R e j a: Nodiraning hayot yo’li



Download 65,25 Kb.
bet3/5
Sana23.03.2022
Hajmi65,25 Kb.
#506448
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nodira hayoti, uning ijtimoiy hayotda tutgan o`rni

Yorsiz ko'ngil nolalari
Nodiraning "Yorning vasli emas ozorsiz" g'azali quyidagi satrlar bilan boshlanadi:
Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.
Yorning vasliga yetish hech qachon mashaqqatsiz ozorsiz bo'lmaydi. Bu go'yo gulzorda tikan (xor)siz gul bo'lmagani kabidir. Shoira fikrni aytaturib uning isbotiga tabiatdan misol topadi va shu tariqa aytganlarini dalillashga harakal qiladi. She'r ilmida bu tamsil san'ati deyiladi. Ikkinclu baytda Nodira hayotidagi og'ir yo'qotishlarni bayon eta boshlaydi:
Ul parivash vaslidin bo'ldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.
"Parivash" so'zi orqali odatda ma'slniqa ayol ta'nt etiladi To'g'rirog'i, aksar hollarda shunday tushuniladi. Aslida bu so'z orqali jinsidan qat'iy nazar har qanday yor obrazi ifodalanishi mumkin. Parivash pariga o'xshash degan ma'noni anglatadi. Parilar asli jinlar qavmidan bo'lib, ular o'tdan yaratilganlar. Shundan kelib chiqsak, "parivash" oshiq ko'ziga o'tday yoniq ko'rinuvchi va yana ko'ngil qo'ygan kishini o'tday kuydiruvchi ma'nosi anglashiladi. Demak, Umarbekninq o'limi Nodirani hijron o'tlariga yoqib ketdi. Bu o'rinda sirtdan qaraganda noo'rin qo'llangan parivash so'zi aslida ayni o'z joyini topgan ifodadir. G'azalning uchinchi baytida an'anaviy markaziy obrazlardan biri bo'lmish ag'yor tilga olinadi:
Yor uchun ag'yor dardin tortaman,
Ko'rmadim bir yorni ag'yorsiz.
Shoira she'rda tasvir kuchini oshirish uchun qarama-qarshi so'zlar, o'zaro zid tushunchalarga asoslanadigan tazod badiiy vositasini qo'llaydi. Yor-ag'yor munosabati bir tomondan mazmunni bo'rttirsa, ikkinchi tomondan bu so'zlarning tovush tarkibidagi uyg'unlik baytga ajib bir musiqiy ohang baxsh etgan.


Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,


Soya paydo bo'lmadi devorsiz.
Baytdagi tan buzilishi ruhiy muvozanatga ishoradir. Yordan ayrilgan, ag'yor dardini tortayotgan odamda ruhiy muvozanat buzilishi tabiiy. Bu o'znavbatida insondan halovat, rohat ketishiga sabab bo'ladi. Bu yerda ham tamsil san'ati qo'llangan bo'lib, yuqoridagi ruhiy holatni soya devorsiz paydo bo'lmasligi misoli bilan dalillaydi. Keyingi baytda an'anaga muvofiq lirik chekinish qilinadi:
Berma nisbat qaddig'a, ey bog'bon,
Sarvdur bu bog' aro raftorsiz.
Ya'ni, ey bog'bon, sen yoming tik qadini sarvga o'xshatmagin. Chunki harakatsiz, joyidan qo'zg'olmaydigan sarv qayda-yu xiromon yurish bilan barchani maftun etadigan yor qayda. Ularni bir-biriga nisbatlab bo'ladimi!? Aslo! Baytda Nodiraning an'anaviy tasvirga yangicha, o'ziga xos yondashganini ko'ramiz. Ungacha barcha shoirlar ma'shuq(a) qadini sarvga qiyoslab, go'zallik timsoli sifatida olgan bo'lsalar, bu yerda ular o'zaro qarshilantirilmoqda va hech qanday sun'iylik, mantiqsizlikka yo'l qo'yilgani yo'q. Bu yuksak badiiy mahorat belgisidir.
Nodira ahvolidin ogoh bo'ling,
Ey musohiblarki, qolmish yorsiz.
G'azal davomida ahvoli ruhiyasini baytma-bayt sharhlagan shoira maqta'da musohiblari — yaqin suhbatdosh, do'stlariga qarata o'z ahvolidan ogoh bo'lish o'tinchini aytib, she'rni mahzun kayfiyatda yakunlaydi.
Nodira ijodini mubolag‘a san’ati ko‘p va samarali qo‘llangan. Uning muhabbat madhi bilan yo‘g‘rilgan she’riyatida, umuman turli mavzularida yaratilgan lirik asarlarida mubolag‘a inson ruhiyati, tuyg‘ularini jo‘shqin bir tarzda ifodalashga xizmat qiladi. Shu o‘rinda, quyidagi g‘azalini bu san’atning go‘zal namunasi deb e’tirof etish mumkin:
Farhod agar ursa menga lofi muhabbat,
Bir oh ila aylarman ani dog‘i xijolat.
Har chandki bemori g‘ami ishq edi Majnun,
Dardimni ko‘rub tishladi angushti nadomat.
Farhodda bo‘lsaydi mening g‘ayrati ishqim,
Bir oh ila aylar ul tog‘ni g‘orat.
Majnunda agar bo‘lsa edi sabru tahammul,
Qilmasmi edi men kabi shahr ichra iqomat.
Gar bo‘lsa Zulayxoda mening zarracha ishqim,
Qolmas edi Yusufni firoqida salomat.
Ishq ofatig‘a tog‘ tahammul qila olmas,
Men-menki qilurman bu g‘amu dardga toqat...
Yuzdin biri Majnunda agar bo‘lsa g‘amimni,
Bir oh bila olamg‘a solur sho‘ri qiyomat.
Mazkur misolda lirik qahramon o‘zining muhabbat yo‘lida chekayotgan dardu alamlari, hijron azoblari, diydor ishtiyoqining zo‘rligi kabi lavhalarni tasvirlashda mubolag‘a san’atidan mohirona foydalangan. Shu bilan birga, mavzuni ochib berishda birgina mubolag‘a san’atining o‘zi qo‘llanibgina qolmagan. To‘qqiz baytdan iborat g‘azal boshdan-oyoq mubolag‘a asosida bitilgan bo‘lsa-da, u bilan yondosh tarzda talmeh, ruju’, muqobala san’atlari ham ishtirok etgan va mazkur san’atning to‘laqonli namoyon bo‘lishini ta’minlagan. Xususan, g‘azal baytlarida mashhur qissalar personajlarining nomlari aytilib, ular bilan bog‘liq voqealar esga olinadi. Bunga o‘zining ruhiy holatlarini qarshi qo‘yib, bu bilan muqobala san’ati yordamida mubolag‘a san’atining ta’sirini oshirgan. O‘z navbatida, o‘sha personajlar bilan bog‘liq qissalarga bir necha bor murojaat etadi va ma’shuqaning ishq-muhabbat bobida kechirayotgan dardu hasratlari ulardan ham ortiqroq ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa, shoiraning mubolag‘ani qo‘llashda ruju’ san’ati imkoniyatlaridan ham foydalanganini ko‘rsatadi.
Yuqoridagi singari romantik tasvir, lo‘nda o‘xshatish, hayotiy muqoyasa usullari orqali romantik mazmun va xarakter kasb etgan misra hamda baytlar g‘azalni ich-ichidan nurlantirib, uning o‘qishli bo‘lishini, esda qolishini ta’minlaydi.
Nodira badiiy mahoratining xarakterli xususiyati shundaki, u o‘tkir o‘xshatish, xilma-xil sifatlash, majozning turfa xil ko‘rinishlari, istiora usullarining boyligi, jonlantirish va mubolag‘a, inson yuragini hayajonlantiradigan misralarni ustalik va o‘ziga xos nafosat bilan ijod qiladi.
Umuman, Nodira o‘zining lirikasida fikrning obrazliligi va ta’sirchanligini ta’minlaydigan, ma’noni bo‘rttirishga, kuchaytirishga xizmat qildiradigan ohangdorlik va musiqiylikni oshiradigan she’riy san’atning bu turidan san’atkorona foydalangan.
Shunday muvaffaqiyatli chiqqan va ayrim real hodisalarga bog‘langan ayrim baytlari, umuman, odamzodning o‘lim fojiasiga munosabati va qayg‘u-alam bilan to‘lgan holatini aks ettiradi, sevimli yor siymosi yaqqol va jozibali suratda namoyon bo‘ladi.
Shu munosabat bilan Nodiradagi obrazlar diapozonining kengligini ham e’tirof etish kerak. Odatda o‘tmishdagi lirik shoirlar asarlaridagi mavzu doirasi faqat muallifning va shu orqali ayollarning lirik kayfiyatlari bilan cheklangan bo‘lsa, Nodira o‘zining lirik holatlariga bog‘lab ikkinchi lirik obrazni qahramon darajasiga ko‘taradi, u ham bo‘lsa yor, oshiq, rafiq, yo‘ldosh obrazidir.
Nodiraning eng ko‘p qo‘llagan badiiy usullaridan biri “mukarrar”dir. “Mukarrar” so‘zi “qayta-qayta, ust-ustiga” ma’nolarini ifodalaydi. Shu nom bilan ataluvchi lafziy san’at esa baytning har ikki misrasida juft so‘z qo‘llashni nazarda tutadi. Atoulloh Husayniy “Badoyi’ us-sanoyi’”da: “Rashidi Vatvot depturkim, shuaro mukarrar deb andoq she’rni ayturkim, bir baytta bir lafzni keltirurlar va o‘zga baytga aning ta’sirida o‘shul lafzni yana keltirurlar”,- deb ta’kidlaydi. Nodira bu usuldan foydalanib, obrazlar mavzusini boyitgan, o‘zi aytmoqchi bo‘lgan muddaoni dalillar bilan asoslagan. O‘quvchi ko‘zi oldida aniq va yorqin manzara yaratib bergan:
Bo‘lmag‘il yaxshi-yu, yamong‘a taraf.
Bexud o‘l yaxshi-yu, yamondin kech.
Yoxud boshqa g‘azalidan olingan quyidagi baytni ko‘raylik:
Olam tufayli Yusufu, Yusuf-g‘ulomi g‘ayr,
Far’yodi bulbul az gulu, gul-hamnishini xor.
Mazmuni:
Olam Yusuf tufaylidir-Yusuf esa boshqalarga qul,
bulbulning faryodi gul uchunu, gul esa, tikan bila hamishindir.
Shoira ayrim g‘azal yoki qasidalarining maqta’ida o‘zining ijodi sohasidagi mahoratini taqdirlab, mag‘rurlanadi. Bu holatni mumtoz she’rshunoslar nuqson deb emas, balki shoirning qonuniy haqi deb bilganlar. Lekin, bir shart bilan: shoir chindan ham maqtanishga loyiq asarlar yaratgan bo‘lsa!.. Bu usulni maxsus termin bilan “faxriya” (faxrlanish)deb ataganlar.
Nodiraning bir necha she’rlarida shu faxriya namunalarini ko‘ramiz. Masalan:
Tong emastur bo‘lsa bu muddatda ustodi suxan,
Komila ash’orig‘a tahsin etar, Salmon ko‘rub.
She’rning maqta’sidagi “Salmon” so‘zi XIV asrda yashagan mashhur tojik shoiri Salmon Sovajiyga ishoradir. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida “Xoja Kalimiddin Salmon qasidasi maydonining chobuksuvor va o‘z zamonasining benazir suxanguzoridur” deb shoirga yuqori baho bergan edi. Nodira ham shunga ishora qilib, “Sening she’ringga, hatto, Salmonday ulug‘ shoir ham tahsin qiladi” deb faxrlanadi. Albatta, u shunday deyishga, o‘z g‘azallarini durdonalar va gavharlarga o‘xshatishga to‘la haqli edi. Bu holni biz, quruq maqtanchoqlik emas, balki shoiraning nazmdagi yuksak salohiyatiga loyiq baho edi, deb e’tirof etamiz.
“Husni ta’lil” arabcha chiroyli dalillash ma’nosini bildiradi. G‘azaliyotda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoiraning biron sabab ko‘rsatish san’ati shu nom bilan ataladi. Nodira g‘azallarida ham husni ta’lil san’ati zaminida yaratilgan bir qator nodir badiiy lavhalar uchraydi. Chunki, yorning husnu jamoli, shirin kalomini shoira ehtirosli misralar sathiga jo aylar ekan, husni ta’lil san’ati juda qo‘l keladi. Anvar Hojiahmedovning “Husni ta’lil san’ati” kitobida Navoiydan oldin va undan keyin yashab ijod etgan ijodkorlar ushbu san’atning yangidan yangi ifoda imkoniyatlarini kashf etib, ijod qilganliklari xususida so‘z boradiki, xususan olim Nodira ijodiga ham to‘xtalib o‘tgan.
Komila, ohim sinonidin tavahhum tortibon,
Charx maydonidadur chobuksuvori oftob. - baytida esa “Ey Nodira, mening ohim o‘qlaridan qo‘rqib qolgan vahimaga tushgan oftob charx maydonida osmonda bir otlig‘ suvoriy yanglig‘ u yoqdan bu yoqqa qochib yuribdi”, degan ta’sirchan ma’no aks etadi. Nodira quyoshning harakatini oshiq ohi o‘qlaridan qo‘rqib yugurayotgan chavandozga nisbat berar ekan, g‘ayritabiiy sharh tufayli yangi bir badiiy manzara chizishga erishgan:
Masih azmi sipehr aylab quyoshqa bo‘ldi hamsoya,
Bo‘lur himmat bila aflok ustida maqom aylab.
baytida tarixiy shaxs – Iso Masih obrazi ishtirokida husni ta’lilning go‘zal namunasi ijod etilgan. Shoira Iso Masihning osmonga ko‘tarilishi voqeasini o‘zgacha izohlar ekan, ushbu hodisani uning xalqqa ko‘rsatgan mehribonliklari samarasi sifatida sharhlaydi. Uning bu himmati quyoshga qo‘shni bo‘lishi sharafiga erishtirdi, deya muhim axloqiy-estetik mohiyatni betakror badiiyat bilan ifodalaydi.
Binobarin, Nodira kitobxonni fikrlashga, baytda yashirilgan chiroyli husni ta’lil mohiyatini kashf etishga da’vat etadi.
G‘uborim ishq vodiysida barbod o‘ldi, andog‘kim,
Biyobonlarda Majnun to‘tiyo izlar g‘uborimdan.
baytidagi badiiy kashfiyot ham g‘oyat e’tiborli. Layli va Majnunning fojiaviy muhabbatlari, asar qahramonlari chekkan kulfatu iztiroblarni g‘ayritabiiy sharhlash ham she’riyatimizga xos an’analardan. Lekin Nodira yuqoridagi baytda Majnunning dashtu biyobonlarda nolon kezishini o‘zi tasvirlayotgan oshiq izlaridan to‘tiyo qidirayotgan shaxsning xatti-harakatiga nisbat berar ekan, o‘quvchini hayratga soladi. Shoira she’riyatida yaratilgan husni ta’lil namunalarini kuzatar ekanmiz, ularda avvalo samoviy jismlar, xususan, quyosh, oy, yulduzlar holati va harakati g‘ayritabiiy asoslangani ayon bo‘ladi.
Nodira fors-tojik tilidagi mana bu baytda quyoshni, avvalo yorga oshiq bo‘lgan siymo sifatida tasvirlar ekan, uning tabiiy xatti-harakatini husni ta’lil san’ati vositasida g‘oyat ta’sirchan ifodalashga erishadi:
Charo gardid az mashriq ba mag‘rib zoru sargardon,
Naboshad chun falak bar husni o‘ xurshed Majnunash?
Mazmuni:
Agar quyosh uning husniga Majnun bo‘lmasa, nima uchun
sharqdan g‘arbga falakdek sargardon bo‘lib yuribdi?
Bu baytda quyoshning har kuni yer uzra paydo bo‘lishi, o‘z nurlari bilan olamni munavvar aylashi go‘yo uning beqiyos yorga oshiqligi tarzida sharhlanadi:
Chu navbahor ba ruxsoraash ki sabza damid,
Zi rashk so‘xta xurshed, charxi axzar ham.
Mazmuni:
Yuzida navbahordek sabza ungan chog‘da, uning rashkidan
ham quyosh ham moviy osmon kuydi.
Nodiraning bu baytida quyosh oshiqning ohi o‘tidan ko‘kka yetib yurgan bir uchqun sifatida talqin qilinadi. Shu asosda rashkidan quyosh va osmon kuyishi husni ta’lilning betakror namunasi bo‘lishi bilan birga, teran mazmun va go‘zal badiiyat uyg‘unligini hosil qilgan.
Mumtoz she’riyatimizda husni ta’lil san’atining rivoji oy, quyosh timsoli bilan bog‘liq ekan, bu go‘zal samoviy mavjudotlar o‘z fazilatlari bo‘lgan shoira Nodirani g‘oyat ta’sirchan badiiy lavhalar yaratishga ilhomlantirgan. Shoira mazkur yoritgichlarning tabiati, ko‘rinishi xususiyatlariga asoslangan holda ajoyib tasvirlar chizadi, betakror lavhalar yaratadi:
Bo in hama nur mohu xurshed,
Sargashta, chu zarra dar havoyat.
Mazmuni:
Oy-yu quyosh shuncha nurli bo‘lishiga qaramay, orzuyingda
zarradek sargardondir.
baytida yor orzusida quyoshu oy shu qadar nurli bo‘lishiga qaramay, zarradek sargardon ekani o‘ziga xos poetik talqin qilingan.
Nodira lirikaning badiiy xususiyatlari hamda salaflari ijodini o‘rganish shoiraning she’riy san’atlardan foydalanish sohasidagi an’analarni munosib davom ettirganini ko‘rsatadi.
Ushbu fasldagi tadqiqot natijalaridan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Nodira she’riyatida tarixiy shaxslar obrazi badiiy san’atlar orqali o‘ziga xos poetik ifodalangan. Shoira nazmida she’riy san’atlar muallif badiiy niyatini amalga oshirishning o‘ziga xos vositasi vazifasini o‘tagan.
2. Tarixiy shaxslar obrazi talqinida shoira talmeh, tashbeh, tazod, mubolag‘a, mukarrar, husni ta’lil kabi badiiy san’atlarni mahorat bilan qo‘llagan.


XULOSA

Jahon xalqlari adabiyoti tarixiy va folklor materiallaridan oziqlanishi, ulardan ilhom olishi ma’lum haqiqatdir. Ijodkorlar mazkur materiallardan o‘z xohish-istaklari, kelajak bilan bog‘liq ideallarini tarannum etishda ularga o‘ziga xos ramziylikni yuklaganlar. Jumladan, o‘zbek adabiyoti vakillari ham asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan turkiy va musulmon xalqlari tarixiga oid materiallardan foydalangan holda o‘z fikrlarini ifodalashga intilganlar. Qalam ahli o‘z asarlarida o‘tmish tarixga oid voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar obrazlarini eslash orqali, ba’zan ularga xos bahodirlik, mardlik, matonat, vatanga muhabbat, sevgiga sadoqat kabi fazilatlarni esga olsalar, ba’zan buning aksi bo‘lgan xususiyatlarga e’tibor qaratadilar. Shu bois ko‘p asrlik yozma va og‘zaki adabiyot tarixida qator tarixiy va mifologik obrazlar yaxshilik va yomonlik, komillik va tubanlik, vafo va xiyonat, muhabbat va nafrat kabi tushunchalarning timsoliga aylangan. O‘zbek adabiyotidagi bunday tarixiy shaxslar obrazini shartli tarzda quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Islomgacha bo‘lgan davr turkiy xalqlar tarixi bilan bog‘liq tarixiy shaxslar obrazi; 2. Islom dini tarixi bilan bog‘liq tarixiy shaxslar obrazi; 3. Bular bilan birga har bir davr ijodkorining asarida o‘z davri tarixiy voqealari, shaxslari bilan bog‘liq tarzda badiiy adabiyotga olib kirgan obraz va timsollari ham mavjud. Birinchi guruhdagi obrazlarni yana tarixiy va sinkretik obrazlar guruhiga ham bo‘lish mumkin. Masalan, Afrosiyob, Xizr kabi obrazlar ayrim manbalarda tarixiy shaxs sifatida ko‘rsatilsa, ayrimlarida mifik obraz sifatida qayd etiladi.


Nodira nazmiy asarlaridagi obrazlar tizimini mazkur tasnif orqali o‘rganish muayyan adabiy-estetik xulosalar chiqarish imkonini beradi:

Download 65,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish