R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik


Ta'lim -  bilim, ko'n ikma va malakalarni egallash, dunyoqarashni tarkib  toptiradigan jarayon. Bunda bilim



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/231
Sana21.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#571017
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   231
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Ta'lim - 
bilim, ko'n ikma va malakalarni egallash, dunyoqarashni tarkib 
toptiradigan jarayon. Bunda
bilim
– bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar 
orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. U qonuniyat 
deb ham yuritiladi. Ya'ni bilim insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, 
jumladan ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va 
tushunchalarni o‘zlashtirish natijasidir. 
Bilimni hayotda ko‘p samara beradigan qilib qo‘llay olish uchun bilim 
bilan birga ko‘nikma va malaka hosil qilish lozim. Bilim bahsda kerak bo‘lsa, 
ko‘nikma va malaka mehnat faoliyatida, dunyoni o‘zlashtirishda zarur.
Ko‘nikma
– malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim 
qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish 
qobiliyatini ifodalaydi va o‘quvchi – talabalarda ko‘p marotaba takrorlanadigan 
mashqlar natijasida yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisidir. 
Malaka
– tahsil oluvchilarning bilim egallash va mehnat jarayonidagi 
harakatini (yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maqsadga muvofiq 
shakllantirish va shu orqali o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy natijalarga 
erishib, ongli bajarishga tayyor bo‘lishdir.Iqtidor va ko‘nikma mashq qilish va 
takrorlash orqali malakaga aylanadi. Turli malakalardan ishonchli, ijodiy 
foydalanish hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy 
ta'limning mutloq ko‘rinishi mahorat bilan belgilanadi
.
 Mahorat
– bu murakkab ishni tez, aniq bajarishning yengilligi
mehnatning yuqori sifati va barqaror maromidir. 
Ta'lim jarayonida tahsil oluvchilar muayyan ma'lumotga ega bo‘ladilar. 
Ma'lumot
- ta'lim - tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil 
qilingan ko'n ikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. 
Insonning shaxs sifatida shakllanishi, tarbiyalanishi va ta'lim olishi pedagogik 
jarayonda sodir bo‘ladi.


19 
Pedagogik jarayon – pedagogik kategoriyalardan biri bo‘lib, ma'lum bir 
maqsadga yo'naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta'sirida tashkiliy 
shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda “...tarbiyachining yo'naltiruvchi 
va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida tarbiyalanuvchining o'z-o'zini taraqqiy 
ettirishidir”

Pedagogik faoliyat- estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy kabi maqsadlarga 
muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o'ylab ko'rilgan, 
katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo'lgan mehnatining o'ziga xos turidir.
O‘z-o‘zini anglash – shaxsning o‘ziga va o‘z faoliyatiga bir jamoa yoki butun
jamiyat nuqtai nazaridan baho bera olish. Taniqli rejisser K. Stanislavskiyning: “ 
Teatr qaerdan boshlanadi? –Albatta, – kiyim ilish joylaridan boshlanadi”,-degan 
iborasi mashhur bo‘lsa, pedagogikada - “pedagogik faoliyat – oiladan 
boshlanadi”, deyish mumkin. 
Pedagogika fani uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, hozirgi vaqtda ilmiy 
bilimlarning yaxshi shakllangan, katta nazariy va amaliy materiallarni o‘z ichiga 
qamrab oldi va o‘zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. 
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng mamlakatimizda uzluksiz ta'lim 
tizimida, pedagogika fanining umumiy va metodologik asoslari va mazmunida 
ta'lim-tarbiya 
nazariyasida, 
ta'limning 
tashkiliy 
shakllarida, 
shaxsning 
barakamollik darajasi hamda sifatlarini aniqlashda ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 
Bu o‘z navbatida innovatsion va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni 
ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishga yo‘l ochdi. 
Bugun mamlakatimizda ko‘plab o‘qituvchilarimiz pedagogik g‘oyalar 
targ‘ibotchisiga aylanishdi, tasdiqlangan dastlabki materiallar bilangina emas, 
balki o‘zining shaxsiy ijodiy rejasi asosida ish yuritmoqdalar. Yangilikka, 
erkinlikka, mustaqilikka intilish hozirgi zamon o‘qituvchisining shaxs sifatlari 
tarkibiga kirib ulgurdi, endi an'anaviy o‘qitish tizimi o‘z o‘rnini milliy istiqlol 
7
Tursunov I. I. , Nishonaliev U. N. Pedagogikai. - Toshkent: "O'qituvchi",2007
.-
17-bet.


20 
g‘oyasi bilan sug‘orilgan va qat'iyan ilmiy asosda tashkil etilayotgan zamonaviy 
pedagogik tizimga asoslanmoqda. Pedagogik amaliyotning turli tomonlarini
qamrab olayotgan kuchli innovatsion impuls harakati davom etmoqda: ta'lim 
sifatini oshirish, natijalarini oldindan belgilash, innovatsion, axborot va 
kommunikatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, interfaol o‘qitish, 
ta'lim menejmentiga qaratilgan yondashuvlar vujudga keldi. “Faqatgina 
zamonaviy 
asnoda 
ta'lim-tarbiya 
olgan, 
jahonning 
manaman 
degan 
mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma'naviy 
jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi 
bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi
8
”. Darhaqiqat, o‘zbek xalqining milliy 
ma'naviyatida insonparvarlik, bilimdonlik, axloqiylik, vatanparvarlik, ilmga 
chanqoqlik, bunyodkorlikka, ijodkorlikka intilish fazilatlari yetakchi o‘rinda 
turadi. Bugungi kunda respublikamiz yoshlari orasidan jahon olimpiada 
g‘oliblari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, sport sohasidagi g‘oliblar, davlat va 
nomdor stipendiatlarining yetishib chiqishi mamlakatimizda ta'lim-tarbiyaga 
e'tibor kuchli ekanligidan dalolat beradi. Yosh avlodga ta'lim berayotgan 
o‘qituvchilar bugungi kunda o‘zlari zamonaviy ta'lim-tarbiya sirlaridan voqif 
bo‘lishlari, innovatsion texnologiyalarni egallagan, axborot-kommunikatsiya 
vositalaridan oqilona foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talab etiladi. 
Shu jihatdan olganda, pedagogika aynan shu dolzarb masalalarning yechimini 
topishga yordam beradi.

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish