R, L va c elеmеntlarni kеtma-kеt ulangandagi elеktr zanjiri


Mustaqil yechish uchun masalalar



Download 224,58 Kb.
bet5/5
Sana23.06.2022
Hajmi224,58 Kb.
#695410
1   2   3   4   5
Bog'liq
R, L va c elåmåntlarni kåtma-kåt ulangandagi elåktr zanjiri

Mustaqil yechish uchun masalalar

5.6. Aktiv qarshiligi r=10 om va induktivligi L=70 mgn bo‘lgan g‘altak bilan, sig‘imi C=318 mkf da bo‘lgan kondensator ketma-ket ulangan. Ta’minlovchi tarmoqning kuchlanishi Ut=220 V, chastotasi f=50 gs. Zanjirdagi tok, g‘altakdagi va kondensatordagi kuchlanish, shuningdek, aktiv, reaktiv va to‘la quvvat aniqlansin. Vektor diagrammasi qurilsin.



5.10 -rasm


5.7. Parametrlari avvalgi masalada keltirilgan g‘altak va kondensator parallel biriktirilgan. Ta’minlovchi tarmoqning kuchlanishi Ut=220 V, chastotasi f=50 gs. G‘altakdagi va kondensatordagi tok, shuningdek, tarmoqlanishgacha bo‘lgan tok va butun zanjirning quvvat koeffisienti aniqlansin. Mashtabda tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi qurilsin.
5.8. Chastotasi f=50gs va kuchlanishi U=220V bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ferrorezonansli kuchlanish stabilizatori ulangan (5.10-rasm). Stabilizatorning parametrlari: aktiv qarshiligi r=200 om, induktivligi L=127mgn, sig‘imi C=0,845 mkf. Zanjirdagi tok va reaktiv qarshiliklardagi kuchlanishning tushuvi aniqlansin. Vektor diagrammasi qurilsin. Stabilizatorning ishlashi haqida xulosa bering.
5.9. 5.11-rasmda tasvirlangan elektr zanjiri rezonansga moslangan. Ta’minlovchi tarmoqning kuchlanishi U=220 V. Voltmetrning ko‘rsatishi aniqlansin.
5.10. 5.12-rasmda tasvir etilgan elektr zanjiridagi V1, V2, va V3 voltmetrlarning kursatishi quyidagilarga teng:
U1=120 V, U2=150 V, U3=150 V.
Ta’minlovchi tarmoqning kuchlanishi aniqlansin.


5.11-rasm



5.12-rasm



5.11. Aktiv qarshiligi r=10 om va induktiv qarshiligi xL=50 om teng bo‘lgan g‘altak, chastotasi f=50 gs va kuchlanishi U=220 voltli o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulangan. Zanjirda kuchlanish rezonansi hosil bulishi uchun, g‘altak bilan ketma-ket ulash kerak bo‘lgan kondensatorning sig‘imi aniqlansin.
5.12. G‘altakning induktivligi L=15,9 mGn, aktiv qarshiligi R=0. kondensator sig‘imi C=637mkF, aktiv o‘tkazuvchanligi G=0. Agar g‘altak bilan kondensatorning har birida f=50 gs chastotada kuchlanish U=100V bo‘lsa, zanjirning shu elementlarining quvvatini aniqlang.
5.13. U=220V kuchlanishli va f=50Gs chastotali o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga rezistor R1=5Om, induktiv g‘altak R2=3 Om, L=38mGn va kondensator C3=530mkF ketma-ket ulangan. Rezistor, induktiv g‘altak, kondensatorning va butun zanjirning aktiv, reaktiv va to‘la quvvatini aniqlang.
5.14. Chastotasi 1000 Hz bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga aktiv qarshilik va kondensator ketma-ket ulangan. Kondensator sig‘imini 2 mkF va aktiv qarshilikni 70 Ω deb hisoblab, zanjirning to‘la qarshiligini aniqlang.
5.15. Kuchlanishi U=220 V va chastotasi f=10000 Hz bo‘lgan tarmoqqa kondensator hamda aktiv qarshiligi R=264 Ω bo‘lgan rezistor ketma-ket ulangan. Zanjirda oqayotgan tok kuchi I=0,05 A bo‘lsa, kondensatorning sig‘imini hisoblang.
5.16. RC-elementlari ketma-ket ulangan zanjirda amplituda qiymati Im=1,41 A va chastotasi f=50 Hz bo‘lgan sinusoidal tok oqmoqda (5.13-rasm). Agar R=100 Ω va C=31,8 mkF bo‘lsa, butun zanjir, kondensator va aktiv qarshilikka tushgan kuchlanishning oniy qiymatlarini aniqlang.
5.17. Aktiv va sig‘im elementlari ketma-ket ulangan zanjirda chastota 800 Hz bo‘lganda 0,1 A, chastota 400 Hz bo‘lganda 0,08 A tok oqib o‘tdi. Har ikkala holda ham kuchlanish 20 V bo‘lsa, aktiv qarshilik va sig‘imni aniqlang.

5.13-rasm. Aktiv va sig‘im qarshiliklari ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri elektr sxemasi.

5.18. Aktiv qarshiligi R=30Ω va sig‘imi C=6 mkF bo‘lgan elementlar ketma-ket ulangan zanjirga kuchlanish berilgan. Tarmoq chastotasi f=400 Hz. Zanjirning to‘la qarshiligi hamda aktiv va sig‘im elementlaridagi kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymati aniqlansin.
Download 224,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish