R. X. Alimov, O’. T. Xayitmatov, A. F. Xakimov, G. T. Yulchieva, O. X. Azamatov, U. A. Otajanov


 Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari



Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/223
Sana04.08.2021
Hajmi2,86 Mb.
#138063
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   223
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

 
2.3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 
Har  qanday  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimlari  (AAT)  tashqi  muhit 
qurshovida  ishlaydi,  u  AAT  uchun  kiritiladigan  axborot  manbai  va  chiqadigan 
axborotning  iste’molchisi  hisoblanadi.  Axborot  oqimi  AAT  doirasida,  tizimga 


 
36 
kirishdan  boshlab  undan  chiqishgacha  ishlov  berishning  bir  nechta  bosqichidan 
o’tadi.  Axborotga  ishlov  berishning  eng  yirik  bosqichi  axborotni  to’plash,  ro’yxatga 
olish  va  dastlabki  ishlov  berish,  aloqa  kanali  bo’yicha  manbadan  kompyuterga 
uzatish, mashina eltuvchilariga o’tqazish, axborot fondlarini yaratish va saqlab turish, 
mashina  ichida  ishlov  berish  va  chiqariladigan  shaklga  keltirish,  aloqa  kanali 
bo’yicha  kompyuterdan  foydalanuvchiga  uzatish,  foydalanuvchi  qabul  qilishi  uchun 
yaroqli shaklga o’zgartirishdan iborat. 
 
 
 
2.3 -rasm. AAT ning namunaviy tuzilishi 
  
Ishlov  berishning  alohida  bosqichlari  tegishli  AAT  kichik  tizimlari  orqali 
amalga  oshiriladi,  ular  ichida  quyidagilarni  ajratib  ko’rsatish  mumkin:  kiritiladigan 
axborotni  to’plash  va  dastlabki  ishlov  berish,  aloqa,  axborotni  kompyuterga  kiritish, 
axborotni  saqlash  va  ishlov  berish,  axborotni  chiqarish  va  uni  aks  ettirish  (chiqarish 
kichik tizimi). AAT ning namunaviy tuzilishi 2.3 -rasmda keltirilgan. 
Axborotni to’plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimi axborotga dastlabki 
ishlov  berish  bo’yicha  bir  qator  operatsiyalarni  bajaradi.  Bu  kichik  tizim  doirasida 
ob’ektlar to’g’risida ob’ekt uchun tabiiy bo’lgan shaklda, ya’ni tabiiy tilning so’zlari 
va simvollari, umumqabul qilingan sanoq tizimi raqamlarida taqdim etilgan dastlabki 
axborotni (masalan, kadrlarni hisobga olish bo’yicha varaqa mazmuni, bemorni tibbiy 
tekshirish  natijalari,  maqolalarning  matnlari,  tovar-transport  yukxatlari  mazmuni  va 
hokazo) to’plash amalga oshiriladi. 
Maxsus tekshiruvlar natijasida axborot tizimining axborot fondida hali mavjud 
bo’lmagan  ma’lumotlar  tanlab  olinadi.  Bu  bilan  tizimda  axborot  takrorlanishining 
oldi  olinadi.  Dastlabki  axborotning  tizimga  keyin  kiritilishi  zarur  bo’lgan 
elementlariga dastlabki ishlov beriladi, ya’ni tizimda qabul qilingan muayyan shaklga 
Axborot 
manbai 
Axborotn
i to’plash 
va 
dastlabki 
ishlov 
berish 
kichik 
tizimi 
 
A
loqa
 ki
chi

ti
zi
m

 
Foydalanuvchi 
Axborot 
fondi 
Saqlash va 
ishlov 
berish 
kichik 
tizimi 
Axborotni 
kiritish 
kichik 
tizimi 
 
Chiqarish 
kichik 
tizimi 


 
37 
va  formatga  keltiriladi:  maxsus  blankalarga  yoziladi,  belgilangan  shakldagi 
jadvallarga  kiritiladi,  hujjatli  axborot  uchun  muayyan  qoidalar  bo’yicha  annotatsiya 
va  bibliografik  bayoni  tuziladi,  fizik  parametrlari  birliklarning  yagona  tizimiga 
keltiriladi.  Dastlabki  ishlov  berishdan  o’tgan  va  muayyan  tarzda  shaklga  keltirilgan 
axborot eltuvchilarda, aksariyat hollarda, qog’ozda qayd etiladi. 
 Axborotni  to’plash  va  dastlabki  ishlov  berish  kichik  tizimidan  olinadigan 
axborot kompyuterga bevosita kiritish uchun yaramaydigan shaklda beriladi. Kiritish 
kichik  tizimining  vazifasi  uni  kompyuterga  kiritish,  shuningdek  axborotning  to’g’ri 
ko’chirilishi va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo’ladi. 
Zamonaviy  kompyuterlarda  axborotni  kiritish  uchun  ko’pincha  kompyuter 
bilan  maxsus  tarmoq  vositalari  orqali  bog’langan  displey  va  aloqa  kanallaridan 
foydalaniladi. 
Kompyuterga  kiritilgan  axborot  mashina  xotirasiga  joylashtiriladi  va  axborot 
tizimining  axborot  fondini  hosil  qiladi.  Axborot  fondining  elementlari  bilan  ishlov 
berishning turli operatsiyalari: mantiqiy va arifmetik, saralash va qidirish, yuritish va 
tuzatish  operatsiyalari  bajariladi.  Natijada  axborot  fondining  dolzarb  holatda 
saqlanishi  ta’minlanadi,  shuningdek  ishlov  berish  topshirig’iga  muvofiq  bo’lgan 
chiqish 
axboroti 
shakllantiriladi. 
Axborot 
massivlarini 
shakllantirish 
(strukturalashtirish)  va  saqlab  turish,  shuningdek  axborotga  ishlov  berish  bo’yicha 
barcha  amallar  axborotni  saqlash  va  ishlov  berish  kichik  tizimi  tarkibiga  kiradigan 
dasturlar  majmui  boshqaruvida  amalga  oshiriladi.  Bu  kichik  tizim  tashqi  xotira 
qurilmalarida axborotni joylashtirish  va  undan  foydalanish  imkoniyatini ta’minlaydi. 
Axborotni  saqlash  va  ishlov  berish  kichik  tizimi,  kichik  tizimning  ishini  amalga 
oshiruvchi  texnik  vositalar  (shu  jumladan,  kompyuterning  o’zi  ham),  shuningdek 
axborot  massivlari  axborotga  ishlov  berish  va  saqlash  tizimi  (AIST)  ga  birlashadi. 
AIST  o’z  ichiga  axborot  massivlari,  ularni  tashkil  etish  va  ishlov  berish  usullari, 
metodlari  va algoritmlari, tegishli dasturiy  va texnik  vositalar  majmuini oladi.  AIST 
tashqi muhit bilan kiritish-chiqarish vositalari yordamida aloqa qilishi AIST doirasida 
hal  qilinadigan  bir  qator  vazifalarni  ko’rib  chiqishda  bu  vositalarni  ham  albatta 
hisobga olish zarur. 
 Axborotga  ishlov  berish  kichik  tizimi    adabiyotlarda  ko’p  hollarda 
ma’lumotlarga  ishlov  berishning  avtomatlashtirilgan  tizimi  (MIAT)  deb  ataladi, 
bunda  «ma’lumotlar»  tushunchasi  «axborot»  tushunchasi  bilan  sinonim  deb 
hisoblanadi. 
«Axborot»  tushunchasidan  odatda  xabarning  mazmun-mohiyatini  ta’kidlashni 
istagan  holatlarda  foydalaniladi.  Lekin  AIST  ning asosi bo’lgan kompyuter hozircha 
ishlov 
berilayotgan 
xabarlarning 
ma’nosini 
idrok 
qilishga 
qodir 
emas. 
Kompyuterlarga  nisbatan  ko’pincha  «ma’lumotlar»  tushunchasi  qo’llaniladi  va 
kompyuter  mashina  eltuvchilarda  taqdim  etilgan  ma’lumotlar  bilan  operatsiyalarni 
bajaradi,  deyiladi.  Bunda  har  qanday  belgilar  to’plami,  uning  mazmunidan  qat’i 
nazar,  ma’lumotlar  hisoblanadi.  Ma’lumotlarga  muayyan  ma’no  berib,  ularga  ishlov 
berishni  axborotga  ishlov  berish  deb  qabul  qilinadi.  SHuning  uchun  bundan  buyon 
«axborot»  tushunchasidan  asosan  ma’noviy  mazmuni  muhimligini  ta’kidlash 
zaruriyati yuzaga kelgan yoki u o’zbek adabiyotida keng qo’llaniladigan va o’rnashib 
qolgan so’z birikmalari tarkibiga kirgan hollardagina foydalanamiz. 


 
38 
 Axborotni chiqarib berish va tasvirlash kichik tizimi (chiqarish tizimi) berilgan 
so’rovga javobni chiqarib berishni ta’minlaydi, bunda uni foydalanuvchi qabul qilishi 
uchun  qulay  shaklda  taqdim  etadi.  Kichik  tizim  tarkibiga  chiqarib  beriladigan 
xabarning  zaruriy  shaklini  ta’minlab  beradigan  dasturlar  majmui  va  chiqarib 
berilayotgan axborot qayd etiladigan  (aks etadigan) texnik  vositalar kiradi. So’rovga 
javob  bosish  qurilmasi,  displey,  grafik  tuzgich,  turli  tablo  va  indikatorlar  yordamida 
chiqarib berilishi mumkin. 
Kichik  tizimlarning  o’zaro  aloqasi  axborot  manbalari  va  foydalanuvchilar 
hudud  jihatdan  markaziy  kompyuter  yaqinida  joylashgan,  degan  nuqtai  nazardan 
kelib  chiqib  bayon  etildi.  Mavjud  axborot  tizimlarida  axborot  manbalari  va  (yoki) 
foydalanuvchilar  aksariyat  hollarda  markaziy  kompyuterdan  yuz  metrdan  yuzlab 
kilometrgacha  bo’lgan  masofada  joylashgan  bo’ladi.  Bunday  hollarda  markaziy 
kompyuter  bilan  aloqa  tarkibiga  ma’lumotlarni  uzatish  kanali  va  uzoqda  joylashgan 
terminallar  (ular  hozir  o’zi  kompyuter  hisoblanadi)  kiradigan  kichik  aloqa  tizimi 
orqali amalga oshiriladi. 
 Uzoqlashgan  terminallarni  –  shaxsiy  kompyuterlarni  ulash  uchun  aloqa 
kanallaridan 
foydalaniladi, 
ular 
telefon 
tarmoqlari, 
umumfoydalaniladigan 
ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va ma’lumotlarni uzatishning maxsus tarmoqlaridan 
iboratdir.  Kanal  belgilangan  yo’nalishda  va  zaruriy  tezlikda  ma’lumotlar  bilan 
almashinishni ta’minlashi zarur. Ma’lumotlarni uzatish kanallari ma’lumotlarni faqat 
bir  yo’nalishda  uzatishni  ta’minlaydigan  –  simpleks;  ma’lumotlarni  har  ikki 
yo’nalishda,  lekin  vaqtning  har  bir  momentida  faqat  bir  yo’nalishda  uzatishni 
ta’minlaydigan  –  yarimdupleks;  bir  vaqtning  o’zida  har  ikki  yo’nalishda  ma’lumot 
uzatishni ta’minlaydigan dupleks kanallarga bo’linadi.  

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish