Eng qadimgi ma’naviyat unsurlari– Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotining birinchi bosqichi. Tosh asriga muvofiq keluvchi ibtidoiy jamoa davrida shakllangan ma’naviy qadriyatlar. Bu davrda hanuz yozuv ixtiro qilinmagani uchun yaxlit shakllangan alohida ma’naviyat tizimi haqida xulosa qilish qiyin.
Ilk shahar jamoasi ma’naviyati– Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotining ikkinchi bosqichi. Asosan bronza asriga muvofiq keluvchi ilk shahar-davlatlar davrida shakllangan yaxlit ma’naviyat tizimi (masalan, shumerlar ma’naviyati yoki “Avesto” ma’naviyati). Bu davr odamlari Borliq haqiqatini asosan asotir tarzida tasavvur etganlar.
Millat va milliy davlatning shakllanishi – Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotining uchinchi bosqichi. Temir asri yoki buyuk saltanatlar davrida shakllangan ma’naviy qadriyat – “millat” timsol-tushunchasining vujudga kelishi (masalan, turkiy bitiklarda o’z ifodasini topgan “turk buduni” timsol-tushunchasi.)
45
O’tilganmavzubo’yichasavollar:
Movarounnahrda qadim davlatlar va milliy ma’naviyatning shakllanish omillari.
Mintaqada buyuk imperiyalarning tashkil topishi.
Markaziy Osiyo xalqlarining Vatan ozodligi yo’lidagi kurashlari.
Buyuk turk xoqonligi - milliy davlatchilik asosi sifatida.
Turkiy millatning tashkil topishi va milliy birlik uchun kurash qaysi manbalarda o’z aksini topgan?
Umumturkiy adabiy tilning shakllanishi qaysi davrda yuz bergan?
Turkiy toshbitiklarda milliy g’oyaning ifodalanishi.
«Turk buduni» tushunchasining ma’naviy ahamiyati.
Yo’llig’ Tigin kim?
Yurt tinch, xalq hayoti farovon bo’lishi uchun davlat boshqaruvchilar va fuqarolardan qanday ma’naviy fazilatlar talab etiladi?
fasl. Yangi era boshlaridan jahonda va mintaqada ma’naviy yangilanish zaruratining kuchayishi va tavhid e’tiqodining shakllanishi.
Sosoniylar davrida zardushtiylik Eronda hukmron din bo’ldi. Bu davrga kelib mazdayasna e’tiqodi allaqachon asl ma’nosini yo’qotgan, asotir tafakkur ta’sirida tamomila mushriklik ruhidagi botil aqidalar bo’tqasiga aylanib bo’lgan edi. Payg’ambarimiz hazrati Muhammad (S.A.V.)ga vahiy tushgan davrda ham Sosoniylar ko’hna aqidalaridan voz kechmadilar. Xusrav II Parviz Rasululloh da’vatini rad qildi va sulola tanazzulini boshlab berdi.
Shunday qilib, Yangi era boshlanishida Qadimgi dunyo qadriyatlari bo’hronli holatni boshdan kechirmoqda, butun ahli bashar qarshisida ulug’ bir ma’naviy yangilanish ehtiyoji bunyodga kelgandi.
Aslida ahli bashar ongidagi o’zgarishlar Yaratganning inoyati bilan ancha ilgari boshlangan edi. Miloddan avvalgi XVIII asrda hazrati Ibrohim alayhissalom Zardusht singari ilk bora tavhid nuridan bahramand bo’lgan bo’lsalar, XIV asrga kelib hazrati Muso Kalimulloh yagona Tangri inonchini yahudiy qavmiga targ’ib qildi. Milodiy era boshlaridan hazrati Isoyi Masih (Ruhulloh) va ul zotning havoriylari endi tavhid e’tiqodiga butun bashariyatni da’vat eta boshladilar. Iso (a.s.) nomi bilan bog’langan e’tiqod 3 asr xalq orasida yoyilib borib, IV asr
46
boshlarida Vizantiya imperatori ulug’ Konstantin tomonidan xristian dini sifatida rasman tan olindi.
Allohning oxirgi kitobi Qur’oni karim 23 yil davomida (610-632) Makka shahridagi quraysh qabilasining hoshimiylar xonadoniga mansub Amin (ishonchli) laqabli Muhammad (sallallohu alayhi vasallam)ga vahiy orqali nozil bo’ldi. Muhammad Rasululloh oxirgi payg’ambar bo’lib, shu sababdan bu muhtaram zotni
«Xotimat un-nabi», ya’ni «Payg’ambarlar muhri (yo oxirgisi)» deb atashadi. Muhammad (S.A.V.) ilk oyatlar nozil bo’lganda 40 yoshda, uylangan, 3 qizlarini turmushga chiqargan edilar. Ayollari Xadicha (raziallohu anho) o’sha paytda 55 yoshlarda bo’lib, avval boshidanoq Payg’ambarimizning risolatlariga ishonch bilan qaradilar va ul kishini doimo quvvatlab turdilar. Birinchilardan bo’lib islom e’tiqodiga imon keltirganlar payg’ambarimizning yaqin do’stlari Abu Bakr, jiyani Ali ibn
Abu Tolib, tutingan o’g’illari Zayd va boshqalar bo’ldi. Ammo yangi e’tiqod Payg’ambarimizning ko’pchilik yaqin qarindoshlari tomonidan ham yaxshi qabul qilinmadi.