R. X. Alimov, O’. T. Xayitmatov, A. F. Xakimov, G. T. Yulchieva, O. X. Azamatov, U. A. Otajanov


 Iqtisodiy axborot tizimlarining modellari



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/242
Sana08.01.2022
Hajmi2,82 Mb.
#330589
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   242
Bog'liq
3081-Текст статьи-7666-1-10-20200822

 
4.4. Iqtisodiy axborot tizimlarining modellari
 
Boshqaruv tizimi modeli.
 Boshqaruv tizimi o’zining tarkibiy nuqtai nazaridan 
ko’p  sonli  funktsional  momentlardan  (boshqaruv  vazifalaridan)  iborat  bo’lib, 
boshqarishning  to’liq  davrini  namoyon  qiladi.  Bular:  boshqaruvni  bashoratlash, 
rejalashtirish, dasturlash, tashkillashtirish, me’yorlash, qayd etish, nazorat, tahlil etish 
va tartibga solish (4.5-rasm). 
Quyidagi uchta asosiy boshqaruv darajasi farqlanadi.  
YUqori  daraja  tizimning  kattaroq  yoki  kichikroq  ma’lum  bir  istiqbolga 
mo’ljallangan asosiy yo’lini (rejalashtirish konturini) belgilab beradi. 
O’rta  darajada  berilgan  strategik  yo’nalishni  amalga  oshiruvchi  tarkibi 
shakllanadi  yoki  ko’rinishini  o’zgartiradi  (tashkil  etish  konturi).  Quyi  darajada 
yuzaga  kelgan  og’ishlarni  bartaraf  etgan  holda,  tizimning  tegishli  rejimda  bo’la 
olishini ta’minlaydi. 
Mazkur  modelda  boshqaruvchi  qism  va  boshqaruv  ob’ektining  o’zaro  aloqasi 
aniq  nomoyon  bo’ladi.  Ular  uch  xil  ko’rinishdagi  buyruq  oladi,  ya’ni:  hech  bir 
ko’rsatmasiz  bajariladigan  dastur;  ma’lum  bir  ehtimoliy  voqealar  sodir  bo’lgan 
hollarda  bajariladigan  tashkiliy  qoidalar;  atrof–muhitning  taxminiy  ta’siri  va  tizim 
faoliyatining  me’yoriy  rejimdan  chalg’ish  bilan  bog’’liq  bo’lgan  boshqaruv 
buyruqlari. 
I(v) – tashqi muxitning statsionar shart–sharoitlari xaqidagi axborot; 
I(b) – tashqi ta’sirlar haqidagi axborotlar; 
I(R) – boshqariladigan ob’ekt harakatlari to’g’risidagi axborot;  
I(i) – boshqariladigan ob’ekt holati to’g’risidagi axborot;  


 
67 
I(a) – tahliliy axborot;  
I(y) – hisobot axboroti;  
I(q) – bashoratlash axboroti;  
I(k) – nazorat axboroti; 
I(n) – me’yoriy axborot ; 
W(n) – reja axboroti;  
W(m) – dasturiy axborot; 
W(p) – tartibga soluvchi axborot;  
W(o) – tashkiliy axborot. 
Quyida  to’liq  boshqaruv  davri  faoliyatining  amaliy  mohiyatini  ko’rib 
chiqamiz.  
     1.  Bashoratlash  -  bu  tashqi  muhitning  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan 
holatini, 
boshqariladigan 
ob’ektning 
o’zini 
tutishini 
aniqlash 
maqsadida 
ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining ehtimolligini baholashdan iborat.  
     2.  Rejalashtirish  –  bu  tizimning  kelajakdagi  orzu  qilingan  holatini  ishlab 
chiqish (rejali  modelini ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish uchun mablag’larni 
taqsimlashga  nisbatan  qarorlar  qabul  qilishdan  iborat.  Rejalashtirish  maqsad  va 
mezonlarni  tanlashni  o’z  ichiga  oladi.  SHu  maqsad  va  mezonga  nisbatan  boshqaruv 
samaradorligi baholanadi. 
     3. Dasturlash rejasini amalga oshirish, ya’ni tizim faoliyatining algo-ritmini 
ishlab  chiqish  uchun  boshqariladigan  harakatlar  ketma–ketligi  hamda  o’zaro 
aloqasini bayon etuvchi dasturlarni ishlab chiqishdan iborat. 
    4.  Tashkil  etish  –  mustahkam  (bardoshli)  ob’ektlar  yoki  jarayonlar 
tuzilmasini  o’zgartirishi    yoki  ko’rishdan,  ya’ni  ma’lum  bir  holatlarida  bosh-
qariladigan  ob’ektlar  faoliyatini  reglamentlashtirishda  foydalanila-digan  u  yoki  bu 
qoida, protsedura, usul, algoritmlarini belgilash yoki o’zgartirish demakdir. 
    5.  Me’yorlashtirish  -  tizimning  xususiyatlarini  ifodalovchi  statistik 
ma’lumotlarni  doimiy  ravishda  yig’ish  va  ular  asosida  tizimning  bir  me’yorda 
faoliyat ko’rsatishini ta’minlab turish.  
    6.  Hisobga  olish  boshqariladigan  ob’ekt  va  tashqi  muhit  parametrlari 
majmuini  qayd  etishdan  iborat.  U  yana  keladigan  ma’lumotlarni  dastlab  qayta 
ishlash,  jumladan,  tasniflash,  guruhlash  va  hokazo  arifmetik  hamda  mantiqiy 
operatsiyalarni o’z ichiga oladi. 
    7.  Nazorat  qilish  –  boshqariladigan  ob’ektlarning  me’yorida  ishlashidan 
chalg’ishi to’g’risidagi ma’lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat.  
    8.  Operativ  boshqarish  –  tasodifiy  ta’sirlar  sababli  tizim  ishining  me’yoriy 
rejasidan chetlashishini bartaraf etish maqsadida qaror qabul qilish, ya’ni qayta aloqa 
asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor o’lchovlari o’zgarishiga ko’ra 
boshqariluvchi ob’ektga ta’sir ko’rsatishidir. 
    9.  Tahlil  –  tizimning  joriy  holatini  o’rganishda  ish  samaradorligini  oshirish 
uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat.  
 


 
68 
 
4.5-rasm. Boshqaruv tizimining modeli 
 
SHunday  qilib,  boshqaruv  shakl  nuqtai-nazaridan  axborot  jarayonini 
ifodalaydi.  Boshqaruv  mohiyati  esa  boshqaruv  tizimidagi  olingan  barcha  axborotni 
qayta  ishlash,  qarorlar  qabul  qilish  hamda  boshqariladigan  ta’sir  ko’rinishida 
boshqaruv ob’ektlariga natijaviy axborotlarni berishdan iborat.  
Boshqarish  tizimi  kishilarning  moddiy  dunyoda  biron  bir  jarayonni  tashkil 
etish sohasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faoliyatdir. Boshqarish tizimi ishlashi 
uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat: 
1.
 
Boshqarish ob’ektlarining mavjudligi. 
2.
 
Mazkur ob’ekt faoliyatining maqsadi ma’lum bo’lishi. 


 
69 
3.
 
Boshqarish  tizimi  mustaqil  harakat  qilishi  uchun  muayyan  xuquqlarga  ega 
bo’lishi. 
4.
 
Boshqaruvchi 
ob’ektning 
boshqariluvchi 
ob’ekt 
xaqida 
mufassal 
ma’lumotlarga ega bo’lishi. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish