Ishontirish va ma'qul qilish.
Pedagogning o‘zaro ta'sir etishdagi barcha
vaziyatlar, asosan to‘rtta o‘zaro bog‘liq munosabatlar orqali amalga oshiriladi:
ishontirish, o‘ziga rom qila olish, taqlid qilish, uqtirish( -chizma).
Ishontirish
– muayyan mavzu yuzasidan biror fikr yoki xulosani mantiqiy
asoslash, ijtimoiy fikr tug‘dirishdir. Ishontirish asosida pedagog o‘quvchilar, sinf,
guruh jamoasi, ota-onalar ongiga ta'sir qiladi va ularni shu asosda faoliyat
ko‘rsatishga undaydi.
So‘z bilan ishontirish eng qiyin tarbiyaviy vositalardan biridir. Buning
uchun pedagog yetarli darajadagi salohiyatga, boy tajriba va chuqur dunyoviy,
ilmiy, kerak bo‘lsa, diniy bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Bunda tinglovchilar
fikrini o‘zgartira oladigan mantiq yoki suhbat ohangini tanlash juda muhimdir.
O‘qituvchining nutqi o‘zining mazmundorligi, ta'sirchanligi, o‘ziga jalb etish
quvvatini mujassam etganligi, go‘zal va ta'sirchan nutq matnini tuza bilish, til
boyliklari va badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalanish xususiyatlari bilan
tavsiflanishi shart.
Jumladan, Voiz Koshifiyning voizlikda yaxshi so‘z qadri, so‘z ishlatishdagi
ta'b nozikligi to‘g‘risidagi quyidagi fikrlari buning dalilidir:
Yaxshi so‘zdin ko‘rgaysan mehru vafo,
Педагогning
o`zaro ta'sir
etish shakllari
ishontirish
o`ziga rom qila
olish
taqlid qilish
uqtirish
351
Nomunosib quldin yetgay jafo.
Faxsh so‘zdin tilni xomush aylagil,
Balki ko‘nglingdin faromush aylagil.
Har so‘zikim sodir bo‘lsa bemahal,
yetgay andin obro‘yingga halal.
49
Demak, so‘z orqali tinglovchiga ta'sir o‘tkazish mas'uliyatli jarayondir.
Shunday ekan, ishontirishda axborotning mazmunli bo‘lishi, tinglovchi esa unga
ongli munosabatda bo‘lishini nazarda tutadi.
XIV asrning oxiri XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Haydar
Xorazmiy “Gulshan ul-asror” asarida kishini ishontiruvchi va zavq-shavq
bag‘ishlovchi so‘zning kuch-qudratini shunday ta'riflaydi:
Ulki bilur so‘z guhari qiymatin,
So‘zda topar so‘zlaguchining otin,
Ahli nazar shevasini so‘z bilur,
Nuri bosar mevasini ko‘z bilur...
So‘zda kerak ma'niyu ma'nida zavq,
So‘z duru, so‘z dunyoda qog‘ay xalaf...
So‘zlaguchida so‘zi uchun dardu shafq.
50
Ishonuvchanlik - bu insonning o‘z xulqini boshqa kishi(lar) talabi bilan
o‘zgarishi.
Ishonuvchanlik - nerv sistemasining normal holati. Lekin uning aks etishi
turli hollarda turlicha kechadi. U yoshga (yoshlik davrida yuqoriroq), jinsga
(ayollarda ishonuvchanlik yuqoriroq), intellektga (ma'lumot oshishi bilan
inonuvchanlik pasayadi), sog‘liq holati (charchaganda, kasallikdan so‘ng
ishonuvchanlik yuqori bo‘ladi)ga va boshqa omillarga bog‘liq. Bundan tashqari
ishontiruvchi shaxsining nufuzi, salobati, ko‘rinishi, obro‘si ham muhim
ahamiyatga ega. Masalan, taniqli sportchi, mashhur aktyor, xo‘shovoz xonanda,
1
1
Маҳмудов Р. Деганимни улусқа марғуб эт.- Тошкент: Ўзбекистон, 1992.-82-бет.
1
1
Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. – Тошкент: ўқитувчи, 1998.-112-бет.
352
taniqli siyosatshunos,mehnat faxriylarining uzatayotgan axboroti tinglovchilarga
zalvorli ta'sir qiladi. Ishontirish faqat o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida sodir
bo‘lmasdan, balki oila a'zolari, bolaning tengdoshlari, o‘rtoqlari, turli referent
guruhlar bilan muloqotga kirishish natijasida yuzaga keladi. Masalan, Navoiy
shahridagi xalq ta'limi a'lochisi, 1-gimnaziya maktabining o‘qituvchisi bu borada
shunday deydi: “Pedagoglik tajribamda o‘quvchilar bilan munosabatga
kirishishda
Download Do'stlaringiz bilan baham: |