R. X. Karlibayeva, A. A. Temirov korxonalarni



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/81
Sana25.10.2022
Hajmi1,35 Mb.
#856044
TuriУчебное пособие
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
Bog'liq
Армат KB Kaf 12.KORXONALARNI RAQOBATINI BAHOLASH 10ta

5.2.
 
Investitsion muhit, uning iqtisodiy mazmuni va ahamiyati 
 
Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi shuningdek, olib 
borilayotgan investitsion faollikning o‗sish sur‘atlari investitsion muhitga bog‗liq 
bo‗ladi.
Investitsion muhit investitsion resurslarni joylashtirish uchun umumiy mezon 
bo‗lib, birinchi navbatda kapital mablag‗larning daromadliligini ta‘minlab beradi.
Qulay investitsion muhit mamlakatga kapital olib kelishni rag‗batlantiradi, 
investorlar faoliyati faolligi ko‗tarilishiga xizmat qiladi aksincha, investitsion muhit 
ma‘qul bo‗lmasa, kapital chiqib ketadi, investitsion faoliyat so‗na boshlaydi. 
Qayerdaki qulay investitsion muhit mavjud ekan o‗sha tomonga investitsiyalar oqimi 
tezlashadi. Darhaqiqat, investitsiyalar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuchdir.
Investitsion muhit mavhum tushuncha bo‗lib, uning muayyanligini investitsion 
faoliyatni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan 
iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarning 
umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. 


85 
Investitsiya iqlimi tushunchasi iqtisodiyotda yangi emas, ammo, mustaqil 
O‗zbekiston sharoitiga nisbatan ishlab chiqilmagan. Investitsiya iqlimi juda keng 
ma‘noda ishlatiladigan tushuncha bo‗lib, investor tomonidan hisobga olinadigan 
barcha muammo va masalalarni mujassamlashtiradi. Investor tomonidan ma‘lum bir 
mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan bir 
qatorda, o‗z kapitalini kiritmoqchi bo‗lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti 
va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi.
23
Qulay investitsion muhit yaratishning muhim tashkil etuvchilaridan biri 
huquqiy-me‘yoriy baza bo‗lib, u har bir salohiyatli investorning mulkiy manfaatlarini 
himoyalashi, kafolatlashi va shuningdek, mamlakatdagi mavjud investitsiya 
mexanizmining tushunarli va aniq bo‗lishini ta‘minlashi lozim. 
Sodda qilib, e‘tirof etganda ingvestitsion muhit- investitsion munosabatlarni 
amalga oshirish mumkin bo‗lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini o‗zida aks 
ettirgan voqelikdir.
Investitsion muhitni yaxshilashdan maqsad investitsion salohiyatni oshirish 
uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratish, investitsion faoliyatni 
jadallashtirish va provardida iqtisodiyot yuksalishi, ijtimoiy muammolar hal etilishi, 
ishlab chiqarish samaradorligi ortishidir. 
Investitsion muhit - muayyan mamlakatga (yoki hududga) investitsiyalar 
kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan iqtisodiy, 
ijtimoiy, tashkiliy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlar mavjudligining ijobiy yoki 
salbiy tomonlarini anglatadi. 
Hududiy investitsion muhitni yaxshilashda ustuvor ishlab chiqarishga 
asoslangan korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari qanday bo‗lishidan qat‘iy 
nazar, ularning investitsion faoliyatlarini qo‗llab-quvvatlash lozim. Bu esa mavjud 
ishlab chiqarish quvvatlarini va bino-inshootlarni imtiyozli narxlarda sotish, 
investitsion kredit, soliq va o‗zaro qarzlarni restrukturizatsiya qilish yo‗llari bilan 
amalga oshiriladi. Shuningdek, investorlarni qonunchilik yo‗li bilan himoya qilish, 
23
G‘ozibekov D.G., Qoraliev T.M. Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish. -T., 2003. 
46-bet. 


86 
ularni investitsion dasturlarga kiritish, budjet mablag‗larini jalb qilish kabilar ham 
katta ahamiyatga ega. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish