I.
i.{2Lf tiir dU'j£\&sPP-tibSS.!!ZFr.
iiJTPsUMukif : f IT ‘ ttfXf J ЩЯ
® J - '
‘ *d?3»gp
ЯT3
.?ar
0
Jr » j '/!>'
qismlardan iborat. Katta birinchi
qism erkin badihalikni to‘foni bo‘-
lib, o‘zining kengligi bilan hayratga
soladi. Ikkinchi qism - falsafiy
rechitativ qat’iyatli niqob ortida
katta hissiyotlar jo‘sh urishini
namoyon qiladi. Ikki qismlar bir-biri
bilan faktura boyligi, o‘zgaruvchan
ritm evaziga to‘xtovsiz harakatni
gavdalaydi.
Fantaziyaning umumiy dina-
mik chizgisi fojiaviy xarakterdagi
tantanali kodada yakun topadi. Qay-
g‘u-iztirobli hissiyotlar bu yerda
tinchlanib, borliq sifatidatasdiqlanadi. Fantaziyaning garmonik asosi
binnuncha murakkab, ayniqsa, rechitativlarda.
Tonal rivojlov nafaqat d-mollga nisbatan uzoq va yaqin tonalliklar, balki Des-dur, Ces-dur, fis-moll, cis-moll kabi tonalliklarni ham qamrab oladi. Shunda uzoq tonalliklar tonika orqali emas, balki o'zining D (D)si yordamida namoyish etiladi.
“Italyan konserti”. Klavir musiqadagi yarigi konsert janri asoschisi I.S. Baxning ushbu asari klavir uchun qayta moslashish evaziga yaratilgan skripka konsertlarini tashkil qiladi (birinchi navbatda - A. Vivaldi konsertJari). Shunisi qiziqki, kompozitoming barcha klavir konsertlari (jami 7 ta) avval torli qilib yaratilib, so‘ng klavirga moslashtirilib berilgan. Bu boradagi muhim natijalar 1735- yilda yaratilgan “Italyan konserti” boMdi.
Bax o‘zi bergan ushbu konsert nomida uning Vatani - Italiya qayd etilgan. Asar orkestr jo‘rligisiz ikki manualli klavir uchun yaratilgan. Konsertlik (musobaqalik) tamoyili klavir ovozlarini katta rivojlangan fakturasi bilan belgilanadi.
A.Vivaldi konsertlarining kompozitsiyasi, an’analarga tayangan holda, uch qismli shakl berilib, chekka qismlari harakatchan, o‘rtasi esa sekin, vazmin lirik bo‘lim bilan tavsiflanadi. “Italyan konserti” musiqiy uslubi va asosiy kayfiyati - energik kuchga ega hayotbaxsh mavzu ekanini aniqlab beradi. U oddiy to‘rt taktli ikki jumladan iborat shaklda gavdalangan. Ularni tonal solishtirilishi (F-dur
85
www.ziyouz.com kutubxonasi
va C-dur) fuga ekspozitsiyasida mavzu va javobni tonal
solishtirilishini eslatadi.
Polifonik tafakkuming ta’siri mavzuning rivojida o‘z aksini
topadi. Dastabki sakkiz taktli mavzu yadrosi umumiy harakat I
shakllarida erib ketadi. Musiqa polifonik shakllarga xos sokin 1
davomiylik xususiyatiga ega bo‘la- 1
di. Bir iboradan ikkinchi iboraga 1
o‘tish silliq va ketma-ket amalga 1
oshadi va yangrab o‘tgan mato de- I
yarli qayta takrorlanmaydi (Vena 1
klassiklar tematizmidan farqli o‘la- :
roq). Shu bilan birga, birinchi qism
umumiy kompozitsiyasida bo‘lajak
sonata shakli chizgilari ko‘zga
tashlanadi. Unda uchta bo‘lim bo‘-
lib, biri tematik mavzusini ekspo-
zitsion ko‘rinishi, ikkinchisi uning rivojlovi va qayta ishlovi, uchin-
chisi esa asosiy mavzuni reprizali takrorini tashkil qiladi.
Ekspozitsion bo‘Iim asosiy mavzudan tashqari yana birmuncha yumshoq va sodda fakturada bayon etiladigan mavzulami qamrab oladi. U yadro va uning rivoji asosida tuzilib, uning asosida vujudga kelgan ohanglar birinchi mavzuga nihoyatda yaqin turadi. Klassik sonataning yordamchi partiyasidan farqli o'laroq, ikkinchi mavzu F- dur tonalligida, qayta ishlov jarayonida dominanta tonalligiga modulatsiya qilinadi (C-dur).
Konsertning birinchi qismining rivojlov bo‘limi o‘zining hajmi va qayta ishlovi bilan ajralib turadi. Bu yerda kompozitor gomofon- garmonik va polifonik usullami qoilagan. Bular: motivlami ajratib olish, ularni sekvensiyalash, imitatsiya, ayrim kuy-ohanglami va ularning lavhalarini variantlash. Rivojlovda ikki mavzu ishlatilib, har biri bir-birini ohangini o‘ziga singitadi. Tez orada asosiy mavzu - uning yadrosi va qayta ishlovi namoyon bo‘lib, cholg‘u konsertlarga xos bo'Igan belgilar bilan ko‘zga tashlanadi. Ma’lum ma’noda bu yerda rondoga yaqinlikni ko‘rish mumkin. Reprizada birinchi mavzu to‘liq o‘tkaziladi, ikkinchisi yo‘q (major varianti qayta ishlovni tugatgani bois).
86
www.ziyouz.com kutubxonasi
Konsertning ikkinchi qismida harakat o'miga sokinlik va xayol
surish keladi. Bu konsertning lirik Andantesi bo'lib, parallel minorda
keladi. Uning mavzusi yuqorida “fleyta” cholg'usi registrida bir tekis
ritmli jo‘rlik ortida kelib, badihalik xususiyatiga ega. Bir qator
sinkopalar, kuchli hissalami mayinlashtirgan erkin ritmi musiqaga
sokin va ravonlik baxshida etadi.
Andante shakli ikki qismli bo'lib, ko‘plab Bax ariyalari,
turkumga kirgan raqs va prelyudiyalar tuzilishiga yaqindir. Birinchisi
modulatsiya bilan parallel majorda tugasa, ikkinchisida d-moll
tonalligi boshchilik qiladi. Ohang mavzulari yumshoq, mayin,
ikkinchi qismida birmuncha keskin deklamatsiyaga aylanadi.
Final xalq bayrami taassurotini uyg‘otadi. U individual hissi-
yotlar emas, balki xalq bayrami, jamoatchilik kayfiyatini tarannum
etadi. Finalning asosiy mavzusi birinchi qism bosh mavzusiga yaqin
bo'lib, keng raqsbop ritm va major rangi bilan ajralib turadi. Biroq bu
yerda temp nafaqat jonlashgan, balki “parvozli” gammasimon pas-
sajlardan tashkil topgan.
Shaklning chekka qismlari tonal doirasi va shakl tuzilishiga
yaqin. Finalda ham ikkinchi “yordamchi” mavzu bo'lib, ekspo-
zitsiyada bosh tonalligida o'tadi. Birinchi qism kabi dastalabki birin-
chi mavzuni takror etilishi shaklga rondolik xususiyatini ato etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |