Valslarning tuzilishi. 32-rasmda 2130 660/660 P yakka
tartibdagi o‘ng yuritmali zamonaviy aralashtiruvchi valslarning
tuzilishi ko‘rsatilgan.
Dumalash podshipnik (3) lariga o‘rnatilgan, bir-biriga qarab
aylanadigan ikkita ichi bo‘sh (oldingi (1) va orqa (2)) valok
stanina (4) larga o‘rnatilgan.
Staninalar traversa (5) lar tomonidan tortilgan va to‘g‘ri
to‘rtburchakli derazani hosil qiladi. Ularda valoklar podshipnik-
larining korpuslari o‘rnatilgan. Odatda, stanina va traversalar
po‘latdan quyib ishlanadi va yetarlicha mustahkamlikka ega.
Staninalar cho‘yandan yoki temirbetondan ishlangan massiv
fundamental plita (7) ga o‘rnatilgan.
Orqa valok podshipniklarining korpuslari staninalarga qo‘z-
g‘almas qilib o‘rnatilgan va bolt (6) lar bilan (staninaning orqa
devoriga) mahkamlangan.
110
Valoklar o‘rtasidagi oraliqni o‘lchash uchun oldingi valok
podshipniklarining korpuslari stanina bo‘ylab yo‘naltirgichlar
bo‘yicha harakatlanishi mumkin. Oldingi valok podshipniklari
korpuslarining staninalardagi harakati zazorni sozlash
mexanizmi yordamida bosiladigan vint (8) bilan amalga
oshiriladi. Zazorni sozlash mexanizmi qo‘l bilan maxovikcha
32-rasm. 2130 660/660 P valsining tuzilishi: 1 – oldingi valok; 2 – orqa
valok; 3 – valokning podshipnigi; 4 – stanina; 5 – traversa; 6 – bolt;
7 – fundamental plita; 8 – siquvchi vint; 9 – maxovikcha; 10 – elektr
yuritma; 11 – oraliq ko‘rsatkichning diski; 12 – friksion shesternalar;
13 – strelkalar; 14 – tortiluvchi yuritmali shesterna; 15 – fundamental
bolt; 16 – poddon; 17 – reduktorning chiqish vali; 18 – tortuvchi yurit-
mali shesterna; 19 – reduktor; 20 – kolodkali tormoz; 21 – yuritmaning
elektr yuritmasi; 22, 23 – to‘siq kojuxlari; 24 – suv bilan sovitish
tizimining quvuri; 25 – quyiladigan tog‘ora; 26 – avariyali о‘chirish
shtangasi; 27 – qo‘lda moylanadigan nasos.
111
(9) (dastak) yoki elektr yuritma (10) bilan harakatga keltiriladi.
Har ikki bosiladigan vint (8) dan biri saqlagich shayba
orqali oldingi valok podshipnigining korpusiga tiraladi. Vals-
lar zo‘riqib ishlaganda yoki oraliqqa qandaydir tashqi modda
tushsa shayba kesilib ketadi, oldingi valok gorizontal yo‘nalish-
dagi kuch ta’sirida itariladi va valoklar o‘rtasidagi zazor
kattalashadi.
Oldingi valoklarning harakatini cheklash uchun chekka
o‘chirgichlar o‘rnatilgan, ular valokning berilgan holatida ora-
liqni sozlash mexanizmining elektr yuritma (10) sini o‘chiradi.
Valslarning ba’zi konstruksiyalarida oldingi valokni orqa
valok
ka siqilishdan saqlovchi qurilmalar mavjud. Oldingi
valokning bir tekis harakatlanishini va valoklar o‘rtasidagi
zazorni nazorat qilish uchun har bir staninada zazor kattaligini
ko‘rsatuvchi disklar (11) o‘rnatilgan.
Ishlanayotgan materialning podshipniklar ichiga kirib
qolishining oldini olish uchun valslar maxsus himoyalovchi
qurilmalar – strelkalar (13) ga ega.
Vals quvvati 160 kW bo‘lgan elektr yuritma (21) dan
reduktor (19) orqali yuritiladi. Elektr yuritma reduktor bilan
umumiy fundament plitaga valslar bilan birga o‘rnatilgan.
Reduktorning chiqish vali (17) ga tortuvchi (18) kichik shesterna
kiydirilgan bo‘lib, u orqa valokning bo‘yniga kiygizilgan
tortiladigan yuritmali katta shesterna (14) bilan tishlashgan.
Aynan ushbu juft shesternalar orqali valsning orqa valoklari
harakatga keltiriladi. Oldingi valok esa juft friksion shesterna
(12) lar orqali harakatga keladi. Barcha shesternalar kojux (22
va 23) lar bilan yopilgan. Valoklarning podshipniklari quyuq
moy bilan orqa valok tomonda joylashgan NRG tipidagi qo‘l
nasosi (27) yordamida moylanadi.
112
Vals avariya to‘xtatish qurilmasi bilan jihozlangan. U pol
sathidan 1200 mm balandlikda valoklarning sirtiga parallel
joylashgan ikkita shtanga (26) shaklida yasalgan. Shtanga
bosil ganda uning uchlari richaglar tizimi orqali valslarning
traversalariga mahkamlangan o‘chirgichlarga ta’sir qiladi,
natijada yuritmaning elektr yuritmasiga tok kelishini to‘xtatadi.
Shu bilan birga elektr yuritmaning validagi kolodkali tormoz
(20) ning elektromagniti o‘chiriladi va tormoz shkivini tormoz
(prujina yoki yuk ta’sirida) siqadi.
Texnika xavfsizligi bo‘yicha joriy me’yorlarga binoan,
avariyali o‘chirgich valslardagi ish xavfsizligini ta’minlashi
kerak. Yuklanmagan valslarda avariyali o‘chirgich yoqilgan
ondan boshlab tormozlash yo‘li oldingi valok aylanishining
1/4 qismidan oshib ketmasligi kerak. Yuklangan valslarda tor-
mozlash tizimi valoklarni darhol to‘xtatishi kerak. Zamonaviy
valslarda avariyali tormozlashda oldingi valok avtomatli
tarz
da orqa valokdan qochadi va ular o‘rtasidagi zazorni
kattalashtiradi.
Materiallarni valslarda ishlaganda ko‘p miqdorda issiqlik
ajralib chiqadi, valoklar va materiallar qizib ketadi. Hosil
bo‘lgan issiqlikni olib ketish, materialni va valoklarni sovitish
uchun ularning ichi bo‘sh qilib ishlanadi. Valoklarning ichki
yuzasi o‘yib olingan bo‘ladi va darchaning bo‘shlig‘ida quvur-
lar (24) bo‘ylab forsunkalar orqali suv beriladi.
U valoklarning ichki yuzasini yuvib, sovitadi va tog‘oraga
(25) voronka orqali uzluksiz ravishda quyilib turadi.
Texnologik jarayonni to‘g‘ri olib borish uchun valslar na-
zo rat qiluvchi, qayd qiluvchi va boshqaruvchi asboblar bilan
jihozlanishi zarur. Bu, ayniqsa, laboratoriya va tajriba ishlari
uchun mo‘ljallangan valslar uchun zarur. Valslar valok lar ishchi
113
yuzalarining haroratini o‘lchash; kirayotgan va chiqayotgan
suvning haroratini o‘lchash va qayd qilish; valoklarning pod-
ship
niklari, reduktor va elektr yuritmaning haroratini o‘l-
chash va ko‘rsatish; sovituvchi suvning bosimini o‘lchash va
ko‘rsatish; har bir valokning aylanma tezligini va ularni bir
tekis boshqarish holatidagi friksiyani o‘lchash va ko‘rsatish;
gorizontal yo‘nalishdagi itarish kuchlarini ko‘rsatish va qayd
qilish; kuchlanish, tok kuchi va quvvatni o‘lchash va qayd
qilish; har bir siquvchi vintdagi zazor kattaligini aniqlash;
materialga ishlov berishning alohida operatsiyalari va butun
sikli bo‘yicha ish unumini nazorat qiluvchi asboblar bilan
jihozlangan bo‘lishi zarur.
Zamonaviy valslarda nazorat-o‘lchov asboblari maxsus
pultga chiqarilgan bo‘ladi. Laboratoriya valslarida oldingi
va orqa valoklarning haroratini avtomat tarzda yoki qo‘lda
o‘lchash, boshqarish va qayd qilib borish, valokning chap va
o‘ng tayanchlaridagi gorizontal itarish kuchlarini o‘lchash
va qayd qilib borish, shuningdek, suv va bug‘ning bosimini
o‘lchash nazarda tutilgan. Barcha asboblar alohida maxsus
joylarda joylashtirilgan. Elektr yuritmalari boshqaruv pultidan
boshqariladi.
Haroratni avtomat boshqarish termoparalar va elektron
potensiometrlar yordamida suv va bug‘ berish quvurlaridagi
klapanlarni ochish va yopish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Gorizontal itaruvchi kuchlarni o‘lchash va yozib borish uchun
kuch o‘lchovchi 40 kN kuchga mo‘ljallangan tenzorezistiv
datchiklar va elektron avtomat potensiometrlar xizmat qiladi.
Rezinani listlaydigan valslardan olish, isituvchi valslarni
va boshqa mashinalarni rezina bilan ta’minlash, listsimon
rezina aralashmasini sovitish va uni oraliq omborlarda saqlash
8—
114
uchun turli yordamchi jihozlar qo‘llaniladi. Agar listlangan
rezina aralashmasi valslardan keyin darhol kalandrlarga yoki
chervyakli mashinalarga uzatilmasdan, oraliq omborga jo‘na-
tiladigan bo‘lsa, u sovitilishi va yopishishning oldini olish
uchun izolatsion material bilan qoplanishi kerak. Buning uchun
turli sovitish qurilmalaridan foydalaniladi.
Hozirgi kunda rezina aralashtirgichlar rezina aralashmalarini
tayyorlash va kauchukni plastifikatsiyalash uchun asosiy jihoz
hisoblanadi. Rezina aralashtirgich bir-biriga qarab aylanuv-
chi shakldor profilli valoklari bo‘lgan yopiq kameradan yoki
yuklash voronkasiga rezina aralashmalarining barcha kompo-
nentlari belgilangan tartibda uzatiladigan chervyak tipidagi
mashinadan iborat.
Rezina aralashtirgichlarning valslardan afzalligi ish jara-
yonining germetiklanganligi (buning natijasida sochiluvchi
komponentlar to‘kilmaydi, chang hosil bo‘lmaydi), materialni
qayta aralashtirish sharoitining qulayligi, ish unumining yuqo-
riligi, aralashtirish vaqtining sezilarli darajada qisqarishi,
ishning bexatarligidir. Bundan tashqari, rezina aralashtirgichlar
boshqa aralashmalarga ishlov beradigan keyingi mashinalarga
oson moslashadi; undagi jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.
Biroq, rezina aralashtirgichlar valslarga qaraganda ancha yuqori
haroratda ishlaydi. Valslarda aralashmalarga ishlov berishda
harorat 55–80°C atrofida bo‘lsa, rezina aralashtirgichda u
140°C gacha ko‘tariladi; rezina aralashtirgichdan chiqishda esa
harorat, odatda, 100–120°C bo‘ladi. Bunga sabab mashinaning
yopiq kamerasidan issiqlikni olib ketishning qiyinligidadir.
Shu sababli rezina aralashtirgichni sovitish uchun sovuq suv
sarfi valslarni sovitishga qaraganda ko‘p bo‘ladi.
115
Do'stlaringiz bilan baham: |