Natija: 6-misol.-> Masala: Har xil turdagi o‘zgaruvchilar kompyuter xotirasida turli sondagi baytlarni egallaydi. Sizeof amali operand sifatida ko’rsatilgan ob’ektning baytlarda hotiradagi hajmini hisoblash uchun ishlatiladi. Dastur quyidagicha ifodalaniladi:
Dastur kodi: #include using namespace std;
int main()
{
cout<<"int turining o‘lchami: " << sizeof (int)<< endl;
{
cout<<"float turining o‘lchami: " << sizeof (float)<< endl;
{
cout<<"double turining o‘lchami: " << sizeof (double)<< endl;
{
XULOSA Insoniyatga berilgan ong uni kelajakka yetaklaydi. Shuning bilan inson rivojlana boradi. Bu rivojlanish yo‘lining juda ko‘p qiyinchiliklari mavjud. Lekin inson hamisha o‘z xohish-istakiga erishishda hamma to‘siqlarni yengib o‘tishga qodir. Odamzod yaratgan xar bir narsa o‘z ijobiy va salbiy taraflariga ega. Shunday qilib insoniyat XX asr o‘rtalarida o‘zining eng buyuk mo‘jizasini yaratdi va bu yo‘lda birinchi qadam qo‘yganligini sezdi. Bular EHMlar bo‘lib inson birinchi bor sun‘iy intelektni yaratgan edi. Vaqt o‘tib bu boradagi ishlar juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi va EHM larni rivojlantirish yo‘lida katta ishlar olib borildi. Natijada xozirgi zamon kompyuterlari yaratildi.
Bu kompyuterlar asosida yangi texnologiyalar yaratildi. Bugungi kunda xar bir inson u qayerda bo‘lmasin bu mo‘jiza bilan muloqot qila oladigan bo‘ldi. Kompyuterlar insonning ko‘pchilik masalalarini hal qilishga katta ko‘mak berib yirik imkoniyatlar yarata oldi.
Kompyuter va kompyuter tarmoqlari xar bir davlat, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarini rivojlantirish uchun zarur omildir. Tarmoqlar yaralibdiki ular muloqotning yangi turini taqdim qila oldi. Kompyuter tarmoqlari davlatlararo munosabatlar, savdo-sotiq, bilim va malaka almashinuvini masofadan turib amalga oshirish imkonini yaratdi. Shunday ekan biz kompyuter tarmoqlari haqida chuqur va teran bilimlarga ega bo‘lishimiz zarur. Ulardan foydalana olish, amalda biror bir jabxaga tadbiq qilish ma'lum ko‘rsatgichni zabd etishga olib boradigan yo‘lni qisqartiradi.
Yuqorida aytilganidek xar bir ish o‘zining salbiy va ijobiy taraflariga ega. Kompyuter va kompyuter texnologiyalarining kamchiligi foydalanuvchilarni sifatli himoya qilsh bo‘lib bu borada etuk bilimlarga ega insonlar bu bilimlarni salbiy taraflarga ishlatishi mumkin. Masalan xakkerlik ishlarini amalga oshiruvchi shaxslar. Albatta hamma xakkerlar xam salbiy ishlarni amalga oshirishmasada ular orasida shundaylari ham borki zararli amallarni oshirish ularning birinchi maqsadi, ular ma'lumotlarni o‘g‘irlash, viruslar yaratish va ularni tarqatish, davlat axamiyatiga molik axborotlarni ko‘chirish va sotish va shunga o‘xshash ishlarini amalga oshirishadi.
Bu bilan kompyuterlarning zarari katta deb bo‘lmaydi albatta xar bir narsa ideal tarzda bo‘la olmaydi. Shuning uchun bu salbiy taraflarga nazarni bermoq xato ishdir. Kompyuterlar va tarmoqlar insonga hizmat qilish uchun unga yordam berish uchun yaratilgan.
Ilg‘or texnologiyalarni sanoatga jalb etish va ularni shu yo‘nalishda rivojlantirish kompyuter texnologiyalari asosida amalga oshirilmoqda. Bu sanoatda iqtisodiy o‘sishni kuchaytirish va mustaxkamlashga katta turtki bo‘lib qolmoqda. Xozirda rivojlangan davlatlar kompyuter texnologiyalarni imkoniyatlarni to‘g‘ri qo‘llab o‘z ishlab chiqarishlarini va iqtisodiy yo‘nalishdagi xar bir ishni mukammal tarzga yetishishiga olib kelishdi. Bu imkoniyatlarga qarab aytishimiz mumkinki kompyuter va kompyuter tarmoqlari yetarlicha malakali tarzda va o‘rnida qo‘llanilsa juda katta o‘zgarishlar amalga oshirish mumkin.
O‘zbekistonda bu imkoniyatni qo‘llashni kuchaytirsh va rivojlantirish juda katta axamiyatga ega, chunki bizning ishlab chiqarishda mavjud nuqsonlarni aynan shu texnologiyalar asosida bartaraf qilish mumkin. Umuman aytganda elektron to‘lov va boshqa iqtisodiy amallarni elektronlashgan ko‘rinishi juda katta tezlikni va qulaylikni yaratdi. Bu misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. Xullas kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari kelajakda juda katta o‘zgarishlarni olib keldi. Bu o‘zgarish kelajakda yanada rivojlanishiga va bu boradagi kamchiliklar, muammolar o‘z yechimini topadi va keng o‘rin egallaydi degan umiddaman.
Foydalanilgan adabiyotlar: “C va C++ tili” Sh. A. Nazirov, R.V. Kabulov, M.R. Babajanov, Q.S. Raxmanov. <>, Toshkent 2013.
“C++ tilidan o’quv qo’llanma” Aslonov. K Toshkent - 2010.