Nazorat savollari:
1. «Bank» tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati.
2. Banklar xo’jalik yurituvchi korxona sifatida.
3. Bank aktsioner tashkiloti sifatida.
4. Bank tizimi.Bank turlari.
5. O ’zbekiston Respublikasi bank tizimi xolati va rivojlanish istiqbollari.
6. Banklarning operatsiyalari va ularning tuzilishi.
7. Bank faoliyatiga beriladigan litsenziyalar.
Tayanch iboralar:
Banklar, aktsioner, bank tizimi, banklarning operatsiyalari , litsenziyalar.
13-MAVZU. SUG’URTA XIZMATLARI MENEJMENTI
STRATEGIYASI
Reja:
1. Sug’urta xizmatlari faoliyati tushunchasi.
2. Sug’urta xizmatlari faoliyatining hozirgi kundagi axvoli.
3. Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish.
Sir emaski, tadbirkorlik faoliyati tavakkalchilikka asoslangan faoliyatdir. Shu
bois, mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida kichik va xususiy biznesni
rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda sug‘urta
faoliyati sub’ektlarining o ‘rni benihoya katta. Davlatimiz rahbari Islom Karimov
ta’kidlaganidek, "Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish jarayonini tegishli bozor
infratuzilmasi, ya’ni bank-moliya tizimi, lizing, auditorlik, sug‘urta, injiniring va
boshqa tuzilmalarni rivojlantirmasdan turib amalga oshirish mumkin emas".
Statistik m a’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda 30 ta sug‘urta kompaniyasi
faoliyat olib bormoqda. 2003 yilda sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta mukofotlari
181
27,1 mlrd. so‘mni, sug‘urta tovoni 2,7 mlrd. so‘mni, ustav kapitallarining jami
miqdori 4,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2008 yilning 9 oyida sug‘urta
mukofotlari 64,1 mlrd so‘mni, sug‘urta tovoni 8,3 mlrd. so‘mni, ustav kapitallarining
miqdori esa jami 38,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bundan tashqari, 2007 yil
davomida respublika bo‘yicha 8621812 ta sug‘urta shartnomasi tuzilgan. Albatta,
mazkur raqamlar mamlakatimizda sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi normativ
huquqiy baza yildan yilga takomillashib, sug‘urta faoliyati sub’ektlarining
iqtisodiyotdagi ulushi ortib borayotganligidan dalolat beradi.
Mazkur faoliyatning qonunchilik poydevorini mustahkamlashga qaratilgan
muhim hujjat — Oliy Majlis Senatining o ‘n oltinchi yalpi majlisida m a’qullangan
"Sug‘urta faoliyati to ‘g‘risida"gi O ‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o ‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun 2008 yilning 23 dekabrida matbuotda e’lon
qilinib, kuchga kirdi. Bu qonun O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta
xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to ‘g ‘risida"gi (2008 yil 21 may) PQ-872-sonli Qarori asosida ishlab
chiqilgan bo‘lib, sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urta xizmatlaridan
foydalanuvchilarning huquqlarini samarali himoya qilishni ta ’minlashga qaratilgan.
Quyida mazkur qonun bilan "Sug‘urta faoliyati to ‘g‘risida"gi Qonunga kiritilgan
o ‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatiga e ’tiborni qaratmoqchimiz.
Birinchidan, yuqorida zikr etilgan O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Qarorining 3-bandida sug‘urtalovchilar, ya’ni mazkur qonunning 6-moddasiga
binoan tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va
sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to ‘lovini amalga
oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs qimmatli
qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida professional faoliyatni amalga
oshirish huquqiga egaligi belgilangan. Aslida "Qimmatli qog‘ozlar bozori
to ‘g ‘risida"gi Qonunning 19-moddasiga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan
hollardan tashqari, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat qimmatli
qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan
beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Sug‘urtalovchilarni rag‘batlantirish
va ularga imkoniyat yaratish maqsadida mazkur qaror bilan ular tomonidan ushbu
faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olish talab qilinmasligi nazarda
tutildi.
O ‘rnatilgan bu tartibdan kelib chiqib, "Sug‘urta faoliyati to ‘g ‘risida"gi
Qonunning sug‘urtalovchilar huquqlari belgilangan 6-1-moddasi birinchi qismi
sug‘urtalovchilar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida
professional faoliyatni tegishli litsenziyasiz amalga oshirish huquqiga ega ekanligini
nazarda tutuvchi beshinchi xatboshi bilan to ‘ldirildi. Agar xorijiy davlatlar tajribasiga
nazar solsak, Buyuk Britaniya, Fransiya, YAponiya, CHexiya, Hindiston,
182
Qozog‘iston va Belarus Respublikasi qonun hujjatlarida ham sug‘urtalovchilar
qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni
amalga oshirish huquqiga ega ekanini kuzatishimiz mumkin.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya
vositachilarining faoliyati "Qimmatli qog‘ozlar bozori to ‘g‘risida"gi Qonun, Vazirlar
Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan O ‘zbekiston
Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni
ro‘yxatdan o ‘tkazish tartibi to ‘g ‘risidagi nizom, Investitsiya vositachilari to ‘g‘risidagi
nizom (Adliya vazirligida 2002 yil 3 martda 1108-son bilan ro‘yxatga olingan),
Investitsiya
vositachilarining
emitentlarga
rasmiy
diler
(market-meyker)lik
xizmatlarini amalga oshirish tartibi to ‘g‘risidagi (Adliya vazirligida 2007 yil 26
mayda 1682-son bilan ro‘yxatga olingan) nizom kabi normativ-huquqiy hujjatlar
bilan tartibga solinib kelinmoqda. Mazkur qonun hujjatlariga asosan, qimmatli
qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachilari deganda, birja va birjadan tashqari
qimmatli qog‘ozlar bozorlarida brokerlik yoki dilerlik faoliyatini amalga oshirish
uchun litsenziyaga ega bo‘lgan shaxslar tushuniladi.
Broker deganda esa, "Qimmatli qog‘ozlar bozori to ‘g ‘risida"gi Qonunning 21-
moddasiga muvofiq, vositachilik yoki topshiriq shartnomasi yoxud mijozning
vositachisi yo ishonchli vakili sifatida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish
uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib boruvchi yuridik shaxs tushuniladi.
Diler deganda qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, sotish narxini oshkora e ’lon qilish
orqali ushbu qimmatli qog‘ozlarni o ‘zi e’lon qilgan narxlarda sotib olish, sotish
majburiyati bilan o‘z nomidan hamda o ‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir oldi -
sotdi bitimlari tuzuvchi yuridik shaxs tushuniladi.
Ikkinchidan, yuqorida ta ’kidlangan O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Qarorining 3-bandi bilan sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining rahbarlari va
bosh buxgalterlari Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan
Sug‘urtalovchining ijro etuvchi organi rahbari va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan
talablari to ‘g ‘risidagi nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda
tayinlanishi (saylanishi) belgilandi. Bu bilan nafaqat sug‘urtalovchi yoki uning bosh
buxgalteriga qo‘yiladigan talablar, balki "Sug‘urta faoliyati to ‘g ‘risida"gi Qonunning
7-moddasiga ko‘ra, sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan
sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni
amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisoblanadigan sug‘urta brokeri, uning bosh
buxgalterining mas’uliyatini oshirish maqsadida ularga bo‘lgan talablarni maxsus
vakolatli organ belgilaydigan tartib o ‘rnatildi. Ushbu belgilangan tartib qoidalaridan
kelib chiqib, Qonunning maxsus vakolatli organning vakolatlari nazarda tutilgan 10-
moddasi ikkinchi qismining oltinchi xatboshisiga tegishli o ‘zgartishlar kiritildi.
Bunday
tartib
Fransiya,
Chexiya,
Ruminiya,
Qozog‘iston
va
Belarus
183
Respublikasining tegishli qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilganligini ham
ta’kidlash o ‘rinlidir.
Shu o ‘rinda sug‘urtalovchi va sug‘urta brokeri rahbari hamda ularning bosh
buxgalterlariga qanday malaka talablari belgilanishi mumkin, degan savol tug‘ilishi
tabiiy. Xususan, Sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) rahbariga va bosh
buxgalteriga
qo‘yiladigan
malaka
talablari
to ‘g ‘risidagi
nizomga
ko‘ra,
sug‘urtalovchining
(sug‘urta
brokerining)
rahbari
qonun
hujjatlari
va
sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) ta ’sis hujjatlariga muvofiq tayinlanadi yoki
saylanadi.
Buning
natijasida
tuzilgan
mehnat
shartnomasiga
asosan,
u
sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) yagona ijro etuvchi organi hisoblanadigan
yoki sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) kollegial ijro etuvchi organini
boshqaradigan jismoniy shaxs hisoblanadi. Unga nisbatan quyidagi malaka talablari
o ‘rnatilgan:
a) O ‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy m a’lumotga
yoki xorijiy davlatlarning ta ’lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga
muvofiq, O ‘zbekiston Respublikasidagi oliy m a’lumotga ekvivalent, deb tan olingan
oliy m a’lumotga ega bo‘lishi;
b) sug‘urta sohasida 2 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi; bunda
sug‘urta agenti, yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodim sifatidagi ish staji
hisobga olinmaydi.
Shuningdek, sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) bosh buxgalteri deganda
sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) buxgalteriya hisobi va moliyaviy
boshqaruvi vazifalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini tashkillashtirishni
hamda moddiy, moliyaviy resurslarning oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini
nazorat qilishni ta’minlaydigan jismoniy shaxs tushuniladi. U quyidagi malaka
talablariga javob berishi lozim:
a) O ‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan (buxgalterlik,
moliyaviy, iqtisodiy) m a’lumotga yoki xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida
olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq, O ‘zbekiston Respublikasidagi oliy
m a’lumotga muqobil, deb tan olingan oliy m a’lumotga ega bo‘lishi;
b) buxgalter sifatida 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi, shundan
sug‘urta sohasida buxgalter sifatida bir yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi.
Shu
o‘rinda ta ’kidlab
o ‘tish
lozimki,
sug‘urtalovchilarning
(sug‘urta
brokerlarining) O ‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tayinlanadigan
rahbarlariga mazkur Nizom talablari tatbiq etilmaydi.
Uchinchidan, yuqorida ko‘rsatilgan O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Qarorining 3-bandi bilan sug‘urta faoliyati to ‘g ‘risidagi qonun hujjatlarini,
o ‘rnatilgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan, to ‘lov qobiliyati normativlari
sug‘urtalovchilar tomonidan buzilgani uchun sug‘urta faoliyatini tartibga solish va
184
nazorat qilishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organining qarori asosida
ularga sug‘urtalovchi uchun belgilangan eng kam ustav kapitalining 0,1 foizi
miqdorigacha jarim a solinishi va jarim a summasi respublika byudjetiga o ‘tkazilishi
tartibi o ‘rnatilgan. Ushbu tartibga asosan, qonunning maxsus vakolatli organning
vakolatlari belgilangan 10-moddasiga mazkur o ‘rnatilgan tartibni qo‘llashni nazarda
tutuvchi tegishli qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur tartib sug‘urtalovchilarning sug‘urta
xizmati iste’molchilari oldidagi mas’uliyatini oshirib, mijozlar huquqlarini himoya-
lashga, to ‘lov qobiliyati normativlarini buzmasdan amalga oshirishlarini ta’minlashga
xizmat qiladi. Maxsus vakolatli organ tomonidan bunday jarim a qo‘llash Fransiya,
Yaponiya, Rossiya, Chexiya, Ruminiya, Hindiston, Qozog‘iston va Belarus
Respublikalari qonun hujjatlarida ham nazarda tutilgan.
Sug‘urta faoliyati to ‘g ‘risidagi qonun hujjatlarini, o ‘rnatilgan iqtisodiy
normativlarni, shu jumladan, to ‘lov qobiliyati normativlarini buzganligi uchun
sug‘urtalovchilarga jarim a sanksiyalarini qo‘llash tartibi
Sug‘urta faoliyati
to ‘g ‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima
sanksiyalarini qo‘llash tartibi to ‘g ‘risidagi nizom bilan tartibga solingan. Unga ko‘ra,
sug‘urtalovchilar
tomonidan
to ‘lov
qobiliyati
normativlarini
buzganligi,
sug‘urtalovchilar aktivlarini joylashtirishga, qayta sug‘urta operatsiyalariga oid
talablarga rioya qilmaganligi, sug‘urta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish
tartibi va shartlarini, sug‘urta agentlari to ‘g ‘risidagi nizom talablarini buzganligi,
hisobotlarni taqdim etish shakli, tartibi va muddatlariga rioya etmaganligi uchun
jarimalar qo‘llaniladi.
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada
isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida"gi 2007 yil 10 apreldagi PQ-
618-son Qarori bilan 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitalining eng kam
miqdorlari:
-
umumiy
sug‘urtalash
tarmog‘ida
faoliyatni
amalga
oshiradigan
sug‘urtalovchilar uchun — 500 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan summa;
-
hayotni
sug‘urtalash
tarmog‘ida
faoliyatni
amalga
oshiradigan
sug‘urtalovchilar uchun — 750 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan summa;
- majburiy sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar
uchun — 1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan summa;
-
faqat
qayta
sug‘urtalash
bo‘yicha
faoliyatni
amalga
oshiradigan
sug‘urtalovchilar uchun — 3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan summa belgilangan.
Bundan tashqari, O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta xizmatlari
bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to ‘g ‘risida"gi 2008 yil 21 maydagi PQ-872-sonli Qarori bilan sug‘urtalovchilarning,
avvalo, mijoz oldidagi mas’uliyatini oshirish hamda ularning kapitallashuv darajasini
ko‘paytirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida 2010 yilning 1
185
yanvaridan
boshlab
quyidagi
sohalarda
faoliyatni
amalga
oshiradigan
sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari o ‘rnatilgan:
- umumiy sug‘urta sohasida — 750 ming evroga ekvivalent summada;
- hayotni sug‘urta qilish sohasida — 1 mln. evroga ekvivalent summada;
- majburiy sug‘urta bo‘yicha — 1, 5 mln. evroga ekvivalent summada;
- faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha — 4 mln. evroga ekvivalent summada.
To‘rtinchidan, qonunning amaldagi 12-moddasida sug‘urtalovchilar ustav
fondining eng kam miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda
tutilgan edi. Ammo hozirgi vaqtda ularning ustav fondining eng kam miqdori
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh
qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida"gi 2007 yil 10 aprelda qabul
qilingan PQ-618-sonli hamda "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va
rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to ‘g ‘risida"gi 2008 yil 21 mayda
qabul qilingan PQ-872-sonli qarorlari bilan belgilanganligini hisobga olib, 12-
moddaga tegishli o ‘zgartish kiritish bilan ustav fondining eng kam miqdori end ilikda
qonun hujjatlariga asosan belgilanishi nazarda tutildi.
Xulosa o ‘rnida ta’kidlash joizki, "Sug‘urta faoliyati to ‘g ‘risida"gi O ‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga o ‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun
sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini shakllantirish, sug‘urta faoliyatini yanada
takomillashtirish va sifatini oshirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va
moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va
sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish,
shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya
qilishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ushbu Qonunning maqsadi sug‘urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga
solishdan iborat.
Sug‘urta faoliyati to ‘g ‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun
hujjatlaridan iboratdir.
Agar O ‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O ‘zbekiston
Respublikasining sug‘urta faoliyati to ‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llaniladi.
Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to ‘laydigan sug‘urta
mukofotlaridan
shuningdek
sug‘urtalovchining
boshqa
mablag‘laridan
shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz
berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini
(sug‘urta pulini) to ‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.
Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining
sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi.
186
Sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi:
hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat
qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda
shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda
sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z
ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to ‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda
hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari).
Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq
majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta
turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O ‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Sug‘urta
bozorining
professional
ishtirokchilari
sug‘urta
faoliyatining
sub’ektlari hisoblanadi.
Sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta
syurveyerlari,
shuningdek
assistans
sug‘urta
bozorining
professional
ishtirokchilaridir.
Sug‘urta brokeri, qayta sug‘urta brokeri va sug‘urta agenti sug‘urta vositachilari
hisoblanadilar.
Tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va
sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to ‘lovini amalga
oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs sug‘urtalovchi
deb e ’tirof etiladi.
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirishga bevosita bog‘liq bo‘lmagan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas, ushbu Qonunning 6 1-
moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta sug‘urta
qilish) shartnomalari tuzish;
o ‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish, shu jumladan
O ‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urta qilish;
maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda investitsiya
faoliyatini amalga oshirish;
qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional
faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun
sug‘urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish
bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligini
amalga oshirish;
187
sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-
tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;
sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga doir qoidalarni
(shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta
tovoni (sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va
hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya,
veterinariya,
gidrometeorologiya tashkilotlari
hamda boshqa tashkilotlardan
belgilangan tartibda so‘rash va olish;
sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining
boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to ‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta
(qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish,
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug‘urta
qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan
nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda
amalga oshirish;
chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish;
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o ‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta
shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni
realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
O ‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari
reytinglarini olish;
o ‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish.
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |