interiorizaiya
deb
nomlanadi, aksincha, aqlda shakllangan g'oyalarni bevosita tashqi harakatlarga
yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi
ksteriorizaiya
deb yuritiladi.
Faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko'ra ham farqlanadi.
Ayrim xatti- harakatlar boshida har bir harakatni jiddiy ravishda, alohida-alohida
bajarishini va bunga butun diqqat-e'tiborni, ongning yunalishini talab etadi. Lekin
vaqt o'tgach, ongning ishtiroki kamayib, ko'pgina qismlar avtomatlashib boradi.
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy shaxs kamolotida faoliyatning mo'him
o'rnini alohda qayd etib, uning turlarini bir necha bosqichlarga ajratadi va
amalga oshirish usullari, vaqt va fazoviy ta'rifi, fiziologik mexanizmlari
to'grisidagi g'oyani ilgari suradi. Bugungi kunda zamonaviy pedagogikada
insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash masalalari ustida
tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu izlanishlar samarasi har tomonlama
barkamol shaxsni shakllantirishga mo‘ljallangan strategiyalardan iborat bo‘lib,
shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri - bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon
60
etish, aqliy jihatdan
rivojlanish, yoqtirgan kasbi bo'yicha mehnat qilish
huquqini ro'yobga chiqarishga mo‘ljallangan.
Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga Davlat tomonidan
ta'lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko'rish kafolotlanadi. Ta'lim jarayonida
shaxs Davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Ta'lim
xizmatlarining amalga oshiruvchi sifatida shaxs munosib darajada malaka
darajasini olgach, bilim va tajribalarni ta'lim jarayonida yosh avlodga o'rgatish,
moddiy ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va maishiy xizmat sohalarida
faoliyat ko'rsatish bilan shug'ullanadi.
Har bir odam faqat ta'lim, ijtimoiy tarbiya va ma`naviy kamolot, kasb-
hunar o'rganish tizimi vositasidagina shaxs bo'lib shakllanadi.
Natijada shaxsning ijtimoiy kamol topishi- uning jamiyat uchun foydali
funkiyalarni bajarishi, o'z vazifa va burchlarini puxta va ijodiy anglab, boshqalar
bilan teng, mustaqill munosabatlarga kirishuvi yuz beradi.
Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o'rni va roli, huquq va majburiyatlari
qonuniy himoyaga olingan va tegishli hujjatlarda batartib bayon etilgan.
Pedagogikadagi eng asosiy kategoriyalardan yana biri –
tarbiyadir.
Tarbiya –
uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi
o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida
aniq maqsad hamda
ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va
rivojlantiriladi
21
. Tarbiyachi o'zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga
singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga ko'ra tizimli ta'sir
ko'rsatadi.
Jahon pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tushuncha
sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar mavjud.
Tarbiyani kattalar (o'qituvchilar, murabbiylar va ota-onalar)ning bolalarga ta'sir
ko'rsatish jarayoni sifatida tushunish eng ko'p tarqalgan tendeniyadir. Bu o'rinda
kattalar to'g'ri, deb hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifalar,
21
Абдуллаева Ш.А. Педагогика.-Тошкент: Фан, 2009.- 17-бет.
61
normalar va talablarga muvofiq tarzda ta'sir ko'rsatish ko'zda tutiladi.Tarbiyani
bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir tomonlama xususiyatga ega
bo'lib, mazkur jarayonning faqat muayyan qismini aks ettiradi, xolos. Tarbiyaga
bunday ta'rif berishda bolaga kattalarning ta'siri yo'n altirilgan ob'ekt sifatidagina
qaraladi.Zamonaviy pedagogika tashabbuskor va mustaqil shaxslarni
tarbiyalashni nazarda tutib, tarbiyalanuvchiga pedagogik jarayonda faol harakat
qiluvchi sub'ekt rolini beradi.
Islom madaniyatining tarkibiy qismi-tasavvuf (sufizm) falsafasida inson
ma'naviyatining, ruhiyati o'ziga xos uslublar orqali aks ettirilgan. Hazrat Abu
Hamid Al-G'azzoliy, Attor, Aqmad Yassaviy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Bahouddin
Naqshband, Najmiddin Kubroning ta'lim -tarbiyaga, xulq axloqiga oid qarashlari,
Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», «Kitob al musiqi al kabir», «Katta
musiqa», «Ritmlar tartibi xaqida», Beruniyning «Masud Qonuni», «Hindiston»,
«Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydona», «Axloq xaqida
risola»sidagi ma'naviy-ma'rifiy masalalar,
Abu Ali ibn Sinoning «Tadbiri
manozil», «Axloq xaqida risola», «Donishnoma», «Salamon va Ibsol», «Xay ibn
Yakzon», «Tib qonunlari»,
Alisher Navoiyning: «Makorim ul-axloq»,
(«Mukarram xulklar»), «Badoiy ul-bidoya», («Go'zallikning boshlanishi»),
«Navodir un-Nihoya», («Nodirliklar nihoyasi»), «Xazoyin ul-Maoniy»,
(«Ma'nolar xazinasi») asarlarida insonni tarbiyalash g'oyalari hozirgi zamon
g‘oyalari bilan hamohandir.
Abdulla Avloniy, Maxmudxuja Beqbudiy, Xamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla
Qodiriy, Abrauf Fitrat, Cho'lpon asarlaridagi ma'naviy-ma'rifiy qarashlar bugungi
kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Buyuk ma'rifatparvar ziyolilarning
g'oyalari milliy g'oya va istiqlol mafkurasining teran tomirlari bo'lib qolaveradi.
Demak, tarbiyada pedagogik muhit muhim ahamiyat kasb etadi
62
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh
subekti va obekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga
oshiruvchi sifatida ta'riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-
axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida
namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga
oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish,
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat
qilish huquqni kafolatlaydi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |