Tayanch iboralar:
Nomer fondini boshqarish xizmatining tashkiliy
prinsiplari.Tozalash ishlarini tashkil etish. Nomerni joylashish uchun tayyorlash.Turli
tozalash ishlarini bajarish texnologiyasi. Tubdan tozalash; bron qilingan nomerni
tozalash; ekspress tozalash; individual foydalanish sanuzelini tozalash. Umumiy
foydalanish sanuzelini tozalash.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1. Nomer fondini boshqarish xizmatining tashkiliy prinsiplari.
2. Tozalash ishlarini tashkil etish.
3. Nomerni joylashish uchun tayyorlash tartibini tushuntiring.
4. Turli tozalash ishlarini bajarish texnologiyasi.
5.
Nomerni tubdan tozalash texnologiyasi.
6.
Nomerni bron qilingan nomerni tozalash texnologiyasi.
7.
Nomerni ekspress tozalash texnologiyasi.
114
Mavzu 9. Mehmonxonaning yordamchi xizmatlari
Reja:
1. Injenerlik xizmati.
2. Xavfsizlik xizmati.
3.
Xarid qilish xizmati.
1. Injenerlik xizmati
Zamonaviy mehmonxona murakkab injenerlik uskunalari bilan
jihozlangan (lift, konditsionerlar, issiqlik manbai, suv taminoti,
kanalizatsiya, elektr energiya, gaz uskunalari, kabel televideniye,
kompyuterlar).Tabiiyki, mehmonxona barcha uskunalarni tamirlash va
xizmat ko‘rsatish maqsadida to‘liq shtatda injener-texnik ishchilarni saqlab
tura olmaydi.Odatda, ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus firmalar bilan
shartnoma tuzadi. Injenerlik xizmati unchalik katta bo‘lmagan shtatga ega
(iloji boricha universal xodimlar ishlaydilar, yani unchalik qiyin bo‘lmagan
santexnik ishlar, elektr uskunalarni sozlash). Injenerlik xizmati o‘z
tarkibiga mebel, gilam tamirlovchilar, nomerlarga bo‘yash ishlarini olib
boruvchi bo‘yoqchilarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Bosh injenerlik
xizmati suv, gaz, elektr energiya sarfini ham nazorat qiladilar.Ular bajargan
barcha ishlar maxsus ro‘yxatga olish jurnaliga yuritiladi.
Injenerlik xizmatining muhim vazifasi
- yong‘in xavfsizligini
taminlashdir.Yong‘in mehmonxona biznesida ko‘p tarqalgan hodisadir.
Yong‘inning asosiy sabablari- chekuvchi mehmonlar, nosoz oshxona va
elektr uskunalari, kaminlar, omborxonadagi ximikatlar, chiqindilarni
yoqish va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Yong‘in xavfsizligi tizimi mehmonxonadagi barcha inshootlar yong‘in
signalizatsiyasi tizimini, yong‘in o‘chirish vositalarini, evakuatsiya
vositalarini (yong‘in zinalari) va xodimlarni doimiy o‘qitish tadbirlarini o‘z
ichiga oladi. Barcha nomerlarni, yong‘in ro‘y berganda evakuatsiya qilish
sxemasi bilan taminlash zarur. Mehmonxonaning barcha xodimlari
yong‘in paytida o‘zlarini qanday tutishlarini bilishlari kerak. Yong‘in ro‘y
berganda xodimning birinchi vazifasi yong‘in signalizatsiyasi tugmasini
bosishdir.Keyinchalik quyidagicha harakatlanadi: biri yong‘inni o‘chiradi,
boshqalari mehmonlarni evakuatsiya qilishadi. Nima bo‘lganda ham
sarosimaga tushmasdan tinchlikni saqlash zarur. Yugurib borish, liftdan
foydalanish mumkin emas.Zinalardan harakatlanish kerak.Evakuatsiya
yo‘li yopiq bo‘lsa (yong‘in bilan ),eshikni yopib, unga nam odeyalni osib,
derazadan yong‘in o‘chirish xodimlariga signal berishi zarur.
115
Do'stlaringiz bilan baham: |