Hа
|
Yo‘q
|
Shаhаr hаvоsining tоzаligi uchun vа chаnglаrni tutish uchun
|
Bаhоrdа mаdаniy dаrахtlаrdаn chiqqаn mоmiqlаr insоnlаrdа аllеrgik kаsаlliklаrni kеltirib chiqаrаdi
|
Kuzdа хаzоnlаr yig‘ilib, ulаrdаn o‘g‘it sifаtidа fоydаlаnish uchun
|
Kuzdа хаzоnlаr ko‘pligidаn ulаrni yoqishаdi, оqibаtdа tutundаn zаhаrli gаzlаr hоsil bo‘lаdi. Bu gаzlаr esа insоn sоg‘ligigа zаrаr.
|
O‘zbеkistоn iqlimi issiqligi sаbаbli dаrахtlаr sоyasi zаrur
|
Kuchli shаmоldаn dаrахtlаr sinishi nаtijаsidа insоn hаyotigа хаvf tug‘ilishi mumkin
|
Shаhаrgа ko‘rk bеrish uchun
|
Shаhаrni iflоslаntirаdi
|
Bilib oling:
Intervyu - xolis jurnalistikaning asosidir, chunki u o‘quvchiga axborotni uning manbasidan bevosita olish imkonini beradi. Ammo intervyu - shunchaki oldi-qochdi suhbat emas. Intervyuni samarali o‘tkazish uchun tegishlicha ko‘nikmalar va tayyorgarliklar lozim. Intervyuni malakali ola bilish - haqiqiy sanat, chunki intervyu natijasiga eng sezilmas jilva yoki imo-ishora ham tasir qilishi mumkin. Masalan, reporterning o‘zini qanday tutishi ham muhimdir, chunki intervyu olinayotgan shaxs o‘zini shunga monand tutadi. Agar jurnalist savollarini yolvorgan holatda bersa, suhbatdoshi uni rad qilishi yoki qo‘rqitishga urinishi mumkin. Agar jurnalist o‘ta jahldor bo‘lsa, suhbatdoshi ichga tushib ketishi yoki qo‘rqishi va o‘z fikrini erkin bayon etolmay qolishi mumkin. Savollarning izchilligi ham muhimdir. Agar jurnalist savol berishni ayblashdan boshlasa, suhbatdoshi butun intervyu davomida juda hushyor va ehtiyotkor bo‘lib turadi. Intervyuga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri shundaki, jurnalist va uning suhbatdoshi qanday axborot maqolaga kiritilishi va qaysi axborot maqolaga kiritilmasligi haqida kelishib olishlari kerak. Intervyu mobaynida olinadigan axborot uch standart toifaga bo‘linadi: (1) «matyuuot uchun», (2) «matbuot uchun emas» va(3) «manbasi ko‘rsatilmay beriladigan axborot». Ko‘pchilik odamlar keyingi ikki toifani chalkashtirib yuboradilar. «Matbuot uchun emas» degan ilmiy atama taqozo etadiki, shu yo‘l bilan olingan axborotdan hyech qanday sharoitda foydalanish mumkin emas va ayonki uning manbai ko‘rsatilishi mumkin emas. Agar axborot manbasi jurnalistga: «Bu yog‘i matbuot uchun emas», - desa, u odatda shuni nazarda tutadiki, bu axborotdan foydalanish mumkin, ammo uning mendan olinganini aytish mumkinmas. Mazkur axborot material mavzusini ochish uchun muhim bo‘lishi mumkin va undan, axborot manbaini ko‘rsatmasdan, foydalansa bo‘ladi. Ko‘pincha intervyu paytida shunday bo‘ladi: intervyu bergan shaxs jurnalistga nimanidir xabar qiladi, ammo biroz muddatdan keyin o‘ylab ko‘radi va bu axborot matbuot uchun
emasligini yoki undan iqtibos sifatida foydalanish mumkin emasligini aytadi. Bunday vaziyatda jurnalist nima qilishi kerak? Buning bir necha yo‘llari bor:
... rozi bo‘lish mumkin, ammo bunda intervyu beruvchi senzor rolini o‘ynash huquqiga ega bo‘lib qoladi;
... rozi bo‘lmaslik mumkin, ammo bunda intrevyu beruvchi bundan keyin boshqa hamkorlik qilishdan bosh tortishi mumkin;
... iltimosga javo bermaslik va axborotni berish-bermaslik haqida keyinroq bir qarorga kelish mumkin;yoki: ... intervyu beruvchi bilan foydalanish uchun axborotni qanday qilib boshqacha ifodalash mumkinligi haqida kelishib olish mumkin.
Ayrim jurnalistlar«matbuot uchun emas» degan tamoyilga bo‘ysunishdan bosh tortadilar. Ayrimlar bundan ham o‘tadilar va suhbatdoshlariruxsat bergunicha axborotni yopiq deb
qoldiradilar. Bu o‘rinda maslahat shunday bo‘ladi: ikkala tomon axborotni matbuot uchun
emas degan to‘xtamga kelgunlariga qadar barcha axborot ochiqhisoblanadi.
Diktofondan foydalanish intervyu jarayonini rasmiylashtiradi. Audioyozuv orqali intervyu olish axborot uzatishning aniqligini taminlashi mumkin va jurnalistni ham, uning suhbatdoshini ham ayblovlardan saqlay oladi.
Diktofon shuningdek reporterni intervyuni so‘zma-so‘z qog‘ozga yozib o‘tirish mashaqqatidan xolos qiladi, shunga qaramay yozuv daftarini oldida olib turish foydalidir - har doim berilishi kerak bo‘lgan savollar ro‘yxatiga qarab turish va daftarga suhbatdosh bergan muhim axborotni qayd qilib borish mumkin. Agar intervyu beruvchi shaxs nimadir nozik bir gapni aytishni istasa, u jurnalistdan diktofonni o‘chirib qo‘yishni so‘rashi mumkin. (Odatda bunday iltimos qondiriladi, chunki jurnalistda biror-bir sirni shu onda bilib olish istagi kuchli bo‘ladi). Quyida samarali intervyu olish uchun«qadam-baqadam» qo‘llanma keltiriladi:
Intervyugacha...
- Intervyu beradigan odam haqida axborot to‘plang
- Savollarni o‘zingiz beradigan ketma-ketlikdagi ro‘yxatini tuzing
- Berilishi mumkin bo‘lgan javoblar va ularga sizning o‘zingizni qanday tutishingiz haqida o‘ylang.
Intervyu paytida...
- O‘zingizni tanishtiring va intervyuning maqsadi haqida xabar qiling
- Atrofdagi holatni o‘rganing(sizning kuzatishlaringiz suhbatni boshlash uchun asos bo‘lishi mumkin)
- Intervyu beruvchiga o‘zini qulay szishiga imkon bering, ayni paytda uni chalg‘itmang
- Agar diktofondan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, buni undan yashirmang
- Intervyu beruvchi bilan qaysi axborot«matbuot uchun» va qaysi axborot«matbuot uchun emas»ligi haqida oldindan kelishib oling
- «Ha» yoki«yo‘q» deb qo‘yish javob bilan qutilib bo‘lmaydigan savollarni bering
- Javoblarni diqqat bilan eshiting, o‘zingizning butun diqqat-etiboringizni
berishingiz kerak bo‘lgan keyingi savolni o‘rganishga sarflamang
- Garchand intervyu tasmaga yozib olinayotgan bo‘lsa-da, muhim axborotni yozuv
daftarchangizga qayd etib boring
- Og‘ir savollarni suhbat oxirida bering
- O‘zingizning bilimdonligingizni namoyish qilmang va muhim odamlar bilan tanishligingiz borasida maqtanmang. Bu intervyu beruvchilarning aksariyatining ko‘nglini g‘ash qiladi.
Intervyuni tugatayotib...
- Axborotni yana bir bor tekshiring
- «Ehtimol, Sizdan yana biror narsani so‘rashim kerag-u, so‘ramay qolgandirman?» - deb
so‘rang
- Aloqa qilish mumkin bo‘lgan telefon raqamlarini bir-biringizdan olganingizga ishonch hosil qiling
- Intervyu beruvchiga maqolangiz chop etilishidan oldin«tasdiqlash» huquqini bermang.
Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan qoidalarning hammasida bir muammo bor - jurnalist hamisha ham ularga rioya etilishini talab qila olmaydi. Intervyu boshlanishi oldidan jurnalist intervyu beruvchining oldida u suhbatlashishga rozi bo‘lishi uchun muayyan chekinishlarga borgan bo‘lishi ehtimoldir. Ko‘pincha jurnalist moyilligini ko‘rsatish uchun intervyu beruvchining maqola chop etilishidan oldin bir ko‘rib berish istagiga rozi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |