25 Qarang: И слом ов 3. О бщ ество. Г осу д а р ств о . П р а в о .— Т.:
«Адолат», 2001, 354-361-ст.
6 9 ’
manbai Konstitutsiya bo‘lib qoladi. Konstitutsiya esa oliy yuridik
kuchga ega boiib, boshqa barcha joriy qonunlar va me’yoriy-
huquqiy hujjatlar unga muvofiq kelishi lozim.
K o n stitutsiyaning Asosiy Q onun sifatidagi aham iyati,
obro‘-e’tibori, barqarorligi, uning oddiy qonunlardan farqi shu
bilan belgilanadi. Bir so‘z bilan aytganda, K onstitutsiyani
q o n u n la r qon un i deyish m um kin. Shu bois 0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasida Konstitutsiyaning eng yuqori kuchga egaligi,
ham m a qo nu nlardan ustun turishi alohida e’tiro f etilgan.
Bunda faqat Konstitutsiyaninggina emas, balki uning asosida
qabul qilinadigan qonunlarning ustunligi o ‘rnatiladi.
Yuqoridagi prinsip jamiyatimizda qonunchilik va huquqiy
tartibot tantanasini anglatadi. Qonunchilik — bu qonunlar
ning mavjudligidan, jam iyatda chinakam dem okratik muhit
va haqiqiy huquqiy rejim o ‘rnatilganligidan dalolat beradi.
Qonunchilik bu davlat tomonidan qonunlar tizimini jam iyat
taraqqiyoti talablariga mos ravishda takomillashtirib borish
va davlat organlari, jam oat birlashmalari, mansabdor shaxslar
va fuqarolar tom onidan qonunlarga q at’iy rioya etish va u-
larni og‘ishmay amalga oshirishda namoyon bo‘ladigan davlat
va jamiyat hayotining prinsipidir. Qonunchilik prinsipi qonun
larning hamma uchun istisnosiz majburiyligini, hammaning
qonun oldida tengligini, qonunlarning hamma yerda bir xilda
joriy qilinishini ham anglatadi.
Qonunchilik bilan huquqiy tartibot bir-biridan farq qiladi.
Q onunchilikning mazmuni huquqiy m e’yorlarga q a t’iy va
og‘ishmay rioya etishlarida ifodalansa, huquqiy tartibot esa
jamiyat a ’zolarining yurish-turishlari, ularning subyektiv huquq
va burchlariga muvofiq kelishida ifodalanadi. Boshqacha qilib
aytganda, huquqiy tartibot huquqiy m unosabatlar doirasida
shu munosabatlarning ishtirokchilari o ‘z subyektiv huquqlarini
am alga o sh irish la ri va huq u q iy b u rc h la rin i b a ja rish la ri
natijasid a vujudga keladi. D em ak, qonunchilikni am alga
oshirish huquqiy tartibotni ta ’minlash vositalaridan biri bo isa,
h u q u q iy ta rtib o tn i m u sta h k a m la sh esa, o ‘z n a v b a tid a
qonunchilikni mustahkamlashga yordam beradi. Shu bois u-
lar bir-biridan ajralmas bo ‘lishi lozim.
0 ‘zbekistonda K onstitutsiya va qonunlar oldida hamma
teng darajada m as’uliyatga ega b o ‘lib, qonunlar ham o ‘z
navbatida barchaga barobardir.
Konstitutsiyaning 15-moddasi ikkinchi qismida davlat, u-
ning organlari, m ansabdor shaxslar, jam o at birlashm alari,
70
fuqarolar K onstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish k o ‘radi-
lar, deb k o ‘rsa tilg a n . D av la t, un in g o rg a n la ri, ja m o a t
birlashmalari Konstitutsiya va tegishli maxsus qonunlar asosida
tashkil qilinadi hamda faoliyat yuritadi. Ular Konstitutsiya va
maxsus q o n u n la rd a belgilangan v ak o latlarn ig in a am alga
oshiradilar. M ansabdor shaxslar va fuqarolarning birontasi ham
Konstitutsiya va qonunlardan tashqari ish ko‘rishga haqli emas.
Zero, Konstitutsiya va qonunlarni chetlab o ‘tish, ularning talab-
larini buzish g‘ayriqonuniy xatti-harakat hisoblanadi. Bunday
harakatlar uchun esa maxsus qonunlarda tegishlicha javobgar-
liklar o ‘rnatilgan, sanksiyalar belgilangan.
Demokratik huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunlarga
og‘ishmay amal qilish talabi bilan bir qatorda Konstitutsiya
ning b iro rta qoidasi 0 ‘zbekiston R espublikasi huquq va
manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin
emasligi ham o ‘rnatilgan b o iadi.
Demak, K onstitutsiyaning har bir moddasi hayotga tatbiq
qilinayotganda xalq va davlat m anfaatlariga zarar yetkaz-
maydigan tarzda talqin qilinishi zarur. Zero, K onstitutsiya
ning o ‘zi xalq va d av lat irod asin in g ifodasidir. Shuning
uchun K o n stitu tsiy a va q o n u n larn in g p iro v ard m aqsadi
inson, uning huquq va erkinliklarini ta ’minlashga qaratilishi
kerak.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining birorta qoidasi 0 ‘zbekis-
ton Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan
tarzda talqin etilishi mumkin emas. Shuningdek, K onstitu-
tsiyaga k o ‘ra, b iro rta ham qonun yoki boshqa m e’yoriy-
huquqiy hujjat K onstitutsiya norm alari va qoidalariga zid
kelishi mumkin emas. Chunki K onstitutsiya davlatimizning
Asosiy Q onuni b o ‘lib, u oliy yuridik kuchga ega b o ig a n
qonunchilik h u jjatid ir, K o n stitu tsiy a h u q u qning ham m a
tarmoqlari: fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, mehnat huquqi,
m a ’m uriy huquq va h ok azo lar uchun qonunchilik negizi
h iso b la n a d i. D av la t o rg an la rin in g b a rc h a q o n u n la ri va
m e’yoriy-huquqiy hujjatlar K onstitutsiya asosida chiqarilib,
uning qoidalariga xilof boim asligi lozim.
Asosiy Qonunimizga binoan 0 ‘zbekiston tarixida birinchi
m arta K onstitutsiya maxsus tarzd a m uhofaza qilinadigan
b o ‘ldi. Shu maqsadda Konstitutsiyaviy sud joriy qilindi. Bu
organ qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokim iyatlarning
hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mos kelishini tekshirib
turadi. Konstitutsiyaviy sudning tashkil etilishi, vazifalari va
vakolatlari haqida K onstitutsiyaning 108-109-moddalarida
m a’lumotlar berilgan.
Shunday qilib, Prezident I.A.Karimov 0 ‘zbekiston Respub
likasi Oliy M ajlisi ikkinchi chaq iriq o ltinchi sessiyasida
ta ’kidlaganidek, qonun ustuvorligini ta ’minlash, shaxs, oila,
jam iyat va davlatning huquq va m anfaatlari m uhofazasini
kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini
oshirish, fuqarolarni qonunga bo‘ysunish va hurm at ruhida
tarbiyalash - bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan
chinakam dem okratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik
jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vazifasi, eng
muhim sharti hisoblanadi26.
Do'stlaringiz bilan baham: |