R. H. Davlatova, K. Abdurahmonova “O`zbek tili” fanidan amaliy mashg`ulot uchun ishlanmalar navoiy-2020


-topshiriq. Xalqaro tashkilotlar va ular faoliyati haqida ma’lumot bering va O’zbekiston hamkorligini izohlang? Bilib oling va qayd eting



Download 0,63 Mb.
bet35/99
Sana22.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#73557
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99
Bog'liq
Ozbek tili амалий

2-topshiriq. Xalqaro tashkilotlar va ular faoliyati haqida ma’lumot bering va O’zbekiston hamkorligini izohlang?

Bilib oling va qayd eting:

Ariza, qaror, bildirishnoma, ma'lumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining o‘ziga xos bayon etish qolipi bo‘ladi. Ayni paytda, ularning har birining alohida so‘z va turg‘un birikmalari ham mavjud bo‘ladi.

Masalan, huquqiy hujjatlar matniga ko‘z yugurtirsak, ularda boshqa vazifaviy uslublarda deyarli uchramaydigan atamalarga duch kelamiz: ma'muriy javobgarlik, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jabrlanuvchi bilan yarashuv va boshqalar.

Ish qog‘ozlari va hujjatlarning xilma-xilligiga qarab ularga oid atamalarning me'yorlashuvi va chegaralanuvi ham kuzatiladi. Qiyos uchun diplomatik munosabatlar doirasidagi so‘z va iboralar: ahdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, muxtor elchi, muxtor vakil, ishonchli vakil, nota, ratifikasiya, shartnoma, bayonot, qo‘shma bayonot, deklaratsiya, tashrif, qarorgoh kabilar.

Rasmiy-diplomatik uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, emotsional-yekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi me'yor sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi.

Rasmiy-diplomatik uslubning grammatik me'yori ham alohida xususiyatlarga ega. Masalan, ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi: O‘zbekiston Respublikasi O‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, O‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta'sis etadi, O‘z davlat tilini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir.

(1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» gi qonunning 16 - moddasidan).

Bu uslubda fe'lning harakat nomi shakli faol qo‘llaniladi, gapning kesimi ko‘pincha hozirgi zamonning majhul nisbatida ifodalanadi, hujjatning xarakteriga qarab shart mayli shakliga tez-tez murojaat etiladi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari» haqidagi 78 - moddasida: o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, qabul qilish, belgilash, tasdiqlash, tartibga solish, o‘zgartirish, joriy qilish, komissiyasini tuzish, saylov kunini tayinlash, saylash, ozod etish, ratifikasiya qilish, ta'sis etish, amalga oshirish singari fe'lli birikmalar ishlatilgan. Ushbu hujjatda amalga oshiriladi, asos bo‘ladi, tashkil etadi, belgilanadi, asoslanadi, hisoblanadi, himoya qilinadi, amalga oshiradi, tan olinadi, ish ko‘radi, ado etadi, kafolatlanadi, taqiqlanadi, tavsiya etiladi singari fe'llarning faol ishlatilishi ham yuqoridagi fikrning tasdig‘idir.

Rasmiy uslub fonetik jihatdan hyech qanday xususiyatga ega emas.

Leksikasida esa farq qiluvchi jihat sohaviy atamalarning, rasmiy iboralarning ko‘pligi hisoblanadi. Bu uslubda ham, xuddi ilmiy uslubda bo‘lgani kabi, so‘zlarni ko‘chma ma'nolarda qo‘llash, tasviriy vositalardan unumli foydalanish xos xususiyat sanalmaydi. Sub'yektiv emotsionallik, obrazlilik, og‘zaki nutq elementlari, umuman g‘ayri adabiy unsurlar umuman ishlatilmaydi. Mumkin qadar bayon bir xil me'yorda ifoda etiladi. Shu bilan birga, ayrim holatlarda fikr yuritilayotgan manba, mavzu bilan uyg‘un ravishda ba'zan bu uslubda ham obrazli ifodalardan foydalanish istisno emas.

Muallif individualligining kam sezilarli bo‘lishi ham rasmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.

Mavzu bo‘yicha savollar:


  1. Qanday xalqaro tashkilotlarni bilasiz va ularning dolzarb mavzulardagi sammiti haqida gapiring?

  2. Xalqaro tashkilotlarning tinchlik va xavfsizlik masalalari yo’lidagi faoliyati haqida nimalar bilasiz?

  3. Rasmiy-diplomatik uslubning o’ziga xosligini ayting?

Adabiyot:



  1. Normatova Sh, Abdurahmonova M. Оzbek tili (darslik). - Toshkent: JI DU 2014,- 192 b.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni / O‘zR K.\T, 2017. 6-sоn, 70-mоddа; 20-sоn, 354-mоddа.

Mustaqil ish topshiriqlari:



  1. Shanxay hamkorlik tashkilotining faoliyati haqida referat tayyorlash.

  2. Rasmiy-diplomatik so’zlar lug’atini tuzish



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish