifl, Al-Ya'sa (alayhimus-salom) qissalari yo‘q. Qo‘lyozmaning ba'zi varaqlari yo‘qolgan. Misol uchun, Yusuf (a.s.) qissasi tugamasdan, Muso (a.s.) qissasi o‘rtasidan boshlanib ketadi.
Asarning eng qadimiy qo‘lyozma nusxasi XV asrda ko‘chirilgan bo‘lib, Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Ushbu nusxaning faksimilesi matnshunos K.Gronbek tomonidan 1948 yil Kopengagenda nashr qilingan va bu 1990-91 yilgi nashriga asos qilib olingan7.
Do'stlaringiz bilan baham: |