bob.
Ilk shahar ma’naviyati va «Avesto» kitobi.
Tarixan birinchi ziyolilar - payg’ambarlardir. Chunki ular o’z davri ijtimoiy muhiti sharoitida muayyan ustozlar murabbiyligida muayyan matnlarda bitilgan munazzam bilimlar tizimini o’zlashtirish imkoniga ega bo’lmaganlar. Ularga Oliy haqiqat sirlari bevosita vahiy tarzida nuzul etgan. Mintaqamiz an’analarida Muhammad (s.a.v.)gacha necha ming nabi va rasullar, yuzlab ilohiy kitob va suhuflar nozil bo’lgani qayd etiladi.
«Avesto»da tosh asri ma’naviyati unsurlari aks etganini ko’rdik. Ammo bu kitobda ular asotir ko’rinishida aks etgan o’tmish xotiralari, xolos. «Avesto» ma’naviyatining asl mohiyati ularda emas. «Avesto» kitobida ajdodlarimizning necha ming yillik madaniy merosi o’z aksini topgan. Ammo uning yaxlit tizimga uyushuvi, bizgacha etib kelgan asos mohiyati Zardusht nomi bilan bog’liq.
31
Zardusht «goh»lari necha ming yillar davomida uni tabarruk tutgan insonlar tomonidan ilohiy vahiy, deb tan olib kelindi. Bugun bu haqda aniq bir narsa deyish imkondan tashqari. Qur’oni karimda Zardusht payg’ambar sifatida, «Avesto» yoki uning uzviy bir qismi ilohiy kitob sifatida esga olinmagan. Ammo shuni ham alohida qayd etish lozimki, ilohiy kitobda Zardusht yolg’on payg’ambarlar sifatida fosh etilgan emas, «Avesto» haqida ham maxsus raddiya bildirilmagan. Ushbu sir yolg’iz Allohga ayon. Biz esa aqlimiz etgan darajada mulohaza yuritamiz.
Har qanday bo’lganda ham Zardusht gohlari «Avesto» matnining umumiy ruhidan ma’lum darajada farq qilishi allaqachon ushbu soha bilimdonlarining diqqatini tortgan. «Avesto» matnlarining ko’pchilik qismi, yuqorida aytib o’tganimizdek, insoniyat ongi takomilida asotir tafakkur bosqichini aks ettiradi. Zardusht «goh»lari esa tavhid g’oyalari asosiga qurilgan, ya’ni olam va koinotning yagona Parvardigoridan xabar beradi, uni Oliy va muqaddas (aniqrog’i, mutlaq) bilim egasi - Axura Mazda deb ulug’laydi. Shundan kelib chiqib, ikkinchi bosqich ibtidosida haqiqatda ham ilohiy kalom (ilohiy nur) turgan emasmikan, degan tasavvur paydo bo’ladi. Tosh asri, hatto Bronza asri odami ham o’z-o’zidan Koinotni his qilgan, Koinot sirini o’sha davrda anglab eta olgan deb o’ylashga aql bovar qilmaydi. Zardusht «goh»lari esa koinotdan, cheksiz borliq va uning mohiyatidan so’zlaydi, bir so’z bilan aytganda, «g’ayb siri»dan ogoh etadi. Zardusht ta’limoti qaysi zamonga, qay tarixiy muddatga to’g’ri keladi, degan savolga hanuz bir xil aniq javob yo’q.
Yuqoridagi ilovadan ham ma’lum bo’ladiki, Qadim Yunon va Rim madaniyati vakillari Zaratushtrani hatto Troya urushidan 5-6 ming yil qadim o’tgan deb hisoblaganlar. Darhaqiqat, Zardusht «goh»lari til jihatidan
«Avesto»ning asotir tafakkur aks etgan qismidan qadimiyroqdir. Bu Zardushtning tafakkurda o’z zamondoshlaridan bir necha asr yoki ming yillar ilgarilab ketib qolganini anglatadimi yoki «goh»lar matni vahiy bo’lib, Zardusht payg’ambarlik rutbasiga sazovor etilganmi? Bu savollarga javob topish imkondan tashqari. Ammo bizning mintaqada milodiy eradan 3-4 ming yil ilgari hozirgi Turkmaniston hududida va miloddan ilgari XVIII-XVII asrlar Janubiy O’zbekistonda ilk (ibtidoiy) shahar jamoalari paydo bo’la boshlaganini arxeologlarimiz dalillab berishdi. Turkmaniston janubida Namozgohtepa, Oltintepa, O’zbekistonda Sopollitepa, Jarqo’ton yodgorliklari bu ilk shahar madaniyatining namunalaridir. Metallurgiyaning kashf etilishi, tosh qurollar o’rnini mis va bronza qurollari egallay boshlashi, tarixchilar shahodatiga ko’ra, ilk shahar jamoalari paydo bo’la boshlagan davrga to’g’ri keladi. Bu bosqichda o’troq dehqonchilik asosida vujudga kelgan doimiy manzilgohlar asta-sekin ilk shaharlar darajasiga qarab yuksalib bordi. Shaharda hunarmandchilik rivojlanib, turli kasbdagi kishilarning alohida mahallalarga birikuvi yuzaga keldi.
Mintaqamiz hududidagi qadimshunoslarning kashfiyotlariga tayangan holda islomgacha ajdodlarimiz ma’naviy kamolotining ikkinchi bosqichi bugungi kundan kamida 4-5 ming yil ilgari boshlanib, to Iskandar Maqduniy zamonigacha yoki, aniqrog’i, Eronda Haxomanishiylar (Axmoniylar) sulolasi imperiya tuzgan VI asrgacha davom etgani haqida taxmin qilish mumkin. Bu bosqich dunyoni asotir tafakkur doirasida yaxlit tasavvur qila boshlash davri bo’ldi. «Avesto» kitobi ushbu
32
tasavvurning mevasi, hosilasidir. Bu davrda qadim Dajla va Furot daryolari oralig’ida (Mesopotamiyada) hamda Nil daryosi quyi oqimida qudratli yozma madaniyat yaratildi, ilk davlat tizimi shakllandi. Ajdodlarimiz bir payt o’sha yirik davlatlar bilan turli munosabatlarga kirishganlar. Ular yaratgan «Avesto» madaniyati ma’naviy mazmuniga ko’ra, shumer va akkad tillarida Bobil va Ashshur davlatlari hududida yaratilgan asotir madaniyati yodgorliklaridan aslo kam emas, balki ortiq bo’lishi mumkin. Ammo, afsuski, Iskandar Maqduniy bosqini tufayli yurtimizning eng qadimgi yozma yodgorliklari shafqatsiz yo’q qilindi, bizgacha mukammal etib kelmadi. Bizning bu davr haqidagi tasavvurlarimiz «Avesto» kitobidan bizgacha etib kelgan juzvlar (qismlar), o’zga o’lkalar qadim yozma madaniyat yodgorliklari ichidagi ma’lumotlar va arxeologik topilmalarni qiyosiy o’rganish natijasidagina shakllanib bormoqda. Bu davrda ilk shaharlar madaniyati vujudga keldi, turli hunarmand toifalari ajralib chiqa boshladi, yaxlit e’tiqod yuzaga kela boshladi, inson ilk bor Koinot nuridan bevosita bahramand bo’ldi. Asotir tafakkurni, qabilachilik xurofotlarini engib o’tishga ilk qadam - ikkilanish, toyishlar bilan og’ushta birinchi tetapoya qadam - qo’yila boshlandi. «Avesto» kitobida aks etgan voqelik yaxlit olganda ko’proq shu davrga mos keladi. Bu davrning eng buyuk ma’naviy yutug’i ilk bor, garchi asotir tafakkur bilan qorishiq bir darajada bo’lsa ham bobolarimiz ruhida ilm va imon uyg’unligi shakllana boshlagani, deyish mumkin. Agar «Mazdayasna»,
«Axuramazda» so’zlarida yashiringan ma’nolarni Qur’oni karim «Baqara»
Do'stlaringiz bilan baham: |