R. O. Ismatov Nammqi, "Menejment" kafedrasidotsenti, iqtisod fanlari



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/325
Sana05.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#879482
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   325
Bog'liq
Стратегик менежмент

Tashqi va ichki sharoit
O'zgaruvchan
9.2.Rasm. Amaldagi strategiyaning yuzaga kelish tarzi
Tashkilot strategiyasi bir vaqtning o ‘zida ham rejadagi va adaptiv 
(moslashuvchan) hisoblanadi.
Tashkilot strategiyasini tez-tez "zargarona sozlash" yoki boshqarish odatdagi hol 
hisoblanadi. Bular tasho‘i va ichki o ‘zgarishlar miqdori sezilarli darajada jamlanishi 
bo‘yicha amalga oshiriladi. SHuning uchun strategiya uzoo‘ muddat mobaynida 
kamdan-kam holdagina o ‘zgarmay qoladi. Biroq strategiyani tubdan o‘zgartirish 
kamdan-kam yuz beradi, qoidaga ko‘ra, tang vaziyatlardagina shunday bo‘lishi 
mumkin. Strategik ko‘ra bilish va vazifaning shakllanishi, maqsadning aniqlanishi va 
strategiyani qabul qilish, bu rivojlanish yo‘nalishini ishlab chiqish jarayonining 
asosiy vazifasi. Bular barchasi birgalikda strategik rejani tashkil etadi.
4.Ta’lim tizimini strategik boshqarishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi.
Hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarning oliy ta ’lim sohasidagi olib borayotgan 
davlat siyosatlari quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi:
• 
Xususiy oliy o ‘quv yurtlarini tashkil qilish, ularni rivojlantirish borasidagi 
amaliy ishlar davlatlar tomonidan qo‘llab quvvatlamoqda (chunki bu sohaga davlat 
va mahalliy byudjet ko‘magidan yashqari, yirik xususiy sarmoyalarni ham ja lb qilish 
imkonini beradi) Bunday yondoshuv ayniqsa AQSH,Yaponiyava Fransiyada ko‘zga 
yaqqol tashlanadi.
• 
Oliy o‘quv yurtlari davlat tasarrufida bo‘lgan davlatlar alohida ajralib turadi 
(Germaniya,Avstriya,Daniya,Gretsiya). Bu davlatlarda xususiy oliy o ‘quv yurtlari 
cherkov tasarrufida bo‘lib, ular 2-3 foizni tashkil qiladi.
• 
Xususiy oliy o ‘quv yurtlar tizimi keng rivojlanayotgan mamlakatlar 
(AQSH,Yaponiya,Fransiya). Ularning mavjudligi davlat tasarrufidagi oliy o ‘quv 
yurtlari obro‘siga putur yetkazmaydi.
• 
YUqoridagi barcha mamlakatlardagi xususiy oliy o‘quv yurtlar moliyaviy 
jihatdan davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadi.
129


• 
Xususiy oliy o‘quv yurtini tashkil qilish - bu ko‘p sarmoya talab qiladigan 
tadbirdir. Bu borada to ‘plangan tajribalarning dalolat berishicha, faqat iqtisodiy 
baquvvat firmalar (alohida shaxslar) yoki baquvvat ijtimoiy tashkilotgina o ‘rta 
darajadagi xususiy oliy ta’lim maktabi faoliyatini tashkil qila oladi.
Xususiy va davlat tasarrufidagi oliy ta’limni tashkil qilish borasidagi 
tamoyillarni alohida mamlakatlar misolida aniq tahlil qilaylik.
AQSH
Bu yerda oliy o ‘quv yurtlarining 1870 tasi xususiy sektor tomonidan nazorat 
qilinadi (qiyoslang: davlat sektorida 1520 ta ). SHunga qaramasdan 77 foiz talaba 
davlat sektotiga tegishli oliy o ‘quv yurtlarida o ‘qiydilar. Bunday ko‘rsatkich tobora 
ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Bu xususiy oliy ta’lim maktabkarida o‘qish juda 
qimmatligi bilan izohlanadi. Buning natijasida jamiyatning o ‘rta qatlam vakillarining 
farzandlari bunday oliy maktabga kirib o ‘qishga qiynalmoqdalar.
AQSH da xususiy oliy o‘quv yurtini ochish huquqiy jihatdan biron qiyinchilik 
tug‘dirmaydi (u talabgorlar miqdoriga bog‘liq). Bu boradagi qiyinchiliklar, asosan 
diplomlarning tan olinishi va xususiy oliy o‘quv yurti tomonidan beriladigan malaka 
bilan bog‘liq. Bu muammolarning yechilishida turli mintaqaviy va professional 
agentliklarning fikrlari ustuvorlik qiladi.

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish