R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik


Oilaning felitsitologik funksiyasi nima?


bet96/231
Sana21.09.2022
Hajmi
#849802
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   231
Bog'liq
R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik

 
Oilaning felitsitologik funksiyasi nima?
Hozirgi zamon oilasining tobora
ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir 
(italyancha «felitsite»- baxt degani). «Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish 
oilaviy munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. 
Oilada er-xotinning bir-birini to‘liq tushunishi- ularning o‘zlarini baxtli his 
qilishlarini ta'minlaydi. Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy
imkoniyatlarni (iqtidorni) ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash 
ham insonga o‘zini baxtli his qilish imkonini beradi»(13.42). Keyingi vaqtlarda
insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib 
bormoqda. 
Oilaning regulyativ funksiyasi
oila a'zolari o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni, 
oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar 
tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma'naviy 
tomondan qo‘llab- quvvatlash nazarda tutiladi. 


153 
Oilaning relaksatsiya funksiyasi
uning eng asosiy funksiyalaridan
biridir. Bu degani oila a'zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy 
quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir. 
Oila funksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini 
ta'minlovchi mezon hisoblanadi. Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini
muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning 
ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta'sir etadi. 
Bola maktabga kelgunga qadar oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning 
dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir ko‘rsatishi tabiiy holdir. Ota-onalarning 
bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari ularning sog‘ligini saqlashdir. 
Buning uchun bola to‘yib ovqatlanishi, gigiena talablariga rioya etishi lozim 
bo‘ladi. Ota-onalar o‘zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham 
bolaga namuna bo‘lishlari shart. O‘zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali
so‘zlashuvni tashkil etish lozim. 
Ota-onalar bolalarining maktab-o‘quv vazifalarini yaxshi bajarilishini
ta'minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir: 
-
bolalarning darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo‘l 
qo‘ymaslik; 
-
ularning mashg‘uloti uchun uyda qulay sharoit yaratish; 
-
bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o‘rgatish, ularning g‘ayrat 
va chidamliligini oshirish; 
-
bolalarni vijdonli va rostgo‘y bo‘lishga, mustaqil ishlarga o‘rgatish. 
Oiladagi sog‘lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari 
farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ota-onaning o‘zaro yaxshi 
munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini 
to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik, 
qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, 
unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘riso‘zlik, 
mehnatsevarlik, 
olijanoblik, 
fidoiylik, 
saxovatpeshalik 
kabi 
hislatlarni 


154 
shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan 
xabardor qilishi kerak.
Ma'lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining 
zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar-er va xotin, ota-onalar va 
bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va 
qoniqarli bo‘lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik 
va gunohkorlik to‘yg‘ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham 
to‘ladir. «Oilaviy hayotning «qorong‘u tomonlari» televidenie va boshqa 
ommaviy 
axborot 
vositalarida 
namoyish 
qilinadigan 
ayrim 
ko‘rkam 
manzaralariga ziddir.
Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan 
ziddiyatlarni, janjallarni hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o‘ziga 
tortmaydigan ko‘pgina salbiy tomonlari ham mavjud. Ba'zan ruhiy kasalliklar 
ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta'sir etadi. O‘zining salbiy oqibatlariga 
ko‘ra, oilaviy hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa 
illatlar og‘ir holatlar hisoblanadi». 
Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o‘tkazadigan salbiy ta'sirini 
baholash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o‘rtasidagi tortishuvning 
qanchalik kuchli ekanligiga, bolalarning yoshiga, ularning qarindoshlari bor-
yo‘qligiga, farzandning ajralgan ota-onaga bo‘lgan munosabatlariga, har ikki ota-
onaning tez-tez ko‘rishib turish imkoniyatining bor-yo‘qligiga ko‘p narsa bog‘liq. 
Bular va boshqa bir qator omillar bolaning ko‘nikish jarayoniga ta'sir 
ko‘rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy-ma'naviy tanglikni bolalar tezda seza olish 
qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari ular uchun 
nihoyatda og‘ir kechadi. 
Oila doimo maktab, mahalladagi pedagog-psixologlar, faollar bilan 
hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bu albatta yoshlarning ma'naviy-marifiy 
sohada yuksak samaradorlikka erishishlariga yordam ko‘rsatadi va ularning 
tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi.


155 
Shunday qilib, oiladagi sog‘lom turmush tarzi- jinoyatchilik va 
huquqbuzarliklarning oldini olish garovidir Bunda oila, mahalla, ta'lim 
muassasasining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
MAVZU YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR: 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish