3-fasl. Milliy ma’naviyatimizning shakllanishida imon-e’tiqodimiz va islom ma’rifatining beqiyos ahamiyati.
Prezident I.A.Karimov o’z asarida “ma’naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan yana bir mezon” - islom dini haqida maxsus to’xtalib o’tishni zarur deb hisoblaydi. Chunki “ko’p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy ma’naviyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o’ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi”.3 Kitobda yana shunday deyiladi: “... xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Olloh marhamat qilgan bu hayotda to’g’ri yo’l tanlashi, umrning mazmunini anglashi, avvalambor, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo’lmaydi”.4
Ma’lumki, sho’rolar davrida “din xalq uchun afyundir” degan haqoratli tamg’a ostida xalqimizning imon-e’tiqodi, ming yillik ezgu qadriyatlari toptab kelindi, imon ilmga zid qo’yildi. Afsuski, bunday qarashlar bugungi kunda ham ba’zi o’zini “ziyoli” hisoblovchilar, hatto ma’naviyat sohasiga aloqador kishilar ongini to’liq tark etgani yo’q. Ular bugun ham Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Abu Iso Termiziy, Burhoniddin Marg’inoniy, Mahmud Zamahshariy kabi butun jahon tan olgan zotlarning e’tiqodi, demakki, islom ma’rifatiga qo’shgan beqiyos hissalariga bepisand nazar bilan qarashga, ya’ni shunday ulug’ zotlardan ko’ra o’zlarini “bilimdonroq”, “ongliroq” hisoblashga uyalmaydilar. Hanuz diniy bilimlarni dunyoviy bilimlarga zid qo’yishga moyillik bildiradilar. Prezidentning quyidagi e’tiroflari ayni shunday tamoyillarga munosib javob sifatida jaranglaydi: “Bizning qadimiy va go’zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar etishib chiqqani, umumbashariy tsivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog’liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko’tarilishida ona yurtimizda tug’ilib kamolga etgan ulug’ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g’urur va iftixor bag’ishlaydi.”
Kitobda, shuningdek, islom ma’rifatining uzviy qismi bo’lmish tasavvuf irfonining buyuk namoyandalari Abduxoliq G’ijduvoniy va Bahouddin Naqshbandlarning muborak siymolariga chuqur ehtirom izhor qilinib, ularning millatimiz ma’naviyatini shakllantirishdagi umrboqiy hissalari tilga olinadi. Agar biz bu e’tiroflarni I.Karimovning yana Ahmad Yassaviy, “shayxi valitarosh” deb nom taratgan Najmiddin Kubro kabi buyuk ma’naviyat pirlari haqida turli sabablar bilan bildirgan mulohazalari bilan qiyoslaydigan bo’lsak, umuman
3 I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T., “Ma’naviyat”,2008. S.36.
4 Shu kitob, s. 36-37.
10
Prezidentimizning tasavvuf ta’limotiga nisbatan bo’lgan ulkan e’tiborlari aniq- ravshan bo’ladi. Bu behuda emas. Aslida nafaqat milliy ma’naviyatimiz takomilida, balki umumbashariy miqyosda ma’naviy qadriyatlar ustivorligini ta’minlashda tasavvuf irfonining tarixiy xizmati allaqachon o’z isbotini topgan. Buyuk murshidlar ishlab chiqqan irfoniy takomilning 4 bosqichi (shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat) haqidagi tasavvurlar tizimi, darhaqiqat, shaxs ma’naviyatini shakllantirish borasida katta siljishlarga olib keldi. Agar Forobiy, Biruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib singari islom ma’rifatchiligi namoyandalarining yosh avlod tarbiyasiga oid qarashlarida aqlga, bilimga tayanish ustunlik qilgan bo’lsa, tasavvuf ta’limoti ko’ngilni poklash, ilm va amal uyg’unligi, umumbashariy mehr, har ishda niyat xolisligi masalalariga e’tibor qaratdilar. G’azzoliydan boshlab “inson vujudida ko’ngil – podshoh, aql – vazir” degan qarash etakchi o’ringa o’ta boshladi va Alisher Navoiy ijodida bu tamoyil o’zining mukammal ifodasini topdi.
Shuningdek, Prezident asarida islom ma’rifati va diniy aqidaparastlik jaholati butkul ikki qarama-qarshi qutb ekanligining juda ishonarli isbotlari keltirilgan. Darhaqiqat, ulug’ ajdodlarimiz doimo taqlidiy imonga, aqidaparastlik jaholatiga ayovsiz tanqidiy munosabat bildirib kelganlar. Yurtimizda 70-80 yillardan boshlab kommunistik aqidaparastlikdan “nusxa ko’chirish” asosida yuzaga kelgan ba’zi oqimlarning kelib chiqish makonlari surishtirib borganda xorijiy ta’sirlarga borib taqalishi bejiz emas, bizning yurtimizda ularning “ildizlari” mutlaqo topilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |