R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet130/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Prezident I.A.Karimov “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblarida bu haqda shunday deydi:

“Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki, inson dunyoqarashining shakllanishida ma’rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o’rni beqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo’ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik bo’ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo’ladimi – ularning barchasi odamning intellektual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega. Lekin bugun o’rta va oliy o’quv dargohlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarida foydalanilayotgan darsliklar, dastur-qo’llanmalar, kitoblar qanday mafkuradan oziqlangan? Ularda eski tuzum davridan qolgan g’oyaviy qarashlardan to’liq voz kechilganiga kim kafolat bera oladi? Bu haqda qayta-qayta gapirishga to’g’ri kelmoqda. Afsuski, biz mamlakatimizda ijtimoiy fanlarning rivoji zamon talablaridan ortda qolayotganini tan olishga majburmiz. Bu boradagi xato va kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko’rishimiz lozim”155.


Bu gap aytilganiga ancha bo’ldi. Bu sohada ba’zi o’zgarishlarga erishilganini tan olgan holda, baribir, hanuz ahvol qoniqarli emasligini qayd etishga to’g’ri keladi. Sabab nimada? Bizning nazarimizda, asosiy sabab ijtimoiy fan vakillarining millat va jamiyat oldidagi o’z vazifalariga mas’uliyat bilan qarashga jiddiy urinmayotganliklaridadir. Sobiq Sho’rolar davridagi “haybarakallachilik” kayfiyatini qat’iy tark etish lozimligini anglab etishga havsala qilmayotganliklaridadir. Albatta, umr bo’yi o’zi ishonib kelgan yolg’onlardan keskin voz kechib ketish oson ish emas. Buning ustiga hayoti davomida Marks, Engelьs, Lenin asarlaridan boshqa kitoblarni jiddiy o’qib-o’rganishga e’tibor qilmagan bo’lsa, demak, 50-60 yoshga yaqinlashganda endi qo’liga Qur’oni karim,



155 Islam Karimov.Asarlar. 8-jild, s. 504-505
217
Hadisi sharif yoki imom G’azzoliyning kitoblarini olib, ularni xolis tushunib etishga harakat qilish juda og’ir savdo. Undan ko’ra bir vaqtlar hukmron mafkuraga sadoqat bilan xizmat qilib qo’lga kiritgan ilmiy daraja va unvonlarga orqa qilib, “ustoz faylasuflik” da’vosidan pastga tushmay yurgan yaxshi emasmi? Insonda insof bo’lmasa qiyin. VII asrda Payg’ambarimiz Muhammad(sav)ga Allohning oxirgi kitobi Qur’oni karim nozil bo’lgach, islom dini dunyoga tarqalib, Evropaga ham ovozasi etib bordi. Xristian ruhoniy olimlari orasida Piko della Mirondela kabi arab tilini jiddiy o’zlashtirib, Qur’oni karim mazmunini xolis anglab etishga urinuvchilar ham yo’q emas edi. Ammo ko’pchilik xristian ulamolari o’z aqidalarini isloh etishga jiddiy urinmadilar, aniqrog’i oddiy dindorlar orasidagi o’z mavqelarini yo’qotib qo’yishni xohlamadilar. Natijada Evropa ahlining ongini asta-sekin dahriylik va ma’naviy tanazzul borgan sari chuqurroq va kengroq egallab bordi. Bugungi kunga kelib endi Evropa ilmi aniq fanlar va texnika-texnologiya sohalarida tengsiz yutuqlarga erishgan bir paytda ma’naviy- axloqiy tarbiya sohasida o’ta xatarli bir vaziyat yuz berib turiptiki, buni mintaqaning eng oldingi qator ziyolilari afsus bilan e’tirof qilmoqdalar. Xalqning ma’naviy etakchilari o’z vazifalariga jiddiy mas’uliyat bilan yondashmagan joyda shunday falokatlar ro’y berishi tabiiy holatdir.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish