R. X. Alimov, O’. T. Xayitmatov, A. F. Xakimov, G. T. Yulchieva, O. X. Azamatov, U. A. Otajanov



Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/223
Sana04.08.2021
Hajmi2,86 Mb.
#138063
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   223
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

chiqarish  tarmog’i  sifatidagi  o’ziga  xosligi  va  ahamiyati  shundaki,  xalq 
xo’jaligining boshqa tarmoqlari mehnat samaradorligi ko’p jihatdan unga bog’liqdir. 
Bundan  tashqari,  bu  tarmoqlar  me’yorida  rivojlanishi  uchun  informatikaning 
o’zida  mehnat  samaradorligi  ancha  yuqori  sur’atlarda  o’sib  borishi  lozim,  chunki 
hozirgi  davrda  jamiyatda  axborot  ko’proq  so’nggi  iste’mol  predmeti  sifatida 
namoyon  bo’lmokda:  odamlarga  dunyoda  ro’y  berayotgan  voqealar,  ularning  kasbiy 
faoliyatiga doir predmet va hodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi haqida axborot 
zarur.  
Informatika  fundamental  fan  sifatida  kompyuter  axborot  tizimlari  negizida 
istalgan  ob’ektlar bilan  boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni  barpo 
etish  metodologiyasini  ishlab  chiqish  bilan  shug’ullanadi.  SHunday  fikr  ham 
mavjudki,  fanning  asosiy  vazifalaridan  biri  —  axborot  tizimlari  nima,  ular  qanday 
o’rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo’lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun 
qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. 
Evropada  informatika  sohasida  quyidagi  asosiy  ilmiy  yo’nalishlarni  ajratib 
ko’rsatish 
mumkin: 
tarmoq 
tuzilmasini 
ishlab 
chiqish, 
kompyuterli 
integratsiyalashgan  jarayonni  ishlab  chiqarish,  iqtisodiy  va  tibbiy  informatika, 
ijtimoiy sug’urta va atrof muhit informatikasi, professional axborot tizimlari. 
 
 
 


 
42 
 
 
Informatika 
Texnik vositalar 
Dasturiy vositalar 
Algoritmli vositalar 
 
 
 
 
3.1-rasm. Informatikaning tarmoq, fan, amaliy fan sohalari sifatida tuzilishi 
 
Informatikada  fundamental  tadqiqotlar  maqsadi  istalgan  axborot  tizimlari 
haqida  umumlashtirilgan  axborotni  olish,  ularning  qurilishi  va  ishlashining  umumiy 
qonuniyatlarini aniqlashdir. 
Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug’ullanadi: 
Texnik 
vosita- 
larni 
ishlab 
chiqish 
Dasturiy 
vosita- 
larni 
ishlab 
chiqish 
 
Axborotn
i qayta 
ishlash 
texnologi
yalarini 
ishlab 
chiqish 
Axborot 
ta’minoti
ni 
yaratish 
uslubiyoti 
Axborot 
tizimlari 
va 
texnologi
yalarini 
nazariyasi 
Axborot 
jarayonlar
idagi 
qonuniyat
larni 
o’rganish 
Kommuni
katsiya 
axborot 
modellari
ni 
o’rganish 
 
Axborot 
tizimlari 
va 
texnologi
yalarini 
qayta 
ishlash 
Ishlab chiqarish 
soxalari 
Fundamental fan 
Amaliy fan 
soxalari 


 
43 
a)  axborot  jarayonlaridagi  qonuniyatlarni  o’rganish  (axborotni  yig’ish,  qayta 
ishlash, tarqatish); 
b)  inson  faoliyatining  turli  sohalarida  kommunikatsion  —  axborot  modellarni 
yaratish; 
v)  aniq  bir  sohalarda  axborot  tizimi  va  texnologiyalarini  ishlab  chiqish  va 
ularning  hayotiy  bosqichini,  ularni  ishlab  chiqarish,  ishlashni  va  hokazolarni 
loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash. 
Demak, informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va vositalarni 
ishlab  chiqish  va  axborotni  qayta  ishlashning  texnologik  jarayonlarini  tashkil  etish, 
ulardan foydalanishni ishlab chiqishdir. 
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
  istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish; 
  axborot  jarayonlarini  tadqiq  etishdan  olingan  natijalar  negizida  axborotni 
qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish; 
  jamiyat 
hayotining 
barcha 
sohalarida 
kompyuter 
texnikasi 
va 
texnologiyasidan  samarali  foydalanishning  ilmiy  va  muhandislik  muammolarini 
yaratash, tatbiq etish va ta’minlashni hal etish. 
Informatika  o’z-o’zicha  mavjud  bo’lmay,  balki  boshqa  sohalardagi 
muammolarni  hal etish  uchun  yangi axborot texnika  va texnologayalarini  yaratishga 
qaratilgan  kompleks  ilmiy  —  texnik  sohadir.  U  boshqa  eohalar,  hatto  jarayonlar  va 
hodisalar  noformallashuvi  tufayli  miqdoriy  uslublarni  qo’llash  mumkin  emas  deb 
hisoblanadigan  sohalarga  ham  tadqiqot  uslub  va  vositalarini  takdim  etadi. 
Informatikada  kompyuter  texnikasi  sharofati  tufayli  amaliy  ro’yobga  chiqishi 
mumkin  bo’lgan  matematik  modellash  uslublarining  hal  qilinishini  alohida  ajratib 
ko’rsatish lozim. 

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish