23-DARS
Bo‘lajak kasbim
REJA:
Kasb-hunar mavzusida maqollar keltirish
Matn va uning ko‘rinishlari
Tayanch so‘zlar: kasb, hunar, kelajak, iqtisod,bilim, malaka, tajriba, hunarmand, usta, shifokor, o‘qituvchi, tikuvchi, olim, duradgor, kulol, naqqosh
1-topshiriq. Quyidagi maqollarni izohlang.
Kimki bo‘lsa dilozor, undan elu yurt bezor.
Kimki oro kirmas joningga, sherik bo‘lmasin u shirin noningga.
Kimki ilmga qo‘lini ursa,u minglab buloqni cho‘l tomon burgan bo‘ladi.
Ilm ko‘pu umr oz, keragini olu toshga yoz.
Bilim- boylik axir, zavoldan yiroq,
Uni ola bilmas qaroqchi biroq.
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur.
Bilmaganin so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
Оlim bo‘lsang, olam seniki.
Aqlli do‘st –rohat, aqlsiz do‘st –kulfat.
Do'stlaringiz bilan baham: |