VI bob. GEORG FRIDRIX GENDEL IJODI
23-fevral 1685, Xalle
—
14-aprel 1759, London
Iogann Sebastyan Bax qatorida musiqiy barokko uslubining
yana bir yorqin vakili - Georg Fridrix Gendelning bahaybat timsoli
yonma-yon turadi. Ushbu ikki kompozitorlar ikki asrlar bo‘sag‘asida
yashab ijod qilganlar. Ularning ijodi o ‘z ichida dastlabki davrlarning
eng yuksak yutuqlarini aks ettirgan holda avj nuqtasini namoyish
etadi. Ikki kompozitor uchun ular yashagan davrda hukrn surgan
diniy mavzu bosh asosiy obyekt o‘mida turgan: ular hamisha
xristianlarning muqaddas kitobi - Injil obrazlariga murojaat qiladilar.
Aynan mazkur ikki kompozitor polifoniya musiqa tarixiga o‘z ijodi
bilan salmoqli bob kiritib, ushbu san’atning yuksak cho‘qqisini
anglatdilar.
Georg Fridrix Gendel nafaqat Yevropa, balki jahon miqyosidagi
yirik kompozitor bo‘lib, ijodida turli milliy maktablar - nemis,
italyan, ingliz va fransuz uslublarini birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
U o ‘z vaqtida Gamburg opera boshlig‘i - Reynxard Kayzer, nemis
oiimi,
musiqa
nazariyotchisi
-
Iogann
Mattezon,
italyan
kompozitorlari Alessandro va Domeniko Skarlatti, Arkandjelo
Korelli bilan yaqin muloqotda bo‘lgan. U lirik tragediya muallifi Jan
Batist Lyulli ijodidan yaxshi xabardor bo‘lgan, negaki, Gendel bir
96
www.ziyouz.com kutubxonasi
vaqtlar xizmat qilgan Gannover gersogi saroyida fransuz musiqasiga
alohida e’tibor qaratilgan. Yana bir qatlam - ingliz xalq va
professional musiqasi, ayniqsa turli janrdagi Genri Pyorsel ijodi
yetuk Gendel ijodiy ilhomini hamisha boyitib kelgan. Britaniya bilan
bo‘lgan uzviy zieh rishtalari kompozitoming faol ijodi, o ‘z vaqtining
yirik madaniyat markazi boim ish - Londonda o‘tgani va shu bilan
jamiyatni o‘ziga katta qiziqish uyg‘otganini guvohi boiam iz.
Katta murakkab hayotiy voqelik va hodisalarga boy ijodiy y o ii
davomida kompozitor qahramonona kuch - asl san’atning uslub va
shakli, monumental yirik masshtabi va ommaviy demokratik
g‘oyaviyligi uchun kurash olib borgan. Va bu shiddatli va dramatik
kurash davomida u xalq mehri va e ’tiborini qozongan.
Romen Rolanning ta’kidlashicha, kompozitor tabiatdan juda
qiziquvchan va har tomonlama iste’dodli shaxs boigan. U musiqadan
tashqari tasviriy san’at shaydosi boigani va badiiy yetuk rang-tasvir
polotnolarni o ‘z shaxsiy kolleksiyalarida jamlagani m aium .
Kompozitor vafotidan so‘ng ushbu kolleksiyada Rembrandning
asarlari ham o ‘rin olgani ma’lum boigan.
“Kompozitor asarlari yengil va bir nafasda go‘yo badiha qilib
yozilgan” deb ta’riflanadi. Shu bilan birga, u asarlaming shakl-
shamoyilini juda yaxshi his qilgan.
' Kompozitor ko‘plab janrlarda samarali ijod qildi, ammo
ijodining markaziy qismini oratoriyalar tashkil qiladi.
Kompozitor oratoriyalarining adabiy poydevorini Bibliyaning
dastabki qismi tashkil qiladi. Nega kompozitor ijodi davomida
hamisha bu muqaddas kitobga murojaat qilib, ijod qilish uchun ilhom
olgan? degan savol tug‘iladi. Bu savolning lavobi bir qator sabablarga
borib taqaladi.
Xususan, yoshlik chogiarida jonajon Germaniyasini tark etib,
Angliyada hayotining asosiy qismini o‘tashiga majbur boigan.
Aynan shu yerda uning taniqli oratoriyalari dunyoga keldi. Ushbu
“tuman Albioni mamlakatida” yoshligidanoq nafaqat qadimgi ertak
va afsonalar, folklor bilan tanishish, balki Bibliya qahramonlarini
yaqindan bilish odat tusiga kirgan.
97
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |