21-DARS
O‘zbekistonda oliy ta’lim
REJA:
Oliy ta’lim muassasalari haqida ma’lumot tayyorlash
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar
Tayanch so‘zlar: oliy, ta’lim, muassasa, o‘qish, ma’naviyat, ma’rifat, ilm, bilim, tadqiqot, maqola, izlanish, kitob, kurs, darslik, qo‘llanma, manba, asar, material
1-topshiriq. O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimlari haqida matn tayyorlang va fikringizni misollar sosida izohlang?
Bilib oling:
Leksemalar nutq uslublariga munosabatiga kura uslubiy betaraf va uslubiy xoslangan turlarga ajraladi.
Uslubiy betaraf leksika. Uslubiy betaraf leksemalar barcha uslublarda birdek va bab-baravar ishlatilaveradi va ularning ifoda semalarida uslubga munosabat «uslubiy betaraf» deb beriladi. Bunday leksemalarga misollar: [kel], [bor], [ut], [ket], [kitob], [qalam], [stol], [mashina], [oq], [qora], [tez], [sovuq], [faqat], [lekin] va x. Lekin ular nutqda kuchma ma'nolarda ishlatilganda, bu ma'nolari bilan ayrim uslubga xoslanib qoladi. Masalan, [sovuq] leksemasi «xunuk» ma'nosida (sovuq rangli) faqat suzlashuv yoki badiiy uslubga xosdir.
Uslubiy xoslangan leksika. Uslubiy xoslangan leksikani uchga bulish mumkin: a) kitobiy leksika; b) badiiy leksika; v) suzlashuv leksikasi.
Ilmiy, rasmiy va publitsistik leksikaga mansub birliklar umumlashtirilib, kitobiy leksika deb yuritiladi.
ilmiy leksikaga oid birliklar: [integral], [meridian], [tangens], [olmosh], [bulish], [kupaytirish];
rasmiy leksikaga oid birliklar: [bayonnoma], [buyruq], [farmon], [qumita], [sessiya], [tashkilot];
publitsistik leksikaga oid birliklar: [jangovar], [mafkura], [ilg‘or], [ittifoq], [jaxon], [afkor].
Bunday leksemalarning uslubga xoslikni kursatuvchi ifoda semasi «ilmiy nutqqa xos», «rasmiy nutqqa xos», «publitsistik nutqqa xos» deb belgilanadi.
Badiiy leksikaga ifoda semalari sirasida «badiiy nutqqa xos» semasi mavjud, badiiy nutqqa xos, badiiylik buyog‘iga ega bulgan leksik birliklar kiradi: Mexnat bilan topadi iqbol. (Yo.Mirzo.) Uning odobida, uning xulqida, insoniy kamolot mavjud, barqaror. (U.) Tabiatan serzavq va xar narsaga qiziquvchi bulgan Sodiq uchun xar xunar zavq baxsh etar, kunglini kutarar, sog‘lig‘ini saqlardi. (Sh.) Kundan kunga yashnamoqda kurking, jamoling. (G‘ayratiy.) Baxorning fikri bulut bosgan osmonday qorong‘ilashdi-yu, kuz oldini tuman chulg‘adi. (Sh.R.) Yaxshi qoling, sevgan yurtu diyorim. (Xamza.).
Badiiy nutqda ilmiy, rasmiy, publitsistik va so‘zlashuv uslubiga xos birliklar ham bemalol ishlatilaveradi.
So‘zlashuv leksikasiga oddiy so‘zlashuv nutqiga xos, erkin muomalada qullaniladigan, adabiy til uchun me'yor bo‘lmagan leksemalar kiradi: ketvorgan, purim, qitday, mullajiring kabi. Misollar: Uylab kursam, sarkotib odamga shundan bop sovg‘a yuq ekan. Ruchkaning poshshaxoni, perosi oltindan. (N.Safarov) Shomaxdiyevning qilig‘i ma'lum: jaxli chiqib bir sannab ketsa, uning chakagini bosish asov tuyani chuktirishdek mashaqqat. (A.Muxiddin.) Qizlaringizni jirkiysiz, sukasiz... Xush, nima uchun Tulani yumshoq paxtaga urab papalaysiz?! (M,Ism.) Jillaqursa juvoldiz bilan qarashay dedim.(O.) Enang besh-un tanga pul surab yubordi. Bulsa, chiqarib ber, boyoqishlar chaynab tursin. (O.) Maza qilib kartoshkani tushirib tursang... (Sayyor.)
So‘zlashuv leksikasiga kiradigan leksemalarning tegishli ifoda semasi «so‘zlashuv nutqiga xos» deb yuritiladi.
Leksemalarning uslubiy xoslanganligi ularning boshqa bir uslubda qullanmasligidan dalolat bermaydi. Masalan, suzlashuv uslubi erkin uslub sanaladi va unda boshqa uslub unsurlarini bemalol ishlatish mumkin. Ammo leksemalarni ma'lum bir uslubda qullash nutq me'yorlariga muvofiq bulishi lozim.
Mavzu bo‘yicha savollar:
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan chet el oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari haqida nimalar bilasiz?
Adabiy til uchun me'yor bo‘lmagan leksemalar haqida gapiring?
Adabiyot:
Husanov N.. Xo‘jaqulova R., Dilmurodova N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). Toshkent: TMI 2017. -336 b.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1.O’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi haqida ma’lumot yozish
Do'stlaringiz bilan baham: |