R espublikasi s og'liqni saqlash vazirligi Toshkent farm atsevtika instituti



Download 6,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/195
Sana23.06.2022
Hajmi6,44 Mb.
#693956
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   195
Bog'liq
5 к ДВИТУ-ФИ мажмуа

Kulonometriya -
doimiy potensialli ma’lum miqdordagi moddani elektroliz qilishga sarf 
bo‘lgan elektrning miqdorini aniqlashga asoslangan. Doimiy potensial ushbu moddadan ajralib 
chiquvchi potensialga tengdir.
5. 
Konduktometriya -
eritma konsentratsiyasi, harorati va tabiatiga bog‘liq bo‘lgan kimyoviy 
reaksiya natijasida tekshiriluvchi eritmaning elektr o‘tkazuvchanligini aniqlashga asoslangan.
6

Xronokonduktometrik titrlash -
konduktometrik titrlashning bir turi bo‘lib, moddani 
miqdorini tekshiriluvchi eritmani doimiy tezlikda tugayotgan titantni konduktometrik titrlashga 
ketgan vaqti bilan topiladi.
7. 
Potensiometriya -
tekshiriluvchi eritmaga tushurilgan elektrodning rN - potensial o‘zgarishini 
aniqlashga asoslangan. Bu o‘zgarish konsentratsiya va xaroratga bog‘liq holda kechadigan kimyoviy 
reaksiya natijasida amalga oshadi.
Potensiom etrik usulini dori m oddalarni aniqlashda qo‘llanilishi.
Potensiometrik tahlil usuli sanoatning turli sohalarida kimyoviy tahlilini nazorat qilishda va 
moddalarning miqdorini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Potensiometriya usuli o‘tgan asrdan ma’lum 
bo‘lsada, Daniyalik kimyogar Zerensen tomonidan rN haqidagi tushunchani fanga kiritganidan 
(1909y) so‘ng rivojlanib ketdi. Potensiometrik usul bevosita va bilvosita usullarga bo‘linadi. Bevosita 
potensiometriya usulida potensialni belgilovchi moddaning aktivligi elektrod potensiali asosida 
aniqlanadi. Bu usul ionlar aktivligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlashga imkon beradigan yagona usul 
hisoblanadi. U quyidagi turlarga bo‘linadi: 
ph-metri
ya-eritmalarning ph qiymati, kislota va 
asoslarning kislota-asoslik konstantalarini, 
ionometriya
- ph--metriyaning rivojlanishi natijasida 
mustaqil usul sifatida shakllangan zamonoviy usullardan biridir. Bu usulda indikator elektrodi 
sifatida turli xil ion selektiv elektrodlar qo‘llaniladi.
14


Oksereduktametriya
- oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va oksered juftlik potensiallarini 
tekshirishga asoslangan usul bo‘lib, uning yordamida oksered juftlikning standart va real 
potensiallari, ular yordamida esa turli xil konstantalar, hamda kinetik kattaliklar aniqlanadi. Bevosita 
potensiometrik usullar kimyoviy va elektr kimyoviy reaksiyaga qatnashuvchi elektrodlar soni, 
kimyoviy reaksiyalarning stexiometrik va aktivlik koeffitsentlari kabi ko‘rsatkichlarini aniqlash 
imkonini beradi.
Potensiometriya usulida tekshiriladigan eritmalarga tushirilgan elektrodlarning potensiallari 
o‘lchanadi. 1898 yilda V.Nernst elektrod potensialining eritmadagi moddalar konsentratsiyasiga 
bog‘liqligini, termodinamik mohiyatini isbotladi. Xozirgi davrda elektrod potensiali deganda, 
taqqoslash (asosan, vodorod) elektrodi bilan istalgan oksidlanish-qaytarilish yoki boshqa reaksiyaga 
mos elektrod orasida yuzaga keladigan elektr yurituvchi kuch (EYUK) tushuniladi.
1-rasm. Potensiometrik o‘lchashning chizma tuzilishi.
Qo‘llanishili: ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan okean suvlarining ph- ni aniqlash, unda suv 
tarkibidagi 
N 2SO3 ^ SO3 -2+ 2N+
ya’ni uglerod oksidini aniqlashga qaratilgan. Ekologik ahamiyatga 
ega holda kislotali yomg‘irlarni tahlil qilishda, unda atmosferada vodorod ionining konsentratsiyasini 
nazorat qilishda. Sanoatda texnologik jarayonlarni nazorat etishda, ayniqsa sun’iy tolalarni, polimer 
maxsulotlarni va oziq-ovqat sanoatida ph--muxitini yordamida nazorat amalga oshiriladi. 
Biokimyoviy o‘zgarishlarni nazoratida, ya’ni biologik suyuqliklarda, to‘qimalar orasidagi bo‘ladigan 
o‘zgarishlarni nazoratini amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
Elektrod potensiali. Potensiometrik usul modda eritmasi tarkibining elektrod potensialiga 
bog‘liqligini aniqlashga asoslangan. Agar metal plastinkani eritmaga tushirilsa metal - eritma 
chegarasida elektrod potensiali paydo bo‘ladi. Potensial qiymat eritmaning tarkibi va 
konsentratsiyasiga (aktivligiga), elektrod tabiatiga, temperaturaga va boshqa faktorlarga bog‘liq 
bo‘ladi. Bitta elektrodning potensialini o‘lchash mumkin emas, lekin galvanik elementning elektr 
yurituvchi kuchini (EYUK) o‘ lchash mumkin.
Galvanik element elektrodida quyidagi yarim reaksiya ketadi: 
anodda 

Download 6,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish