R. H. Davlatova, K. Abdurahmonova “O`zbek tili” fanidan amaliy mashg`ulot uchun ishlanmalar navoiy-2020


-DARS Dalolatnoma. Ma’lumotnoma



Download 0,63 Mb.
bet91/99
Sana22.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#73557
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   99
Bog'liq
Ozbek tili амалий

43-DARS

Dalolatnoma. Ma’lumotnoma

REJA:



  1. Dalolatnomaning zaruriy qismlari

  2. Ma’lumotnoma turlari


Tayanch so‘zlar:hujjat, ishonch, qabul, idora, tashkilot, muassasa, ma’lumot, hisobot, e’lon, majlis, bayon, ma’ruza, yig‘ilish

Bilib oling:

Dalolatnoma muassasa yoki alohida shaxslar faoliyatiga tegishli harakat-holat, voqyea, vaziyatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida ikkitadan ortiq kishilar tomonidan tuziladi.

Mavjud holat, voqyeani haqqoniy aks ettirish maqsadida dalolatnomalar bir necha shaxsdan iborat komissiya, ayrim hollarda maxsus vakolatli yakka shaxs tomonidan imzolanadi.

Dalolatnomalar, asosan, moliya-xo‘jalik ishlarini hisobga olish, taftish o‘tkazish, baxtsiz hodisalarni baholash, turli tekshiruvlar o‘tkazilganda tuziladi.

Dalolatnoma matnining sarlavhasi «... haqida» shaklida yoki bosh kelishikda (« ...-ish ahvoli») yoziladi. Asosiy matn esa kirish va tasdiq (qayd) qismlaridan iborat bo‘lishi lozim.

Kirish qismda hujjat tuzilishiga asos bo‘lgan holat ko‘rsatiladi, komissiya tarkibi to‘liq yoziladi. Tasdiq qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar qayd etiladi, aniqlangan holatlar yuzasidan taklif va xulosalar beriladi. Matn so‘ngida dalolatnomaning necha nusxada (odatda uch nusxa) tayyorlangani ko‘rsatilishi lozim.

Bir voqea yoki holat (shaxsning yashash joyi, vazifasi yoki muassasa faoliyati) haqida axborot beruvchi hujjat ma'lumotnomadir.

Mazmuni va xususiyatiga ko‘ra xizmat ma'lumotnomasi va shaxsiy ma'lumotnoma farqlanadi.

Xizmat ma'lumotnomalarida muassasa yoki xo‘jalik faoliyatiga boQliq bo‘lgan holat va voqyea-hodisalar to‘Qrisida rahbarga yoki yuqori tashkilotga xabar beriladi. Bunday ma'lumotlarda matn mazmunini ochuvchi sarlavha qo‘yilishi lozim. Masalan: «Litsey o‘qituvchilarining soni haqida» kabi. Sarlavhadan so‘ng (ba'zan uning tarkibida) xabarga oid sana ko‘rsatiladi. Masalan: «2002 yil 1 oktyabrdagi holatga ko‘ra» kabi.

Shaxsiy ma'lumotnomalar muassasa, idoralar tomonidan fuqarolarning oilaviy yoki ish faoliyatidagi holatlarni tasdiqlovchi hujjat sanaladi. Xizmat ma'lumotnomalaridan farqli ravishda shaxsiy ma'lumotnomalarda ular qo‘llangan idora yoki shaxs nomi ko‘rsatilmaydi. Buning o‘rniga matn so‘ngida ma'lumotnomaning qayerga berilganligi yoziladi. Masalan: «Uy-joydan foydalanish boshqarmasiga taqdim etish uchun berildi» kabi. Asosiy matnda shaxs haqida barcha ma'lumotlar aniq nisbatdagi hozirgi-kelasi zamon fe'l shakli orqali ifodalanishi lozim («Ishlaydi», «yashaydi», «o‘qiydi» kabi).




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish