Asosiy afzalliklari.
1. Ishlatilish doirasi juda keng. Agar tekshiriluvchi modda yorug‘likni, kuchsiz
yutsa, uni tegishli reaktiv qo‘shib, yorug‘likni kuchli yutadigan moddaga aylantirish mumkin.
2. Turli reagentlarni qo‘llash bilan uning sezgirligini oshirish mumkin. Ayniqsa bu usul bilan turli
moddalarning (qoldiq) yuqlarini aniqlash mumkin.
3. Bu usul bilan aniqlash juda tez olib boriladi, chunki bu usul titrlangan eritmadan qo‘shmasdan
bajariladi va eng oxirgi o‘lchash operatsiyasi juda ham sodda. Bundan tashqari o‘tkaziladigan
ajratish sonini qisqartirish yoki oldini olish mumkin, chunki xalaqit qiluvchi ionlarni yo‘qotish uchun
analitik kimyoda ishlatiladigan barcha usullardan (reaktiv tanlash, oksidlanish-qaytarilish, pH-
muhitini zarur sharoitga keltirish, komplekslar hosil
qilish, organik erituvchilarni ishlatish)
foydalanish mumkin
4. Tekshiriluvchi eritma barcha xalaqit qiluvchi moddalar saqlagan eritma bilan (nazorat tajribasi)
solishtirish mumkin, bundan tashqari, ko‘pincha kerakli moddani aniqlashni boshqa nur yutuvchi
moddalar ishtirokida olib borish mumkin.
Moddalarning nur yutishi va nur o‘tkazishining xarakteri va qiymati tekshiriluvchi moddaning
tabiatiga va eritmadagi konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Murakkab tarkibdagi molekulalar eritmalarini aniq bir to‘lqin uzunligida nur yutish xususiyatini
ko‘rsatkichi ma’lum qiyinchiliklar keltiradi. Shuning uchun amaliy olib boriladigan natijalar
yordamida biror bir xulosaga ega bo‘lishi mumkin. M a’lum to‘lqin uzunligida murakkab modda
eritmasini nur yutishi uning kimyoviy tuzilishiga bog‘liqdir, unda tashqi elektron orbitallarini
kimyoviy bog‘larni hosil qilishiga asoslangan. Shundan ko‘rinib turibdiki organik molekulalarning
spektral xususiyati tarkibidagi quyidagi elektron bog‘larni hosil bo‘lishiga bir xil bog‘larni hosil
qilishi, 5 - elektron bog‘larni, qo‘sh bog‘larni hosil qilishi -
n
- elektron bog‘larni va molekulalarda
azot, kislorod elementini saqlaganlar erkin elektron parlarini yoki n - elektronlari ishtirokida bo‘lishi
kuzatiladi. Bunday har xil elektronlarning o‘zgarishi natijasida, har xil spektral xususiyatga ega
bo‘lgan xolatlarni kuzatish mumkin. Ulardan tashqari spektrlarning hosil bo‘lishida qo‘llanilgan
organik erituvchilarning xususiyatlariga ham bog‘liqdir.
Modda eritmalarining ma’lum spektrda nur yutishi modda molekulasida aniq atomlarning
mavjudligiga bog‘liqdir.
Rang hosil qiluvchi guruh moddalarini nur yutishi ko‘zga ko‘rinadigan spektr oralig‘ida bo‘lib, ularni
Do'stlaringiz bilan baham: |