Bog'liq 21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh
Korxonada marketing boshqaruvining axborot tizimlari. Marketing
axborot tizimlari muammo sohasining butun tarkibiy qismlarini butligi va o’zaro
bog’liqligi asosida quriladi.
MATning muammo sohasi o’z ichiga ichki va tashqi axborotlar marketing
tadqiqotlari va axborotlar tahlilining natijalari tizimini oladi. Ichki axborotlar tizimi –
korxona faoliyati va holatining har xil tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarga ega
bo’ladi. Tashqi axborot tizimi – buning yordamida tashqi muhitda vujudga keladigan
hodisa va vaziyatlar haqida ma’lumotlar olinadigan manbalar va uslubiy yo’llarga
mo’ljallangan.