RONDO - keng tarqalgan musiqiy shakllardan biri. Uning asosida
hamisha takrorlanib kelgan bosh mavzu - refrenni o‘zgargan lavhalar
biian ketma-ket aimashishi yotadi.
S ARAB ANDA - qadimgi ispan raqsi. XVI asrdan
tantanali
xarakterdagi saroy raqsi sifatida ma’lum bo‘lib, XVII asr o ‘rtalariga
kelib, cholg‘u raqs syuitasining qismiga aylandi. Sarabanda
yakunlovchi jiga raqsidan avval ijro etiladi.
SERENADA - trubadurlar ijodida tungi qo‘shiqlaridan ildiz oigan,
mahbubaga atalgan muhabbat qo‘shig‘idir. Serenada, shuningdek,
yakkaxon cholg‘u asar, kassatsiya, divertismen va noktyum kabi
turkumli ansamblli cholg‘u asar sifatida vokal serenadaga xos
bo‘lgan belgilami qamrab oladi.
SIMFONIYA - asosan simfonik orkestr uchun mo'ljallangan yirik
musiqiy asar, XVII asr ikkinchi yarmida shakllandi. Asosan sonata-
turkum shaklida yaratilib, bir-biriga xarakter va tempi bo‘yicha
kontrast 4 qismdan tashkil topadi. Har bir qismi umumiy badiiy g ‘oya
bilan birlashtirilgan.
SKERSO (“hazil”) - quvnoq kayfiyatdagi cholg‘u asar bo‘ lib, keskin,
aniq, dadil ritm va yorqin kontrast taqqoslanishlar asosida namoyon
bo‘Iadi.
SONATA - yakkaxon va kamer ansambl cholg‘u
musiqaning asosiy
janri. VIII asr ikkinchi yarmiga kelib turkumli shakl sifatida o‘z
tarkibiga 3-qismni kiritdi.
SYUITA (ot frans. suite-ketma-ketlik, qator) - cholg‘u musiqa
janrining keng tarqalgan turkumli shakllaridan biri. Italiyada XVI
asrda paydo b o id i. Qadimgi syuita - raqslar ketma-ketligi. XIX asr
simfonik syuitasi turli janrdagi kontrast asarlami taqqoslanishida
namoyon bo‘ladi.
TEMBR - tovush sifati, rangi b o iib , bir xil balandlik tovushlarni
farqlash imkonini beradi. Tembr uning tarkibiga kirgan obertonlarga
uzviy bog‘liq.
TEMP - metrning tezlik hisobi. Asosiy templar (vazmindan tez-
gacha) largo, lento, adajio (sekin templar); andante, moderato (o‘rta
templar); allegro, vivo, presto (tez templar). Aniq tezlikni aniqlash
uchun metronomdan foydalaniladi.
TEMPERATSIYA - musiqiy tovushqator tizimida pog‘onalar hamda
intervallar orasida tekislash munosabati.
134
www.ziyouz.com kutubxonasi
TRIO - uchta cholg‘u uchun m o‘ljallab yaratilgan musiqiy asar.
Kamer ansablning turi. Tarkibiga turdosh cholg‘ular (skripka, alt,
violonchel), shuningdek, turli guruh cholg'ular (klamet, violonchel,
fortepiano) kirishi mumkin.
TOKKATA - klavishali cholg'ular uchun yozilgan mahoratli texnik
asar.
UVERTYURA - kirish qismi. Asosan musiqali teatr spektakllari
(opera, operetta, balet), vokal-cholg‘u asarlar, kinofilmlarning bosh
qismidan o‘rin oladi.
FOLKLOR - og‘zaki xaiq ijodiyoti. Musiqiy folklor o ‘z ichiga
xalqning vokal va cholg‘u ijodiyotini kiritadi. Asrlar mobaynida
og‘zaki ravishda rivoj topgan musiqiy folklor hamisha yangilanib,
o ‘zgarib borgan. Musiqiy folkloming asosiy qatlami - xalq qo‘shig‘i
(marosim, mehnat, o ‘yin, hajviy va lirik). Xalq qo‘shiqlari har bir
mamlakatda o‘zining o‘ziga xos xususiyatlariga ega.
FUGA — polifonik musiqaning janri va shaklidir. Asosiy mavzuni
o ‘tkazilishi, uning turli ovozlarda imitatsion, kontrapunkt, tonal-
garmonik rivoji va yakunini namoyon qilinishi bilan ta’riflanadi.
XORAL - G‘arb xristian cherkovida ijro etilgan bir ovozli aytim-
larning umumiy nomlanishi (shuningdek, uning ko‘p ovozli qayta
ishlangan namunalari ham). Cherkovda ijro etilib, diniy xizmatning
muhim qismi ga aylangan.
CHAKONA - XVI asrda Ispaniyada mashhur boigan raqs. Pas-
sakaliyaga yaqin.
EKSPROMT - badihalikka asoslanib yaratilgan cho!g‘u asar. Janr va
shaklning erkin talqinini nazarda tutadi.
ETYUD - turli cholg‘ularda mahoratni o ‘stirish va takomillashtirish
uchun moijallangan musiqiy asar. Etyud mashqlarga yaqin bo‘lib,
shaklning yakunlanganligi, kuy-garmonik rivoji
va ifodaviy xarakteri
bilan farqlanadi.
EKOSEZ - qadimgi shotland raqsi. Jiddiy xarakterli va vazmin temp
sur’atida asosan volinka jo ‘rligida ijro etilgan. XVI asrdan saroyda
juft ijro etiladigan raqsga aylangan.
135
www.ziyouz.com kutubxonasi