R e j a : Qadimgi Sharq va Antik dunyo falsafasi


Markaziy Osiyo falsafasi va uning jahon madaniyatidagi o‘rni



Download 221,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana01.01.2022
Hajmi221,61 Kb.
#280250
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 мавзу Фалсафий тафаккур босқич Шарқ

. Markaziy Osiyo falsafasi va uning jahon madaniyatidagi o‘rni.

Jahon falsafasi tarixida Markaziy Osiyo xalqlari falsafiy tafakkuri o‘ziga xos

aloqida xususiyatlarga egadir. Uning bu xususiyatlari   Yunon, Misr, Qindiston,

Xitoy falsafasi singari qadimiyligi, o‘z taraqqiyotida sharq aniq fanlari sohasidagi

buYuk kashfiyotlarga asoslanganligi, shuningdek Markaziy Osiyo ma’naviyatiga

kuchli ta’sir ko‘rgazgan diniy-falsafiy g‘oyalardan oziqlanganligi bilan belgilanadi.

Bulardan tashqari qadimgi zamonlardanoq Markaziy Osiyo bo‘ylab o‘tgan BuYuk

Ipak yo‘llari vositasida kechgan savdo-sotiq, madaniy aloqalar umuman ilm-fan,

jumladan falsafa ilmi rivojiga katta hissa qo‘shgan. Xalqimiz falsafiy tafakkurida

o‘z   ifodasini   topgan   bu   omillarni   o‘rganish,   ularni   Tahlil   etish   o‘zligimizni

teranroq anglashimiz uchun juda muhimdir.

Afsuski, xalqimiz tarixining keyingi bir yarim asrlik davrida bu ishni amalga

oshirishning iloji bo‘lmadi. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘nggina

bu sohada keng imkoniyatlar Yuzaga keldi. Bu sohadagi izlanishlar, tadqiqotlar

xalqimiz falsafiy tafakkuri dahosini tobora ravshanlashtirishga xizmat qiladi.

Markaziy   Osiyoda,   jumladan   hozirgi   O‘zbekiston   tuprog‘ida   dastlabki

ijtimoiy-falsafiy tushunchalarning shakllanishi uzoq tarixga ega.

  Bizning   zaminimizda   dastlabki   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar     (g‘oyalar)   xalq

og‘zaki   ijodida   o‘z   aksini   topgan.   Folklor   asarlarida   vatanparvarlik,   jasurlik,

sadoqat, halollik, rostgo‘ylik kabi ilg‘or insoniy g‘oyalar ilgari surilgan. Masalan,

To‘maris   va   SHiroq   haqidagi   dostonlar   Yuqoridagi   g‘oyalarni   ifodalaganlar.

Spitamen haqidagi dostonda bizning tuprog‘imizda yashagan xalqlar, qabilalarning

chet   el   bosqinchilariga   qarshi   kurashi,   ayollarning   qaxramonligi   va   g‘alabasi

ifodalanadi.




Qadimgi davr ajdodlarimiz qoldirgan bu g‘oyalar og‘zaki  ijod asardarida

o‘ta sodda ko‘rinishlarda namoyon etiladi. Lekin shunga qaramasdan bu g‘oya va

tushunchalar   keyingi   davrlar   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   taraqqiyotiga   katta   hissa

qo‘shganlar. 

Qadimgi   davr   falsafiy   fikrlarning   shakllanishi   va   rivojlanishiga   bizning

tuprog‘imizda   Yuzaga   kelgan   Zardushtiylik   dinining   ahamiyati   kattadir.

Zardushtiylikning din sifatida shakllanishi bir necha asrlarni o‘z ichiga oladi. U

eramizdan   oldin   (VI   asr),   urug‘chilik   tuzumi   davrlarida   shakllanib,   eramizning

dastlabki asrlarida (I-II asrlarda) kamol topdi va xukmron din darajasiga ko‘tarildi.

Zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi - «Avesto» inson faoliyatida

(organizmida, tanasida) yaxshilik va yomonlik kuchlari kurashi va bu kurashda

yaxshilikning   ustunligi   g‘oyasini   ilgari   suradi.   U   insonning   mehnatsevarligini,

odobini,   odamlarga   muruvvat   qilishni   yaxshilik   kuchi   deb,   insonning

dangasaligini, yolg‘onchiligini yomon kuch deb hisoblaydi. Demak, Zardushtiylik

mehnatsevarlikni,   odobni,   to‘g‘rilikni,   rostgo‘ylikni   Yuksakliklarga   ko‘taradi;

johillikni, zo‘ravonlikni, tuxmatni, yolg‘onchilikni qoralaydi. Ayollar va bolalarni

hurmat   qilish,   tabiat   hamda   suv   xavzalarini   ozoda   saqlashni   targ‘ib   etadi.

«Avesto»da   ifodalangan   odob-   axloq   g‘oyalari   quyidagi   uchlikda   o‘z   aksini

topgandir: «YAxshi fikr- YAxshi so‘z - YAxshi ish (amaliyot)».

Zardushtiylik dinining bu kabi ilg‘or g‘oyalari va ularning el orasida keng

tarqalishi   hamda   amaliyotda   bajo   keltirilishi   o‘sha   davr   ijtimoiy   falsafiy

qarashlarning Yuzaga kelishi va rivojlanishida g‘oyatda muhim ahamiyatga ega

bo‘ldi.

Zardushtiylik   dini   eramizning   III   asrida   -   Moniylik   va   V   asrda   esa

Mazdakiylik deb atalgan ikki yirik yo‘nalishga bo‘lindi. Moniylik va Mazdakiylik

dinlari   Zardushtiylik   g‘oyalarini   yanada   rivojlantirdilar   va   ularni   xalq   orasida

yanada kengroq tarqatdilar.

Islom   dinini   vujudga   kelishi   va   katta   xududlarga   dunyoqarash   sifatida

tarqalishi uning nazariy, falsafiy, xuquqiy tomonlarini ishlab chiqishni taqozo etdi.

Natijada 9-10 asrlarga kelib Qur’onga asoslangan maxsus islom ilmlari shakllandi.

Iloxiyat   falsafasi   bo‘lgan   kalom(muttakalimlar),   xadisshunoslik,

fiqixshunoslikdir.Kalom   ilmi   iloxiyotning   o‘ziga   xos   falsafasi   bo‘lib,   diniy

aqidalarga, uning tamoyillariga asoslanadi.   9-10 asrlarda islom YAqin SHarqida

Yunon   ilmiy   merosini   o‘rganish   yoyilishi   natijasida   uni   tarlicha   talqin   etish,

masalan   mutazaliylar   ta’limoti,   kalomni   yanada   rivojlantirishni   kuchaytirdi.   Bu

jarayon   islomda   mashshoiYunlar   va   tabiiYunlar(Arastu   fal-ni   va   tabiatni

o‘rganishga axd qilganlar), muttazaliylar(ajralganlar) falsafiy qarashlar shakllanda.

Muttazaliylar   muttakalimlarga   qarshi   vujudga   kelgan   yo‘nalishlardan   bo‘lib,

asoschisi   Xasan   Basriydir.   Islom   dunyoqarashiga   ratsionalistik   unsurlarni

kiritishga   uringan.   Ularning   muxim   g‘oyalari-   inson   erkinligi   masalasidir.   Ular

taqdir   masalasini   shubxa   ostiga   oladilar.   Abu   Xanifa   (Imom   A’zam)yashagan

davrda esa oqim va firqalarning ko‘payishi Yuz beradi. Ular bilan kurashish uchun

esa aqida(ishonch, shak keltirmasdan, muxokama qilmasdan bajarish va e’tiqod



qilish)mustaxkam bo‘lishi zarur edi. Xanafiya masxabining asoschisi Abu Xanifa

aqida faniga oid birinchi asar “Fiqxi akbar” asarini yozadilar. Demak ular nafaqat

masxabimiz asoschisi balki kalom ilmining xam asoschisidirlar. Vatandoshimizdan

yana biri Abu Mansur Moturidiy esa kalom ilmining aql maqomiga katta e’tibor

berib motrudiya maktabini yaratgan. Ularning boshqalardan farqi aqliy va naqliy

dalillarni uyg‘unlashtirib undan so‘ng xulosa chiqarish edi. Aqliy dalil deganda

falsafa, mantiq va tabiiy fanlar ko‘zda tutiladi. Naqliy dalil deganda oyat, xadis,

ijmo   tushuniladi.   Imom   Motrudiyning   bizgacha   etib   kelgan   ikkita   yirik   asari-

“Kitob   at-   tavxid”   va   “Ta’vilotu   ahlis-sunna”   islm   dinining   falsafasini   tashkil

etuvchi kalom ilmining aqidaviy xaqiqatdan adashgan firqalarni tanqid qilgan.  

IX-XII asrlar Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekiston zaminida yashagan

xalqlar   hayotida   ijtimoiy-siyosiy   va   ilmiy-madaniy   voqealarga   boy   davrlardan

biridir.

Butun dunyoga dong taratgan buYuk mutafakkir olimlarimiz Muhammad

Xorazmiy,Ahmad   Farg‘oniy,   Abu   Nasr   Forobiy,   Ibn   Sino,   Beruniy;   mashhur

islomshunos   allomalarimiz   Imom   Ismoil   Buxoriy,   Imom   at-Termiziy,   Imom

Moturudiy, Burxoniddin Marg‘inoniy va boshqalar ana shu davrda yashab ijod

etdilar.


VII asr o‘rtalaridan boshlab urush va zo‘rlovlar vositasida xalqimiz hayotiga

asta-sekinlik   bilan   kiritila   boshlagan   islom   dini   bu   davrga   kelib   xukmron   din

darajasiga ko‘tarildi. Natijada Markaziy Osiyoda «Qur’on», Xadis o‘gitlari, kalom

falsafasi ham tarqala boshladi.

Arab xukmronlari bizning tuprog‘imizda islomdan oldinoq shakllanib kelgan

va endilikda rivojlanishi baland pog‘onalarga ko‘tarilgan boy madaniy va ilmiy

merosimizdan   keng   foydalandilar.   CHunonchi,   Yuqorida   nomlari   aytilgan

allomalarimiz   ilmiy   salohiyatidan   foydalanib   Arab   xalifaligining   markazi   -

Bog‘dodda IX asr boshida «Baytul hikma» - «Donolik uyi» (Akademiya) tashkil

etildi. Ilm-fan rivojlandi. Fanda olamshumul kashfiyotlar qilindi. Islom obidalari

qad   ko‘tara   boshladi.   Kadimgi   YUnon   faylasuflari   Aristotel,   Galen,   Gippokrat

kabilarning asarlari arab tiliga tarjima etilib, o‘rganila boshlandi. Kadimiy «Ipak

Yo‘li» qayta tiklanib, mintaqada savdo-sotiq,  xalqaro va mintaqa mamlakatlariaro

madaniy aloqalar  avjlanib bordi. Dexqonchilik, shaharsozlik, hunarmandchilik va

hokazolar tez sur’atlar bilan Yuksala bordi. 

Xullas,   hayotning   barcha   jabhalarida   ko‘tarinkilik,   ulug‘vorlik   avj   olib,

Yuksaklikka qarab ko‘tarilmoqda edi. SHuning uchun ham bu davr tarixda SHarq

Uyg‘onish (Renessans) davri deb ataladigan bo‘ldi.

Bu davrda yashab ijod etgan allomalarimiz buYuk ilmiy merosi shu bilan

muhimki,   ular   qaysi   sohada   bo‘lmasin,   moddiy   dunyo   voqea-hodisalari

harakatlarini tahlil etadilar; bu harakatlar o‘z-o‘zidan yoki qandaydir iloqiy kuch

ta’siridan emas, balki muayyan qonuniyatlar asosida sodir bo‘lishligini o‘rganishga

intiladilar. Ana shu xususiyati bilan bu davrda Yuzaga kelgan ilmiy kashfiyotlar

falsafiy fikrlar rivojlanishiga ilmiy- amaliy asos bo‘ldi.




Bu   o‘rinda   buYuk   Yurtdoshimiz  Muhammad   Muso   Xorazmiyning   (783-

850)   xizmatlari   ulkandir.   Uning   «Al-   jabr   val-   Muqobala»   («Matematika   va

eqtimollik nazariyasi») asari jahonning barcha asosiy tillariga tarjima etilgan va

o‘tgan ming yil davomida dunyoning eng yirik universitetlarida darslik sifatida

o‘qitilgan. Xorazmiyning bu asarlarida sonlar (raqamlar) nazariyasi yaratildi. Unga

ko‘ra, har bir son o‘z- o‘zidan palapartish holda Yuzaga kelmay, balki muayyan

qonuniyatga,   tartibga   bo‘ysunadi.  CHunonchi,   1   dan   100   gacha   bo‘lgan   sonlar

(yoki  100 dan  1000 gacha  va  hokazo) elementlar,  100 esa  umumiy,  bir  butun

sondir.   Elementlarsiz   bir   butun   son   bo‘lmaydi,   shuningdek   elementlar  ham

muayyan tartibda tuzilmasa va bir butun darajasiga etmaguncha umumiy butunlik

Yuzaga kelmaydi.

Bu   nazariya   falsafada   miqdor,   sifat,   yakkalik,   umumiylik   kabi

kategoriyalarning   Yuzaga   kelishiga   va   shu   kategoriyalar   ko‘lamiga   kiruvchi

voqea-hodisalarni teran anglashda katta ta’sir ko‘rsatadi.

Xorazmiyning   bu   kitobi   asosida   keyinchalik   «Algebra»   fani,   shuningdek

hozirgi   zamon   algoritm,   informatika,   kibernetika   ilmlari   Yuzaga   keldi   va

rivojlandi. 

Axmad   Muhammad   Farg‘oniyning   «Kitob   fi   usul   ilm   an-nujum»

(«Astronomiya   ilmining   usullari»),   shuningdek,   «Farg‘oniy   jadvallari»   kitoblari

ham jahonning ko‘p tillariga tarjima etilib o‘rganilgan. Bu kitoblarda astronomiya

nazariyasiga oid muhim ilmiy fikrlar ilgari suriladi. 

Markaziy Osiyoda falsafiy fikrlar taraqqiyotida buYuk mutafakkir Abu Nasr

Forobiyning (873-950) o‘rni beqiyosdir. U yaqin va o‘rta SHarqda ilmiy ijtimoiy-

falsafiy   oqimning   asoschilaridan   bo‘lib,   «SHarq   Aristoteli»   yoki   «Ikkinchi

muallim» (Aristoteldan so‘nd) degan unvonga sazovor bo‘lgan. U 150 dan ortiq

ilmiy va tarjima asarlarining muallifidir.

Forobiy dunyoqarashi panteistik ta’limotga asoslanadi. YA’ni u borliq va

ollohni (ilohiyotni) bir butun hodisa deb tushunadi. 

Forobiyning   fikricha,   bilish   ob’ektlari   odamdan   tashqarida,   unga   bog‘liq

bo‘lmagan  holda mavjuddir. Inson bu ob’ektlarni sezgilar vositasida bilib oladi.

Seziluvchi narsalar sezgilardan tashqarida va sezgilar faoliyat ko‘rsatishidan oldin

ham mavjuddir. 

Forobiy o‘zining ijtimoiy qarashlarida insoniyat jamiyati vujudga kelishi va

rivojlanishining tabiiy va ijtimoiy sabablarini, axloqning shakllanishini, inson va

jamiyatning o‘zaro munosabatlarini, insoniylik, adolat, etuk jamoa, komil inson

kabi masalalarni tahlil etadi. Bu o‘rinda uning «Fozil odamlar shahri» asari muhim

ahamiyatga egadir. 

Ibn   Sinoning  (980-1037)   bizgacha   etib   kelgan   asarlari  280  taga   etadi.

Ulardan   50   tasi   tibbiyotga,   40   ta   tabiat   va   gumanitar   sohalarga,   3ta   risola

musiqaga, 185 fal, mantiq, psixologiya, odob-ahloq va ijt-siyos.  Muammolarga

bag‘ishlangan.     Bular   orasida   5   jildlik   «Al-Qonun   fit-Tibb»   («Tibb   bilimlari

qonuni»), 18 jildlik «Kitob ash-shifo», 20 jildlik «Kitob al-insof», «Donishnoma»




va boshqa asarlar bor. «Tibb qonunlari» o‘zining tibbiyotdagi buYuk ahamiyatidan

tashqari muhim falsafiy qiymatga egadir. Unda inson tanasini boshqarib turuvchi

qonuniyatlar, inson tanasi bilan tashqi muhit, tabiatining uzviy munosabati kabi

masalalar   ilmiy   o‘rganilgan.   Bu   esa   falsafada   harakat   xususiyatlari,   ularning

Yuzaga   kelishida   mua’yyan   qonuniyatlar,   tartiblar,   harakatlarning   bir-biri   bilan

uzviy   bog‘liqligi   kabi   muhim   masalalarni   tahlil   etishda   bebaho   manba   bo‘lib

xizmat qiladi. Ibn-Sinoning fikriga ko‘ra, barcha mavjudodning asosi va ibtidosi

”vujudi   vojib”dir,   ya’ni   Tangridir.Vujudi   vojib-   bu   birinchi   mohiyat,

Javhar(substansiya). 

Abu   Rayhon   Beruniy  (973-1048)   140   dan   ortiq   kitob   yaratgan   mashhur

ensiklopedist olimdir. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Ma’sud

qonuni»,   «Hindiston»,   «Geodeziya»,   «Mineralogiya»,   «Saydana»   kabi   asarlari

bizning davrimizda o‘zbek va rus tillarida nashr etilgandir.

Beruniyning   mashhur   tabiatshunos   sifatidagi   ta’limotlari   barcha   voqea-

hodisalar, jumladan inson faoliyati tabiiy sharoit, geografik muhit bilan bevosita

bog‘liqligi   haqidagi   falsafiy   qarashlarni   yanada   oydinlashtirdi.   Beruniy   borliq

to‘g‘risidagi tabiiy-ilmiy qarashlarida modda, fazo, vaqt, qonuniyat, zaruriyat va

tasodif,   harakat   va   rivojlanish,   ziddiyat   kabi   muammolarga   e’tiborini   qaratgan.

Beruniy ilm haqiqatning eng ishonchli mezoni kuzatuv, sinov-tajribadan boshqa

narsa bo‘lishi mumkin emas deydi.

Markaziy   Osiyoda   ijtimoiy-falsafiy   ta’limotlarning   rivojlanishida   buYuk

dinshunos   allomalarimiz   Ismoil   Buxoriy,   At-Termiziy,   Moturudiy,   Burhoniddin

Marg‘inoniylarning   xizmatlari   ulkandir.   BuYuk   hadisshunos   olim   Muqammad

Ismoil Buxoriyning bu sohadagi xizmatlari ayniqsa kattadir. Uning «Al-Jome’-as-

Sahih» («Ishonchli to‘plam») kitobida axloqning eng muhim qirralari- insoniylik,

do‘stlik, hamkorlik, sadoqat, mehribonlik, poklik kabi ijtimoiy- falsafiy masalalar

tahlil etiladi.

Markaziy   Osiyo   xalqlari   ijtimoiy-falsafiy   fikrlari   taraqqiyotida   so‘fiylik

(tasavvuf) g‘oyalarining o‘ziga xos o‘rni bor.

Tasavvuf   falsafasi   bevosita   islom   dini   mahsuli   bo‘lib,   din   targ‘iboti

sifatidagi   so‘fiylik   tariqatlari   majmuidir.   U   X-XIV   asrlarda   Markaziy   Osiyoda

keng tarqaldi. 

Tasavvufning   asosiy   g‘oyasi   -   Ollohga   yaqinlashish,   Olloh   rahmatiga

sazovor bo‘lib, pirovardida Olloh ruhiga singib ketishdir. Ana shu g‘oyani tashviq

qilish   mazmuni,   usullari,   yo‘llariga   qarab   Markaziy   Osiyoda   tasavvuf   falsafasi

asosan uch yo‘nalishga bo‘linadi. Bular YAssaviylik, Kubraviylik, Naqshbandiylik

tariqatlaridir. 

Xo‘ja   Ahmad   YAssaviy  (XII   asr)   boshchiligidagi   yassaviylik   tariqati

Yuqoridagi maqsadga erishish uchun tamoman tarkidunyochilik qilish zarurligini

uqtiradi.

Shayx   Najmiddin   Kubro  (1145-1221)   boshchiligidagi   Kubraviya   tariqati

ham   yassaviylik   tariqati   g‘oyalarini,   ya’ni   tarkidunyochilikni   tasdiqlaydi.   SHu




bilan birga 10 ta qo‘shimcha majburiyatni, chunonchi, sabr- toqat, uzlat, tavba,

dunyo mol-mulki va noz-ne’matlaridan voz kechishlik zaruratini targ‘ib etadi.

So‘fiylik   (tasavvuf)ning   Naqshbandiya   tariqati   ikki   bosqichda   shakllanib

rivojlandi.   Bu   tariqatni   dastlab   XII   asrda  Abduxoliq   Gijduvoniy  asosladi.   XIV

asrga kelib esa  Bahovuddin Naqshband  (1318-1389) bu tariqatni rivojlantirdi va

uni Yuksak takomiliga ko‘tardi.

Naqshbandiya tariqati Yuqoridagi maqsadga, ya’ni Ollohga yaqin bo‘lish,

uning marhamatiga sazovor bo‘lish uchun tarkidunyochilikni tamoman rad etadi.

Aksincha, ushbu maqsadga erishish uchun dunyo ishlari bilan mashg‘ul bo‘lish;

mehnat   qilish,   ilm   olish,   bilimli   bo‘lish,   hunar   va   san’at   bilan   shug‘ullanish,

jamiyat foydasiga faol harakat qilish, shu bilan birga ollohni doimo dilda saqlash

lozimligini targ‘ib etadi. Uning bosh qoidasi - «Dil ba yoru, dast - ba kor», ya’ni

olloh qalbingda bo‘lib, qo‘ling ish, mehnat bilan band bo‘lsin, degan o‘giti ham

shundan dalolatdir.

Naqshbandiylikning bu g‘oyalari islom dini tariqatida tub sifatiy o‘zgarish

bo‘lishi bilan birga, inson tafakkurining taraqqiyot natijasi, dunyoviy bilimlarning

rivojlanganligini tasdiqlovchi hodisa edi.

  Markaziy   Osiyoda   XIV-XV   asrlarda  ijtimoiy-   falsafiy   fikrlarning

rivojlanishi xalqimizning yirik davlat arbobi, buYuk sarkarda, fan va madaniyat

homiysi Amir Temur nomi bilan bevosita bog‘liqdir.

Amir Temur (1336-1405) SHaxrisabz (Kesh) shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or

qishlog‘ida tug‘ilgan. 25 yoshidayoq u yirik siyosatchi bo‘lib tanildi. 1370- yilda

mo‘g‘ul   xukmdorlari   ustidan   g‘alaba   qozonib   davlat   tepasiga   chiqdi   va

Movarounnaxrda   markazlashgan   davlat   tuzdi.   Keyinchalik   bir   qancha   xarbiy

Yurishlar natijasida Markaziy Osiyo va YAqin xamda O‘rta SHarqdagi mayda va

tarqoq feodal davlatchalarni birlashtirib, Temur imperiyasi deb atalgan qudratli va

yirik   davlatni   Yuzaga   keltirdi.   Bu   bilan   Osiyoning   katta   hududida   mayda

feodalliklar o‘rtasidagi urush va nizolarga barham berildi, bu erda tub iqtisodiy va

madaniy o‘zgarishlar qilindi, ipak yo‘li qayta tiklanib, savdo-sotiq qayta rivojlandi.

Bularning natijasida madaniyat, fan, san’at gurkirab o‘sdi, xalqlar o‘rtasidagi

madaniy   aloqalar   keng   avj   oldi;   deqqonchilik,   hunarmandchilik,   kosibchilik

taraqqiy topdi; mehnat qilish, jamiyat farovonligi yo‘lida harakat qilish odat tusiga

kirib avj oldi. Bu Amir Temur davriga xos buYuk ijtimoiy Yuksalish sifatlari edi.

Bu Yuksalish o‘z-o‘zidan Yuzaga kelmadi. Buning asosida, birinchidan, IX-

XII asrlarda Markaziy Osiyoda Yuz bergan SHarq uyg‘onish (Renessans) davri va

ikkinchidan, Temur tomonidan Yuzaga keltirilgan qudratli markazlashgan davlat

tartiblari yotadi. Lekin bulardan tashqari, bu Yuksalishning yana ikki muhim omili

bor ediki, bularsiz ma’naviyatning bu qadar gurkirab rivojlanishi mumkin emas

edi. Bu omillarning birinchisi  ilm-fan, madaniyat, san’at taraqqiyotiga bevosita

Amir Temurning o‘zi rahnamolik, boshchilik qilganligi; ikkinchisi Amir Temur

o‘z   davlati   ma’naviyatining   asosi   qilib   Naqshband   tariqati   ta’limotlarini

tanlaganligi bo‘ldi.




Naqshbandlik   g‘oyalarining   Amir   Temur   davri   mafkurasining   asosi   qilib

olinishi   natijasida   bu   davr   ma’naviyati   gurkirab   rivojlandi   va   o‘zining   buYuk

samarasini berdi. Bu samara Amir Temur zamonasida shakllangan va keyinchalik

temuriylar davrida rivojlangan quyidagi 4 yo‘nalishdagi buYuk maktablarda o‘z

ifodasini   topdi.   Bular   Mirzo   Ulug‘bek   boshchiligidagi   fan   taraqqiyoti,   Alisher

Navoiy   boshchiligidagi   adabiyot,   Abdulqodir   Marog‘iy   boshchiligidagi   musiqa

san’ati, Kamoliddin Behzod boshchiligidagi rassomlik san’ati maktablari edi.

Bu yo‘nalishlardagi ilm-fan, adabiyot, san’at asarlarida insonning moqiyati,

uning   ijtimoiy   sifatlari,   inson   va   jamiyat   o‘rtasidagi   munosabatlar,   insonning

mehnatsevarligi, san’atga,  hunarga, madaniyatga ishtiyoqi kabi falsafiy g‘oyalar

ifoda etildi. Bu yo‘nalishlarda, shuningdek jamiyat falsafasi g‘oyalari ilgari surildi;

odil   podshoh,   odil   jamiyat,   inson   erkinligi   kabi   ta’limot   talqin   etildi;   tinchlik,

totuvlik, obodonchilik kabi ilg‘or g‘oyalar targ‘ib qilindi.

XIV-XV   asrlar   ilmiy,   fasafiy   ta’limotlar   rivojida   buYuk   olim   va   davlat

arbobi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning (1394-1449) xizmatlari ulkandir. U XV

asr fanlar Akademiyasi hisoblangan astronomiya-matematika ilmiy maktabiga asos

soldi.   Uning   «Ziji   Ko‘ragoni»   («YUlduzlar   jadvali»)   asari   jahon   astronomiya

fanida buYuk asarlardan  hisoblanadi. Bu asarda ta’riflangan Yulduzlar  harakati

qonuniyatlari falsafada  harakat qonuniyatlarini ilmiy rivojlantirishga katta qissa

bo‘lib qo‘shildi.

Ulug‘bek ijtimoiy  falsafa rivojiga  ham o‘z  hissasini qo‘shdi. U ma’rifatli

jamiyat g‘oyasini ilgari surdi; ilmli bo‘lish, ilmiy  haqiqatni echish inson uchun

fazilat ekanligini aloqida ta’kidladi. Ulug‘bekning «Ilm olish  har bir musulmon

yigit   va   qiz   uchun   farzdir»   degan   da’vati   keyingi   davrlar   ma’rifatining

Yuksalishiga xizmat qildi.

Bu   davr   falsafiy   fikrlar   taraqqiyotida   buYuk   mutafakkir   shoir  Alisher

Navoiyning (1441-1501) xizmatlari beqiyosdir.

Navoiy dunyoqarashi Naqshbandiylik falsafasi ta’sirida shakllandi. Bu esa

o‘sha   davr   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   taraqqiyoti   uchun,   oddiy   materialistik

g‘oyalarning rivoji uchun katta omil edi.

Navoiyning   ijtimoiy   qarashlarida   inson   va   inson  hayotining   mazmuni

haqidagi chuqur falsafiy mulohazalar, insonning baxt-saodati, orzu umidlari, komil

inson va fozil jamoa, ularga etishish yo‘llari kabi masalalar keng o‘rin olgandir.

Navoiyning   ilg‘or   ijtimoiy   g‘oyalari   o‘z   davrida   va   undan   keyin   uzoq

muddat   Markaziy   Osiyoda   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   taraqqiyotiga   katta   ta’sir

ko‘rgazdi. Bu  hol XVII-XVIII asrlar Markaziy Osiyo falsafasida ayniqsa yaqqol

ko‘zga tashlanadi.

Bu   davrda   yashab   ijod   etgan  Mirzajon   SHeroziy,   YUsuf   Korabog‘iy,

Muqammad SHarif Buxoriy, Boboraxim Mashrab, So‘fi Olloyor  kabi mutafakkir

ijodkorlar   asarlarida   ko‘proq   inson   kamoloti,   jamiyat   obodonchiligi,   adolat

mezonlari   kabi   falsafiy   bilimlar   targ‘ib   etildi.   Boboraxim   Mashrab   va   So‘fi



Olloyor   ijodidagi   dunyoviy   g‘oyalar   o‘sha   davr   ilmiy-falsafiy   bilimlar

taraqqiyotiga ayniqsa kuchli ta’sir etadi.

Mirzo   Bobir  va   boburiylar  Hindistonda   markazlashgan   davlat   tuzib

temuriylar hukmronligini o‘rnatishlari natijasida Hindiston tuprog‘ida, shuningdek

bir qancha SHarq mamlakatlarida Amir Temur davri ma’naviyati va g‘oyalari keng

tarqaldi.   Bu   o‘rinda   Mirzo   Boburning   «Boburnoma»   asari   muhim   aqamiyatga

egadir. Unda Markaziy Osiyoda  yashagan  el va elatlar, geografik muhitlarning

o‘ziga   xos  hususiyatlari,   erli   xalqlar   milliy   g‘oyalari,   axloqi,   madaniyati  tahlil

etiladi.

Bu davrda Hindistonda yashab ijod etgan, asli temurzodalardan hisoblangan

Mirza  Bedil  (1644-1721)   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   taraqqiyotga   muhim   qissa

qo‘shdi. 

Mirza Bedil Sharq poeziyasining betakror namoyondasi. U yaratgan poetik

asarlar   o‘zining   falsafiy   va   mantiqiy   mazmuni   bilan   ajralib   turadi.   Bedil

poeziyadan tashqari ilm-fanning ko‘p sohalari bilan ham shug‘ullangan. Uning 16

kitobdan   iborat   «Kullyot»,   «CHor   unsur»   («To‘rt   modda»),   «Irfon»   («Bilim»),

«Nuqot» («Hikmatli so‘zlar»), «Ruboiyot», «G‘azaliyot» va boshqa asarlari ana

shundan dalolat beradi.

Bedil dunyoqarashi, A. Navoiy singari, panteizm ta’limoti asosida 

shakllangandir. Ya’ni, u butun olam, koinot, insonlar va ilohiyot (xudo, olloh) bir 

butunlikni tashkil etib, bir-birlari bilan uzviy bog‘liqlikda mavjuddir. Boshqacha 

aytganda, ilohiyot insonlar va tabiatdan tashqarida emas, balki ular bilan birgalikda

mavjuddir. Bedil fikricha, shishagar shisha yasar ekan, shisha yasaydigan 

ustaxonasidan tashqarida bo‘lmaydi. Olloh ham olamni nazorat qilar ekan, shu 

olamdan tashqarida emas.

Bedil   dialektikasi   bo‘yicha   barcha   narsa   va  hodisalar  harakat   qilish   va

o‘tkinchilik   xususiyatlariga   ega.   YA’ni,   narsa   va  hodisalar   doimo  harakatda

bo‘ladi; shuning uchun  ham ular bir zaylda qotib qolmay, bir  holatdan ikkinchi

holatga o‘tib boradi. Inson  ham  harakat qilib o‘sadi, voyaga etadi, keksayadi va

nihoyat, o‘tib ketadi.

Bedil bilish jarayonini ikki bosqichga bo‘ladi: 

1. Hissiy bilish,

2. Aqliy bilish. 

Bular   o‘rtasida   aloqadorlik   bo‘lib,  hissiy   bilish   aqliy   bilishga   o‘tganidan

so‘nggina narsa va hodisalar mohiyatini bilishi mumkin.

Bedil   o‘z   asarlarida   adolatli   shohni,   jamiyatda   adolat  hukm   surishini,

insonlarning ozod va obod yashashlarini orzu qiladi.

XIX   asrning   ikkinchi   yarmida   bizning   tuprog‘imizga   CHor   Russiyasi

bostirib   kirib,   Markaziy   Osiyoning   katta   qismini   mustamlaka   mamlakatga

aylantirdi. Xalqning ahvoli yanada og‘irlashdi. Bu ahvoldan qutilib chiqish uchun

odamlarning   ongini   oshirish,   yangi   maktablar   ochib   xalqqa   dunyoviy   ta’lim

berishni kengaytirish, odamlarni til (ayniqsa rus tilini) bilishga chaqirish zarur edi.




Shuning   uchun  ham   bu   davr   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   taraqqiyotida   Amir

Temur   davri   ma’naviyatining   talablari   bir   qadar   saqlanib   qolishi   bilan   birga,

ma’rifatparvarlik   g‘oyalarining   keng   targ‘ib   qilishga,   ya’ni   dunyoviy   fanlarni

o‘qish-o‘rganish, rus tilini bilishga, ma’rifatli bo‘lishga e’tibor qaratildi.

Bu jihatdan yirik ma’rifatparvar Ahmad Donishning (1827-1897) ijtimoiy

fikrlari   e’tiborga   loyiqdir.   Ahmad   Donish   xalqqa   erkinlik   beradigan,   maorifni

rivojlantiradigan jamiyat bo‘lishi kerak va bu jamiyatda odil podshoh  hukmron

bo‘lmog‘i lozim, degan g‘oyani ilgari surdi. Xalqni ma’rifatga chaqirdi, yangi usul

maktablar ochishni, rus tilini o‘rganishni targ‘ib etdi.

Bu   g‘oyalar   xalqimizning   mutafakkir   shoirlari   Furqat,   Muqimiy,   Zavqiy,

qaraqalpoq xalqining buYuk shoiri Berdimurod Berdaq ijodlarida ham keng o‘rin

egalladi. SHuning uchun ham bu mutafakkirlarni umumiy holda ma’rifatparvarlar,

ularning   asosiy   ijtimoiy-fikriy   yo‘nalishlarini   ma’rifatparvarlik   yo‘nalishi   deb

aytamiz.


Markaziy   Osiyoda   ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   taraqqiyotining   o‘ziga   xos

xususiyatlarini tahlil etib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

1.   Markaziy   Osiyo   falsafiy   tafakkuri   tarixi   jahon   falsafasi   tarixiy

taraqqiyotining ajralmas va mazmunan boy qismidir.

2. Uning  asosiy  ilmiy-nazariy yo‘nalishlaridan biri inson  falsafasi  bo‘lib,

inson   axloqi,   axloqlilikning   ijtimoiy   mohiyati   kabi   masalalarga   alohida   e’tibor

qaratdi.

3. Ijtimoiy falsafani bir muncha teran tahlil etib, odil jamiyat, odil hukmron

g‘oyalarini dadil targ‘ib etdi.

4.   Bilish   jarayoni   bo‘yicha   o‘ziga   xos   nazariyalarni   ilgari   surdi.   Bular

orasida   sezgilar   yordamida   bilish,   uning   aqliy   bilish   tomon  harakati   va   bular

o‘rtasidagi o‘zaro uzviy bog‘liklar  haqidagi ta’limotlar bilish to‘g‘risidagi ilmiy

falsafaning shakllanishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

5. Oddiy dialektikaning rivojlanishiga o‘ziga xos hissa qo‘shdi. Bu o‘rinda

inson   tanasi  hayotiy   faoliyatining   aniq   va   muayyan   qonunlar  hamda   tartiblar

asosida  harakatga   kelishi  haqidagi,   moddiy   borliqdagi   va   fazodagi   barcha

predmetlar  hamda   sayyoralarning  harakatlari   muayyan   tartib-qoidalarga

bo‘ysinganligi haqida fikrlarni alohida ta’kidlash lozim.

6.   Panteizm   ta’limotining   materialistik   (sharqona   -   «Vahdati-mavjud»)

yo‘nalishini   targ‘ib   etib,   predmet,   voqea-hodisalarning   bir   butun   yaxlitlikda

mavjudligi haqidagi materialistik ta’limotni boyitdi.

7.   Markaziy   Osiyo   falsafiy   tafakkuri   taraqqiyotida   so‘fiylik   ta’limoti-

tasavvuf falsafasi g‘oyalarining o‘ziga xos ahamiyati bor. Tasavvuf falsafasining

Yuqori pog‘onasi hisoblangan Bahovuddin Naqshband g‘oyalari diniy falsafaning

tor doirasidan chiqib, inson mohiyati, uning hayot mazmuni haqida g‘oyatda ilg‘or

ta’limot   yaratdi.   Bu   bilan   Markaziy   Osiyoda   islom   dini   mohiyatiga   va   uning

targ‘ibotiga yangicha, sifatiy o‘zgarish yasadi. 

Markaziy Osiyo falsafasi o‘zining bu va boshqa xususiyatlari bilan  jahon

ijtimoiy-falsafiy fikrlari taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. 



Vahdad ul-vujud(jismoniy birlik)-SHarq mam-lari, Mar. Osiyo, Hindiston

xalqlari   fal-fiy   qarashlarida   keng   tarqalgan   oqim.   Asoschisi-   Muhiddin   Ibn   al-

Arabiy.   Vahdad   ul-vujudning   asosiy   tamoyili-“dunyo   Xudo   demakdir”,   ya’ni

bktkn borliq yagona ijtimoiy mohiyat, yagona ilohiy substansiyadan iborat. Ayrim

namoyandalari   Xudoni   o‘rgimchakka   o‘xshatib,   o‘rgimchak   o‘zidan   ip

chiqarganidek, Xudo ham o‘zidan borliqni yaratadi. 

Vahdat   ul-mavjud   “Xudo-dunyo   demakdir   degan   mazmunni   bildirib,

panteizm   mazmunida   bo‘lib,   Xudoni   inkor   qilmagan   xolda   ,   dunyoning

abadiyligini , Xudo bilan moddiy olamning birligin e’tirof etib, Xudoni olamning

o‘zida deb hisoblaydilar.

XX-XXI asr o'zbek falsafasi. XX asr o'zbek falsafasi kam o'rganilgan ziddiyatli

davrni qamrab oladi. Chunki hozirgi davr 

tanqidchilarida   sovet  davrida  falsafa  bo'lmagan,   u  davrda  intellektual  hayot

o'lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim 

hollarda ba'zi mardlargina o'zlarining g'oya va qarashlarini ayta olganlar degan

fikr shakllangan. Biroq bu noto'g'ri fikr. 

Chunki aynan XX  asr boshlarida shakllangan  jadidchilar harakati  jamiyatni

ma'rifat orqali yangilash g'oyasini ilgari 

surganlar, Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat kabilar bir guruh yoshlarni chet elga

o'qishga yuborib, yangi avlod ziyolilarini 

tarbiyalashga o'zlarining munosib hissasini qo'shganlar.

1917 yilda bolsheviklar partiyasi g'alaba qozonib, dunyo xaritasini katta Sovet

ittifoqi degan mamlakat egallab, unda 

partiyaviylik mafkurasi hukmronlik qilsada, O'zbekistonda falsafiy fikr rivoji

to'xtab qolgan emas. 

Falsafaning fidoyilari yangi qaror topgan siyosiy tizimda yashab, ishlab va juda

ko'p sinovlardan o'tishlari lozim bo'ldi. 

Ayrim   ziyolilar   chet   elga   qochib   ketdilar,   ko'pchilikda   esa   marksizm

g'oyasining haqiqiy insonparvarligiga qat'iy ishonch 

shakllandi va shu bois shu yo'nalishda faoliyat olib bordilar. Biroq muayyan

darajada sovet mafkurasi ta'siri bo'lsada, o'tgan 

asrda o'zbek falsafasi to'rt yo'nalishda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston

Milliy universiteti falsafa fakul`teti, 

O'zbekiston Fanlar Akademiyasining falsafa va huquq instituti, viloyatlar oliy

o'quv yurtlari falsafa bo'limlari, 

O'zbekiston   falsafa   jamiyati   va   O'zbekiston   faylasuflari   milliy   jamiyati

faoliyatida namoyon bo'ldi . o'z ifodasini topdi va 

olimlar   o'z   falsafiy   qarashlarini   ifoda   eta   oldilar.   Darhaqiqat   I.A.Karimov

aytganlaridek, “Bizda bir emas, ikkita 

faylasuflar jamiyati, maxsus Falsafa va huquq instituti, oliy o'quv yurtlaridagi

falsafa kafedralarida ishlayotgan yuzlab 

fan nomzodlari va doktorlari, professorlari borku! Albatta, falsafa zamon va

makon bilan bog'liq murakkab fan ekanini 

tushunamiz. Shu bois, haqiqatni topish uchun qarama-qarshi fikrlarni o'rtaga

tashlaylik, muhokama qilaylik. Talabalar, ziyoli 



yoshlarimizning o'zi kerakli xulosani chiqarib olsin”1.

Mirzo   Ulug'bek   nomidagi   O'zbekiston   Milliy   universiteti   falsafa   fakul`teti.

1922 yilda O'rta Osiyo davlat universiteti 

(hozirgi O'zMU) ijtimoiy gumanitar fanlar fakul`tetida falsafa fanidan o'quv

mashg'ulotlarining olib borilishi, bu 

boradagi dastlabki qadam bo'ldi.

1935   yilda   birinchi   «Dialektika   va   tarixiy   materializm»   kafedrasi   tashkil

qilindi. Shu yillari kafedrada N. Kosenkov, 

L.YE.Garber,   A.T.Ayupov,   V.S.Nikitchenko,   K.S.Sadikov,   X.U.Umarov,

K.M.Maxmudov, X.J.Jalilov, A.M.Vaysman, V.Dalievlar, 

shuningdek   o'rindoshlik   asosida   I.M.Mo'minov,   J.M.Babaevlar   ilmiy-

pedagogik faoliyat olib borganlar. 

1944  yilda  Dialektika  va  tarixiy  materializm  kafedrasi   tarkibidan  «Falsafa»

kafedrasi ajralib chiqqan. Aynan 

“Falsafa”   kafedrasi   negizida   1962   yilda   “Ilmiy   kommunizm”,   1967   yilda

“Tabiiy va gumanitar fakul`tetlar falsafa” 

kafedralari tashkil qilingan. Kafedralar tarkibi milliy kadrlar bilan boyib bordi.

1960   yillarda   kafedrada   45   ta   professor-o'qituvchi   faoliyat   olib   borgan.   Bu

davrda falsafa mutaxassisligi bo'yicha 

universitetning o'zida kadrlar tayyorlash imkoniyati paydo bo'lgan. Professor

A.Ayupov, V.S.Nikitchenko, H.Umarov sa'y 

harakatlari   bilan   oliy   ta'lim   vazirligida   bu   masalaga   ijobiy   yondoshilib,

universitetning tarix fakul`tetida 1963-1964 

o'quv yilidan boshlab falsafa bo'limi tashkil qilingan va unga H.Umarov rahbar

etib tayinlangan. O'quv rejasi asosida 

respublikaning yirik olimlari jalb qilinib, falsafa bo'yicha mutaxassis kadrlar

tayyorlash jarayoni boshlangan.

Shu  yillarda  ilmiy  ishlar   rivoj   topib  yuqori  malakali   kadrlar   yetishib   chiqa

boshlagan. 1962-1967 yillarda 18 ta falsafa 

fanlari   nomzodi   tayyorlangan.   1962-1992   yillar   davomida   gumanitar

fakul`tetlar “Falsafa” kafedrasini boshqargan 

professor   A.T.Ayupov   boshchiligida   dotsentlar   G'.Shoyusupova,

A.I.Abdusamedov, K.S.Sadikov, K.I.Ivanova, I.Rahimov, 

V.S.Nikitchenko   va   boshqalar   dastlab   falsafa   bo'limi,   keyin   falsafa

fakul`tetining milliy kadrlarni tayyorlash faoliyatida 

katta   rol   o'ynadilar.   O'sha   yillarda   falsafa   bo'limi   professor-o'qituvchilari

nafaqat o'quv jarayoni, balki ilmiy bilish 

sohasida  faol ishtirok qilganlar. 1974 yilda K.I.Ivanovaning “Ilmiy bilishda

sababiylik tamoyili” nomli monografiyasi, 

professor   L.YE.Garber,   A.T.Ayupov,   U.Xaydarov,   B.To'ychiev,

V.G.Chernixlarning “Ilmiy bilish mantig'i va metodlari”(1986) 

mavzusidagi turkum asarlari nashr qilingan.

O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi E.YU.Yusupov, professorlar

M.V.Vohidov, I.R.Rahimovlar 1980-2005 yillarda 




O'zbekistonning   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy-madaniy   taraqqiyotining   falsafiy

muammolari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari 

olib borish bilan birga, darslik va o'quv qo'llanmalari yozganlar, yosh kadrlarni

tayyorlashga o'zlarining munosib hissasini 

qo'shganlar.   Shu   yillar   davomida   J.Babaevning   “Falsafa   asoslari”   o'quv

qo'llanmasi, E.Yusupovning tahririda “Falsafa” 

(1985)   darsligi,   I   Raximovning   “Mantiq   fanidan   seminar   mashg'ulotlari”

(1984) o'quv qo'llanmalari nashr qilingan. 

Falsafa   bo'limida   o'qitiladigan   fanlarning   differentsiallashuvi   natijasida

“Mantiq”, “Falsafa tarixi” va 

“Dinshunoslik”   kafedralari   tashkil   qilingan.   O'sha   yillarda   falsafa   bo'limi

professor-o'qituvchilari nafaqat o'quv 

jarayoni, balki ilmiy ishlar sohasida ham faol ishtirok qilganlar.

Mustahkam   poydevor   yaratilgach,   1979   yilda   tarix   fakul`teti   tarkibidan

“Falsafa, iqtisod va psixologiya” bo'limlari 

ajratilib, uchta mutaxassislikni birlashtiruvchi yangi falsafa-iqtisod fakul`teti

tashkil qilingan va falsafa fanlari 

nomzodi,   professor   G.SH.Shoyusupova   (1979-1985)   dekan   lavozimida

ishlagan. 

Bu   esa   falsafa   fanining   yanada   chuqur   va   keng   o'rganilishi   yo'lidagi   dadil

qadam bo'ldi. Yangi kafedralar tashkil qilinib, 

falsafani o'qitishga differentsial yondoshuv shakllandi. Shu yillarda fakul`tetda

pofessorlar: - M.Xayrullaev, M.Baratov, 

L.YE. Garber, V.N.  Moroz,  M.  Nurmatov  f.f.n  dotsent  M.Q.  Aripov,  f.f.n.

dotsent M.Daliev, dotsent E.N. Abramyan, Z.Mo'minova, 

dotsent   T.M.Ramazanov,   I.R.Ramazanov,   R.Nosirov,   SH.B.Qahharova,   M.

Usmonov, I.L. Turchaninov, fakul`tetning bitiruvchi 

yoshlari M. Sharipov, B.To'ychiev, E.Mo'minov, A.O'tamurodov, I.Ergashev,

o'rindoshlik asosida professorlar M.N. Abdullaeva, 

H.Aliqulov va boshqalar ilmiy pedagogik faoliyat olib borganlar.

1990 yilda universitet yangi Nizomi qabul qilinib, uning keyingi taraqqiyot

yo'llari, vazifalari, huquqlari, xalq hayotidagi 

mavqei yangi dunyoqarash nuqtai nazaridan  belgilab olindi. Shu bois 1991

yilda fakul`tet tarkibidan “Iqtisod” bo'limi 

ajraldi va   “Falsafa, sotsiologiya va psixologiya” bo'limlari va 9 kafedradan

iborat “Falsafa” fakul`teti yoshlar ongiga 

mustaqillik   mafkurasining   mazmun   va   mohiyatini   singdirish,   yangi

dunyoqarashni shakllantirish yo'lida fidokorona mehnat 

qildilar.

1989-2007 yillarda “Falsafa tarixi va mantiq” kafedrasining mudiri lavozimida

ishlagan professor S.A.Yo'ldoshev kafedra 

a'zolari   bilan   hamkorlikda   Sharq   va   G'arb   xalqlari   tarixi,   Markaziy   Osiyo

xalqlari falsafasi va ijtimoiy axloqiy 

qarashlarini   o'rganish   bilan   bir   qatorda,   mantiq   fanining   keng   qamrovli

o'rganilishiga ham alohida e'tibor qaratib kelgan. 



Magistraturada   ushbu   yo'nalish   bo'yicha   mutaxassislik   ochishga   boshchilik

qilgan. Pokiston va Eron falsafasini O'zbekistonda 

chuqur o'rganilishiga munosib hissa qo'shgan.

 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi

farmoniga ko'ra, Toshkent Davlat 

universitetiga   “Milliy”   maqomi   berilishi,   fakul`tet   professor   o'qituvchilariga

mas'uliyat yuklashi bilan bir qatorda yangi 

faoliyatga   chorladi.   Ular   falsafiy   bilimlarni,   yangilangan   tafakkur   nuqtai

nazaridan yoritish bo'yicha faol ish olib 

bordilar. 

2002   yilda   yangi   “Falsafa   va   fan   metodologiyasi”   kafedrasining   tashkil

qilinishi falsafadagi ijtimoiy muammolar bilan 

bir   qatorda,   fundamental   masalalarning   o'rganilishiga   keng   imkoniyatlar

yaratdi. “Falsafaning metodologik muammolari” 

ilmiy   maktabiga   asos   solindi.   Bugungi   kunda   ushbu   maktab   tadqiqotchilari

tomonidan “gerontologiya” - qariyalik muammosi, 

“tanatalogiya” - o'lim va barhayotlik muammosi, “fenomenologiya” insonning

individual ijtimoiy ongiga ta'sir qiluvchi 

omillar   muammosi,   ”germenevtika”   -   tushunish   va   tushuntirish   muammosi,

“epistemologiya”, “fan falsafasi” kabi 

muammolarning   falsafiy   tahliliga   qiziqishning   kundan   kunga   ortib   borishi

yangi avlod faylasuflarining yuqori 

intellektual   salohiyatga   egaligi   va   ayni   paytda   ularni   ilmga   yo'naltiruvchi

munosib ustozlar borligidan dalolat beradi.

O'tgan   yillar   davomida   fakul`tet   bitiruvchilari   nafaqat   pedagogik   faoliyati,

balki ilmiy salohiyati bilan falsafiy fanlar 

bo'yicha   yangi   o'quv   adabiyotlarini   yaratish   jarayonida   ham   faol   ishtirok

qildilar. I.Saifnazarov muallifligida “Kurs lektsiy 

po filosofii” (2001), “Ilmiy ijod metodologiyasi” (2004), “Fanlarning falsafiy

masalalari” (2007 I.Rahimov 

A.O'tamurodov   hamkorligida   “Fanlarning   falsafiy   masalalari”   (2005),

D.Fayzixo'jaeva va M.Sharipovlar hammuallifligida 

“Mantiq” (2004) o'quv qo'llanmalari, S.Mamashokirov tahriri ostida Falsafa

(2005 lotin tilida), “Milliy istiqlol g'oyasi: 

asosiy   tushuncha   va   tamoyillar”   (2004),   “O'zbekistonda   yangi   jamiyat

qurilishining g'oyaviy-mafkuraviy masalalari” (2005), 

“Erkin va farovon hayot qurilishining g'oyaviy mafkuraviy masalalari” (2007)

o'quv qo'llanmalari, Q.Nazarov tahriri ostida 

“Falsafa   qomusiy   lug'at”   (2004),   “G'arb   falsafasi”   (2004),   “Jahon   falsafasi

tarixidan lavhalar” (2005), “Milliy g'oya asosiy 

tushuncha   va   tamoyillar”   o'quv   qo'llanmasi   (2001),   “Milliy   g'oya   asosiy

tushuncha va tamoyillari lug'ati” (2005), “Milliy g'oya va 

rahbar   mas'uliyati”   (2008),kitoblari,   yakka   muallifligida   “Bilish   falsafasi”

(2005), “Qadriyatlar falsafasi” (2004) o'quv 




qo'llanmalari, N.A.Shermuxamedova muallifligida “Filosofiya i metodologiya

nauki” (2003) o'quv qo'llanmasi, “Falsafa va 

fan   metodologiyasi”   (2005),   “Gnoseologiya”   (2007),   Gnoseologiya   –   bilish

nazariyasi (2009) darsliklari, A.Ochildievning 

“Milliy   g'oya   va   millatlararo   munosabatlar”   (2004),   YE.Emirovaning

“Metodika prepodavaniya filosofii” (2004), shuningdek 

A.Strel`tsova  bilan hamkorlikdagi  “Vvedenie  v spetsial`nost`»  (2009) o'quv

qo'llanmasi kabi qator yangi adabiyotlarining nashr 

qilinishi fakul`tetning katta ilmiy salohiyatga egaligidan dalolat beradi.

O'zMUning   90   yillik   tarixida   Falsafa   bo'limining   45   yillik,   falsafa

fakul`tetining deyarli 30 yillik faoliyati o'z o'rniga 

ega.  Zero,  bugungi  kunda  yangilangan   tafakkur  egalari  o'zbek   falsafasining

nomini dunyoga tanitmoqdalar. Azaliy falsafiy 

muammolarga   yangicha   yondoshmoqdalar.   “Ustoz   va   shogird”   maktabining

yangi avlodi shakllanmoqda, yangi ilmiy maktablarga asos 

solinmoqda.   Fakul`tetning   1500   mingdan   ortiq   bitiruvchilaridan   shu   yillar

davomida 40 ta fan doktorlari va 200 dan ortiq 

fan nomzodlari yetishib chiqdi.

O'zbekiston   Respublikasi   Fanlar   Akademiyasining   I.Mo'minov   nomidagi

Falsafa va huquq instituti. O'zbekistonda falsafa 

fanining   rivojiga   nafaqat   falsafa   fakul`teti   professor   o'qituvchilari,   balki

O'zbekiston fanlar akademiyasining 1957 

yilda   I.M.Mo'minov   tashabbusi   bilan   tashkil   qilingan   “Falsafa   va   huquq”

institutining ilmiy xodimlari ham munosib 

hissa qo'shdilar. Ilmiy tadqiqot institutida dastlab “Tabiatshunoslik”, “Falsafa

tarixi” bo'limlari faoliyat olib bordi. 

Keyinchalik institut tarkibi yangi yosh milliy kadrlar bilan boyib bordi hamda,

“Dialektika va bilish nazariyasi”, 

“Ijtimoiy   falsafa”,   “Etika”   kabi   bo'limlar   tashkil   qilindi.   Institutning   asosiy

faoliyati falsafa, fan va madaniyat 

tarixini ob'ektiv o'rganish, ma'naviyatning yangi milliy qirralarini izlash, xalq

ma'naviyatini yangi bilimlar bilan 

boyitish,   millatning   ma'rifiy   ruhini   ko'tarishga   yo'nalgan   edi.   Bu   sohada

Ibrohim Mo'minov, Muzaffar Xayrullaev, Mo'bin 

Baratov,   Erkin   Yusupov,   Karim   Sodiqov,   Mirahmad   Abdullaev,   Haydar

Aliqulov, Rasul Nosirov, Muhammadjon Boltaev, 

Anvar   Sharipov,   Gulchehra   Navro'zova   va   boshqalarning   ilmiy   tadqiqotlari

e'tiborga sazovordir.

Ijtimoiy falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik falsafasi sohasida Rustam

va Tel`man Abdushukurovlar, Haydar 

Po'latov, Abdulxay Valiev, Oysara Umrzoqova, Naim G'oyibov, Abduvosid

Yo'ldoshev, Maxmud Abdullaev, Said Shermuxamedov, 

Qo'chqor   Xonazarov,   Xotima   Shayxova,   Abdulxafiz   Jalolov,   Jo'ravoy

Yaxshilikov, Qiyom Nazarov, Viktor Alimasovlar samarali 

ishladilar va ishlamoqdalar.



Ontologiya va bilish nazariyasi, tabiatshunoslik falsafasi, fan metodorlogiyasi

bo'yicha Jondor Tulenov, Bahrom Ismoilov, 

Omonulla   Fayzullaev   kabilar   boshlagan   an'analarni,   Mahbuba   Abdullaeva,

Baxtiyor Karimov, Baxtiyor To'raev, Ra'no 

Imomalieva, E'tibor Hoshimova, Shuhrat Qo'shoqov, Hakima Salomova, Oqil

Fayziev, Alima Berdimurodova, Nariman 

Eshmetov,   Shavkat   Mamadaliev,   Ziyodullo   Davronov,   Karima   Tulenova,

Emina Izzetova va boshqalar davom ettirmoqdalar.

Birgina 2003 yilda institut xodimlari 31 ta turli yo'nalishdagi ilmiy tadqiqot

loyihasiga ega bo'ldilar. Bugungi kunda 

falsafa va huquq instituti yangi yosh kadrlar bilan boyib bormoqda.

I.Mo'minov.   (1908-1974)   akademik,   falsafa   fanlari   doktori,   professor.

I.Mo'minov tomonidan 1956 yilda O'zbekiston 

Fanlar   Akademiyasining   “O'zbekistonda   ijtimoiy   fanlar”   jurnaliga   asos

solinishi ilmiy tadqiqot ishlari tarkibi va 

mavzulari   doirasining   nisbatan   kengaytirilishi   ijodiy   erkinlikka   yo'l   ochdi.

1957 yilda I.Mo'minov tashabbusi bilan O'zFa 

huzurida   “Falsafa   va   huquq   instituti”   tashkil   qilingan.   (O'zbek

entsiklopediyasining birinchi mas'ul muharriri bo'lgan.)

I.M.   Mo'minov   o'zbek   faylasuflaridan   birinchi   bo'lib,   totalitar   tuzumning

millatni ma'naviy qadriyatlardan mahrum etish, 

milliy   ongni   buzish   va   o'z-o'zini   anglashga   yo'l   qo'ymaslikka   intilib,

kommunistik mafkurani shakllantirishga jon-jahdi 

bilan harakat qilayotgan bir paytda, tarixiy va ma'naviy merosni, o'zbek xalqi

va Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari yaratgan 

boy ma'naviy qadriyatlarni har tomonlama o'rgandi. 

I.M   Mo'minovning   Abu   Rayxon   Beruniy   tavalludining   1000   yilligiga

bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro konferentsiyada “Beruniy 

–entsiklopedist   olim”   mavzusida   ma'ruzasi   qilishi   va   “Xorazmlik   buyuk

entsiklopedist” monografiyasining o'zbek, rus, 

ingliz va frantsuz tillarida nashr qilinishi olamshumul voqea bo'ldi. Xususan u

“Biz buyuk xorazmlik olim Beruniyga 

vatanparvarligi,   insonparvarligi   uchun,   olimning   quvonchi   va   baxtini

umuminsoniylik va milliylik, umumiylik va 

xususiylik   birligida   ko'ra   olgani   uchun   buyuk   hurmat   bilan   qaraymiz.

Beruniyda vatanparvarlik izchil insonparvarlik bilan 

uzviy bog'lanib ketadi” 1deb e'tirof etadi. O'sha davrda o'tmish mutafakkirlari

va olimlarining insonparvarlik salohiyati, 

qarashlari va ta'limotlaridagi nodir milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida

hech narsa deyilmagan yoki ular inkor 

qilingan   bir   vaziyatdagi   bu   sa'y   harakat   milliy   falsafa   rivojidagi   dastlabki

uchqun bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Olim turli manba va ilmiy adabiyotlardan foydalangan va ularni sharhlagan

holda Amir Temurning shaxsi va faoliyatini 




ob'ektiv tahlil qilishga va baholashga harakat qildi. I.Mo'minov o'sha davrdagi

ilm ahlini Amir Temurning milliy 

davlatchilikni shakllantirishdagi roliga to'g'ri baho berishga chaqirdi va1969

yilda YUNESKO homiyligida Samarqand 

shahrinnig 2500 yilligi, Temur va Temuriylar davridagi O'rta Osiyo san'atini

o'rganishga bag'ishlangan konferentsiyada “Amir 

Temurning O'rta Osiyoda tutgan o'rni va roli”mavzusida ma'ruza qildi, jiddiy

muhokamalardan so'ng ma'ruza o'zbek va rus 

tillarida   nashr   qilindi.   U   ”Bunday   shaxsning   yuzaga   kelishi   davrning,

zamonning taqozosi, Chig'atoy ulusining zulmi, mayda 

feodal   beklarni   vahshiyona   ezishi,   mo'g'ul   xonlari,   Oltin   O'rda   beklarining

Movaraunnahrdagi to'xtovsiz bosqinchilik 

yurishlari,   azoblangan,   xonavayron   bo'lgan,   150   yil   davomida   chet   el

hukmronligidan tinkasi qurigan mamlakatning, xalqning 

mustaqillikka   erishish   talabi   edi.   Bu   tarixiy   zaruriyat   Temurda,   uning

lashkarboshilarida ravshan ko'rindi. Temur davlat 

arbobi  sifatida   ma'lum  darajada  bu  ehtiyojni,  talabni,  zaruriyatni  o'zida   aks

ettirdi, ya'ni Movanaunnahrda mustaqil 

markaziy birlashgan davlat tuzdi, mamlakat ehtiyojlariga javob berdi. Mulkdor

sinflar, savdogarlar, karvonsaroy egalari 

hamda ma'lum ma'noda aholi talablariga peshvoz chiqib, mamlakatning ko'p

joylarida qurilishlar qildirdi, kamida yuz 

yigirma   yil   davomida   nisbatan   osoyishtalik   o'rnatdi.   Bu   shubhasiz,

mamkalakatda iqtisod, madaniyat, fan, adabiyot va 

san'atning   o'sishida   muhim   omil   bo'ldi.   Temurning   O'rta   Osiyo   tarixidagi

xizmati, bizningcha ana shulardan iboratdir”1 deb 

ta'kidladi. 

Amir Temur O'rta Osiyoni birlashtiribgina qolmasdan, balki Rusga va boshqa

Yevropa xalqlariga, shuningdek Shimoliy Afrika 

xalqlariga, birinchi navbatda Misr xalqiga yordam ko'rsatdi.2 Bu asari bilan

I.Mo'minov ba'zi tarixchilarning “Amir Temur 

o'zidan   vayrona   va   kuldan   boshqa   hech   narsa   qoldirmadi”,   “Temur   va

Chingizxon bir tarzda ish ko'rdi” degan uydirma 

da'volarning   asossiz   ekanligini   isbotladi.   Bu   totalitar   mafkura   hukmronlik

qilgan davrdagi buyuk jasorat namunasi edi. 

Shu bois u ma'muriy –buyruqbozlik tizimi mafkurasining keskin tanqidi va

adolatsiz tazyiqiga uchradi. Chunki marksistik 

mafkura uchun millatning o'z –o'zini angalashga asos bo'ladigan ilmiy tarixiy

dalillar emas, balki millatlar va xalqlarni 

tarixiy   ildizlaridan   va   qadriyatlaridan   uzib   qo'yadigan   kommunistik   ongni

shakllantirish muhimroq edi. Shunday bo'lsada 

1976-1977 yillarda uning 4 jildlik “Tanlangan asarlari” nashr qilindi. Ushbu

kitoblarga I.Mo'minovning nafaqat O'rta Osiyo 

mutafakkirlari, (Mirzo Bedil, A.Beruniy, YU.Qoshg'ariy, A.Navoiy, A.Jomiy),

balki g'arb falsafasi namoyondalari (Gegel, 



Kant, Yum, Fixte) ijodiga bag'ishlangan asarlari jamlangan. 

Mustaqillikka   erishgach   Mo'minovning   ijodi   va   jamoatchi   arbob   sifatidagi

faoliyatiga munosabat o'zgardi. U fan, falsafa 

ravnaqiga qo'shgan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari”ordeni bilan taqdirlandi.

“Falsafa va huquq instituti” uning nomi bilan 

ataldi.   I.Mo'minov   yaratgan   ilmiy   maktabning   dastlabki   qaldirg'ochlari   o'z

maktablarini yaratishga muyassar bo'ldilar va ustoz 

ishini davom ettirdilar. 

Tulenov   Jondor   (1927-2002)   akademik,   falsafa   fanlari   doktori,   professor.

Asosiy ijodi dialektika va bilish nazariyasi, 

ilmiy tafakkur uslubi masalalariga bag'ishlangan. XX asrning 70-80 yillarida

falsafani o'rganishda nisbatan erkinlik 

shakllandi va shu bois dialektik mantiqning rivojiga yo'l ochildi. O'zbekistonda

J.Tulenovning dialektika maktabi 

shakllandi.   Qozog'istonlik   o'zbek   olimi   1971   yildan   O'zbekistonda   ilmiy

faoliyatini davom ettiradi. U 350 dan ortiq ilmiy 

ishlar muallifi. J.Tulenov o'zining “Qonun falsafiy kategoriya sifatida” (Zakon

kak filosofskaya kategoriya 1959) asarida 

qonunlar tuzilishi jihatidan uch asosiy komponentlardan iborat deb ko'rsatadi:

Ular 1) ob'ektiv asosga ega, ya'ni predmet va 

hodisalarning   umumiy   nisbatan   barqaror   zaruriy   aloqalarini   ifodalaydi;   2)

harakatning o'ziga xos usuliga ega, ya'ni 

voqealar   xarakteri   va   yo'nalishini   aniqlaydi;   3)   yuqorida   ko'rsatilgan   ikki

komponent o'rtasida bog'lovchi element vazifasini 

bajaruvchi muayyan sharoitlar mavjudligida namoyon bo'ladi. Demak qonun-

bu predmet va hodisalarning zaruriy, nisbatan 

barqaror   munosabatlari   majmui   bo'lib,   ular   voqealarning   yo'nalishi   va

xarakterini aniqlaydi. Qonun namoyon bo'lishning 

turli   shakllari   bilan   xarakterlanadi.   Qonunning   namoyon   bo'lish   shalklariga

quyidagilar kiradi: 1) qonunning stixiyali 

anglanilgan kuch sifatida namoyon bo'lishi; 2) qonunning hukmron tendentsiya

va aniq shaklda namoyon bo'lishi(dinamika va 

statika qonunlari); 3) qonunning katta va kichik kuch bilan harakati. 

Ob'ektiv   qonunlar   tizimi   ham   turli   tumanligi   bilan   xarakterlanadi.1)Qonun

qamrab olgan ob'ektiv jarayonlar nuqtai 

nazaridan tabiiy va ijtimoiy qonunlar farqlanadi; 2) Jarayonlarga ta'sir darajasi

nuqtai nazaridan asosiy va asosiy 

bo'lmagan qonunlar; 3) harakat sharoitlari nuqtai nazaridan xususiy, umumiy

va eng umumiy qonunlar farqlanadi. 

J.Tulenovning   kategoriyalar   haqidagi   fikrlari   ham   diqqatga   sazovordir.

Jumladan u a) dialektika kategoriyalari ob'ektiv 

dunyoning umumiy qonuniyatlarini ifodalaydi va ontologik mazmunga ega; bu

inson ongiga bog'liq bo'lmagan holda mavjud 

bo'lgan voqelik rivojlanishi va harakatining aloqadorligi bilan bog'liq umumiy

qonun; 2) dialektika kategoriyalari umumiy 



tushunchalar sifatida inson  fikrining shaklidir va bilishning tayanch nuqtasi

hisoblangan mantiqiy mazmunga ega; 3) 

dialektika kategoriyalarining shalklanishi va rivojlanishi asosi bo'lgan amaliyot

insonning moddiy ma'naviy

 

faoliyati   majmui   sifatida   namoyon   bo'ladi,   shuning   uchun   dialektika



kategoriyalari ijtimoiy amaliyotning mahsuli ham 

deyiladi;   4)   dialektika   kategoriyalari   amaliyotda   paydo   bo'lib,   amaliyotga

xizmat qiladi. 5) dialektika kategoriyalarining 

muhim   xususiyati   ularning   o'zgaruvchanligi   va   egiluvchanligidir.   Muallif

“Dialektika kategoriyalarning 

egiluvchanligi”(Problema   gibkosti   kategoriy   1981),   Dialektika

kategoriyalarning o'zaro aloqadorligi (Vzaimosvyaz` kategoriy 

dialektiki   1986)   asarlarida   birinchi   bo'lib,   dialektika   kategoriyalarining

ziddiyatliligi, ularning rivoji, o'zaro 

aloqadorligi va o'zaro bir-biriga o'tishini, kategoriyalar egiluvchanligining fan

va amaliyot uchun ahamiyatini asoslagan. J. 

Tulenov dialektika qonun va kategoriyalarining ayniyligi va farqlari masalasi

haqida ham to'xtaladi. U o'zining”Dialektika 

va ilmiy tafakkur uslubi” (Dialektika i stil` nauchnogo mishleniya1983) asarida

birinchi marta, inson ijodiy faoliyatida 

tafakkur uslubining o'rni va rolini yoritib beradi. Insonning kundalik tafakkur

uslubidan ilmiy tafakkur uslubiga 

o'tishiga   ta'sir   qiluvchi   omillarni,   dialektik,   metafizik,   sofistik,   eklektik

tafakkur uslublarining tarixiy rivojlanish 

bosqichlarini yoritish bilan bir qatorda, ilmiy tafakkur uslubiga ta'rif bergan.

Sovet davrining qaqshatqich tazyiqi ostida 

J.Tulenov   3   marta   “Dialektika   va   bilish   nazariyasi”   (1984,   1986,   1989)

mavzusida xalqaro ilmiy konferentsiya o'tkazdi.

Mustaqil O'zbekistonda J.Tulenov ijodining yangi qirralari namoyon bo'ldi. Bu

davrda u ijtimoiy dialektika masalalariga 

alohida e'tibor qaratadi. Hayot falsafasi (1993) asarida falsafiy bilimning o'ziga

xos xususiyatlari, uning siyosat bilan 

bog'liqligi,   mamlakat   mustaqilligining   dastlabki   yillarida   ijtimoiy   siyosiy,

iqtisodiy, ma'naviy yangilanish 

jarayonlarini   tushunish   uchun   falsafiy   madaniyat   va   siyosiy   tafakkurni

shakllantirish lozimligini ta'kidlaydi. 

“Mustaqillik  va  milliy  tiklanish”(1996) asarida  O'zbekiston   mustaqilligining

tarixiy ahamiyati, yangi siyosiy tizim, 

ko'pukladli   iqtisod   va   bozor   munosabatlariga   o'tishda,   mustaqil   davlatning

ma'naviy, madaniy va axloqiy asoslarini 

rivojlantirish va mustahkamlash, milliy mustaqillik mafkurasining maqsadi va

yo'nalishlarini aniq anglash va ularni 

hayotga   tadbiq   etish   masalalari   yoritilgan.   “Qadriyatlar   falsafasi”   (1998)

asarida qadriyatlarning mohiyati, ularning turlari



(tabiiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy   siyosiy,   estetik   va   h.k)   ma'muriy   buyruqbozlik

hukmronlik qilgan tuzumda milliy 

qadriyatlarning   qadrsizlanganligi,   mustaqillik   davrida   qadriyatlarga

munosabatning o'zgarganligi, milliy tiklanish, 

millatning o'z-o'zini anglashi mustaqillikni saqlashning asosiy omili bo'lishini

e'tirof etgan.

Tulenovning   so'nggi   asari   “Dialektika   nazariyasi”(2001)   bo'lib,   unda   olim

dialektikani sinergetika bilan almashtirishga, 

dialektikani   o'ldiga   chiqarishga   harakat   qilgan   ba'zi   soxta   olimchalarga

qaqshatqich zarba beradi. Dialektikaning fan va 

ta'limot sifatidagi tarixiy taraqqiyotini, uning eng qadimgi va hozirgi zamon

bilishining metodlaridan biri ekanligini, 

buyuk mutafakkirlar al-Forobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ibn-Sino, Ulug'bek,

Mirzo Bedil asarlari asosida 

dialektikaning   ijtimoiy   jarayonlarni   bilishdagi   ahamiyati,   uning   global

xarakterini yoritgan. J.Tulenov talabalar uchun 

qator darslik  va o'quv qo'llanmalarini yaratgan, umrining oxirigacha xalqqa

xizmat qilgan buyuk olim edi.

Valiev   Abdulxay   (1929-2002)   akademik,   falsafa   fanlari   doktori,   professor.

Asosiy ilmiy ijodi jamiyat taraqqiyotida 

milliy ziyolilarning roli masalalariga bag'ishlangan. U bu jarayonning o'ziga

xos xususiyatlarini, O'zbekistonda milliy 

ziyolilar faoliyatini rivojining zarurliginiasoslagan. Sovet tuzumi hukmronligi

avj olgan 1966 yilda A.Valiev nashr 

qilingan   ”O'rta   Osiyoda   milliy   ziyolilarining   shakllanishi”   asarida   ishchi

dehqonlar orasidan iqtidorlilarini tanlab, 

milliy rahbar kadrlarni tayyorlash lozimligi haqidagi g'oyani ilgari surgan. U

turli toifadagi ziyolilar dunyoqarashi, ongi, 

psixologiyasi,   kayfiyatidagi   ziddiyatlarni   ochib   berishga   harakat   qilgan.

A.Valiev fan tarixida birinchi bo'lib 30 yillarda 

qatag'on   qilingan   mashhur   davlat   arboblari,   milliy   ziyolilar   F.Xo'jaev   va

T.Risqulovnnig mash'um taqdiri haqida ochiq fikr 

yuritgan.   1969   yilda   esa   O'rta   Osiyodagi   milliy   ziyolilarning   davlat

boshqaruvidagi roli masalasiga bag'ishlangan asarida 1917

-1960   yillardagi   ziyolilarning   ijtimoiy   evolyutsiyasi,   ishlab   chiqarish

sohasidagi ziyolilarning xalq xo'jaligini tiklashdagi 

roli,   ilmiy   texnikaviy   taraqqiyotda   ilmiy   ziyolilar   faoliyatining   o'rni,   milliy

ziyolilarning jamiyat ma'naviy hayotiga 

ta'siri haqida fikr yuritadi. Ilmiy faoliyat bilan bir qatorda A.Valiev jamoat

ishlarida ham faol ishtirok qilgan. 1961-65 

yilllarda u “O'zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnali bosh muharriri o'rinbosari, va

“O'zbek entsiklopediyasi”ning bosh 

muharriri birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan. O'zbek entsiklopediyasining

birinchi 8 jildligini nashrga tayyorlashda 

faol ishtirok qilgan.



Mustaqillik   yillarida   A.Valiev   mustaqillik   buyuk   ne'mat   ekanligi,   va   uni

asrash, avaylashda o'zbek ziyolilarining roli 

muhim   ekanligini   anglagan   holda,   umrining   oxirigacha   yangi   avlod   milliy

kadrlarini tarbiyalashga munosib hissa qo'shdi.

Yusupov   Erkin   (1928-2003)   akademik,   falsafa   fanlari   doktori,   professor.

Asosiy ilmiy ijodi ijtimoiy falsafa va 

madaniyat   nazariyasi   sohasi   bilan   bog'liq.   U   mustaqillikning   dastlabki

kunlaridayoq millatlararo munosabatlar sohasida 

mamlakatda uzoq yillar davomida to'planib qolgan hal etilmay kelgan qator

muammolar, ularning paydo bo'lish, rivojlanish 

va   keskinlashish   sabablari,   ob'ektiv   omillari   va   sub'ektiv   zaminlarini   tahlil

etgan. Shuningdek E. Yusupov milliy 

manfaatlar   va   milliy   munosabatlarning   dialektik   aloqadorligi,   millatlar

rivojlanishining ijtimoiy iqtisodiy 

muammolariga   e'tibor   bergan.   E.Yusupov   o'zining   “Inson   kamolotining

ma'naviy asoslari”(1998) asarida inson ma'naviy 

kamoloti va jamiyat taraqqiyotining o'zaro bog'liqligi ma'naviyatning xususan

axloq odob, imon, vijdon, e'tiqod madaniyat, 

ma'rifat   kabi   omillarning   jamiyat   taraqqiyotiga   ta'siri,   ularning   yoshlarni

vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy 

yo'llaridan   biri   ekanligini   tahlil   etgan.   Xususan   u   “Axloqning   mezonlari

jamiyat taraqqiyotining umumiy imkoniyatlari va 

ehtiyojlari alohida etnik guruhlar yashayotgan,  mehnat qilayotgan sharoitlar

ularning o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. 

Barcha   insoniyatga   xos   bo'lgan   ruhiy   boylik-axloq   turli   konkret   tarixiy

sharoitlarda, turli mamlakatlar va xalqlarda o'ziga xos 

shakllarda namoyon bo'ladi” deb ta'kidlaydi1 ”Oila ma'naviyat bulog'i” asarida

E.Yusupov mustaqillik yillarida 

O'zbekistonda oilani mustahkamlash, ko'p bolali oilalarni ijtimoiy himoyalash,

ma'naviy yetuk, jismoniy sog'lom avlodni 

tarbiyalash   borasida   ko'rilayotgan   tadbirlar   haqida   fikr   yuritadi,   shuningdek

oilada ota-ona ibrati, farzandlik burchi, 

farzand tarbiyasiga xos bo'lagan axloqiy qadriyatlar, oilaviy munosabatlarning

diniy va milliy jihatlariga e'tibor 

qaratadi. Uning fikricha “Ahil oilada hal qiluvchi so'zni ota aytadi, bu so'zdan

oldin u albatta oila a'zolarining fikr va 

manfaatini e'tiborga oladi, shu sababli ham milliy an'analarimizda otadan oldin

so'zlash yoki ota o'rniga so'zlash, uning 

so'zini   bo'lish   ham   beodoblikning   belgisi   hisoblanadi”.2   E.Yusupovning

so'nggi “Falsafa – bahs va munozaralar maydoni”3 

maqolasida   “Falsafa   shunday   fanki   uning   muammolari   tahlilida   davrning

ildamlab borayotgan ziddiyatli ruhi to'la va to'g'ri 

aks   etishi   kerak.   Falsafa   har   qanday   kashfiyotni,   fan   sohasidagi   yangilikni

mutlaq haqiqat deb tan olmaydi, har bir muammo 




tahlilidan oldin bu nima uchun shunday?, boshqacha bo'lishi mumkin emasmi?

deb savol qo'yadi... Falsafa tarixida jamiyat va fan 

taraqqiyoti oldiga bunday savollar qo'yilmagan davr bo'lmagan va bo'lmaydi

ham, shu sababli falsafiy muammolar tahlili 

doim keskin bahs va munozaralar maydoni bo'lgan” deb ta'kidlaydi. E.Yusupov

milliy kadrlar tayyorlash masalasiga ham 

jiddiy   yondoshgan.   Olim   umrining   oxirigacha   O'zMu   falsafa   fakul`tetida

talabalarga falsafa ilmidan dars bergan. 

M.X.Xayrullaev.(1931-2004) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. XX

asrning ikkinchi yarmida o'zbek falsafasi 

rivojiga salmoqli hissa qo'shgan yetuk olim, jamoat arbobi. Asosiy faoliyati

Abu Nasr al Forobiyning ilmiy ijodini 

o'rganish va sharhlashga bag'ishlangan. U “Buyuk siymolar”(1996 2 jild) va

“Ma'naviyat yulduzlari” (1999) asarlarining mas'ul 

muharriri. M.Xayrullaev Forobiy ijodini qayta kashf etgan olim. U Forobiy

ijodidagi materializm va idealizmni bir-

biri   bilan   aralashtimaslik   kerak   deb   hisoblaydi.   Uning   fikricha   Forobiy

tomonidan Xudoning tan olinishi idealizm bo'lsa, 

astronomiya,   matematika,   mantiq   sohasidagi   kashfiyotlari   materializmdir.

Chunki bu sohalarda narsalar yo'qdan bor bo'lmaydi, 

bordan   yo'q   bo'lmaydi.   Masalan,   Yer,   Quyosh,   Oy,   sayyoralar   harakatlari

orasidagi munosabatlarning ob'ektivligi doimo bir 

xildadir.1   M.Xayrullaev   kommunistik   mafkura   hukmron   bo'lgan   davrda,

Forobiy idealizmini tan ola oldi va uning 

ijodidagi idealistik av materialistik g'oyalarni sharhladi.

Baratov   Mo'bin.   (1934-2005)   akademik,   falsafa   fanlari   doktori,   professor.

Asosiy ilmiy ishlari Markaziy Osiyo 

mutafakkirlarining falsafiy merosini o'rganishga bag'ishlangan. Jumladan uning

“Ibn Sino falsafasi” asarida buyuk 

mutafakkir ijodining yangi kirralari ochib berilgan. Mo'bin Baratov har qanday

jamiyatni harakatlantiruvchi kuch ma'naviy 

omil deb ta'kidlaydi va o'zbek xalqida tarixan ma'naviy qadriyatlarga sodiqlik

shakllangan, hozirgi kunda ularni davr ruhiga 

moslashtirish lozim deb hisoblaydi. 

Tursunmuhamedov   Sattar   Pozilxaqovich.   (1929)   akademik,   falsafa   fanlari

doktori, professor. Asosiy ilmiy ishlari sanoat 

va qishloq xo'jalik mehnati, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, mulkdorlar sinfining

shakllanishi, ijtimoiy jarayonlar, 

jamiyatning   siyosiy   tizimi,   mustaqillik   yillarida   esa,   bozor   iqtisodiyoti

munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy 

siyosatning ahamiyati masalalariga bag'ishlangan.

Shermuxamedov   Said   (1930)   akademik,   falsafa   fanlari   doktori,   professor.

O'zbekistonda madaniyat nazariyasi va tarixi ilmiy 

maktabining asoschi. Shuningdek u “Ijtimoiy falsafa”, “Pedagogika tarixi va

nazariyasi”, “Siyosatshunoslik”, “Sotsiologiya”, 



“Etika” ,”Estetika”, “Madaniyatshunoslik” kabi yo'nalishlarda jami 570 yaqin

ilmiy va ilmiy ommabop ishlarning muallifi. 

O'zining “O'zbek xalqi madaniyatining milliy shakli”( 1961) monografiyasida

o'zbek xalqi madaniyati qadimiy ildizlarga 

egaligi va har qanday madaniyat zamon ruhiga moslashib, yangilanib borishi

va ayni paytda milliy ruhi saqlanib qolishini 

ta'kidlaydi.   S.Shermuxamedov   nafaqat   o'zbek   millati,   balki   boshqa   millat

madaniyatini ham o'rganish asosida milliy 

madaniyatlarda   o'zaro   uyg'unlik   va   o'zaro   aloqadorlik   bor,   biroq   har   bir

millatning milliy o'ziga xosligi millatlarni bir-

biridan   farqini   ko'rsatadi,   deb   hisoblaydi.   Olim   madaniyatning   gumanistik

asoslari, zamonaviy madaniyatning 

shakllanishida milliy va umuminsoniy madaniyat uyg'unligiga alohida e'tibor

qaratadi.

Sovet tuzumi davrida S.Shermuxamedov tashabbusi bilan jami to'rtta milliy

madaniyat masalalariga bag'ishlangan xalqaro 

konferentsiyalar o'tkazildi. Ularda jahon hamjamiyati vakillari ishtirok etdilar.

Mustaqillik yillarida S.Shermuxamedov milliy istiqlol g'oyasi, yangilanayotgan

jamiyatning asl mohiyatini aholi turli 

qatlamlari, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishning ahamiyatini chuqur anglagan

holda, “Yangilanayotgan jamiyatga- yangilangan 

falsafa”,(1993)   “Madaniya   va   sivilizatsiya”(1996),   ),   “Davrimiz

allomasi”(1998) “Biz qanday jamiyat qurmoqdamiz”(1999), 

“Istiqlol quyoshi”(2002) “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi va falsafaning

ravnaqi”(2005), ”Falsafa va ijtimoiy 

taraqqiyot” (2005), kabi asarlar yaratdi va ular ilmiy jamoatchilik tomonidan

munosib baholandi. Olim, ushbu asarlarida 

sovet tuzumi davrida falsafa fanining siyosiylashtirish oqibatlari haqida fikr

yuritadi va yangilangan falsafaning eng 

avvalo   gumanistik,   so'ngra   dunyoqarashli,   tarbiyaviy,   qadriyatli,   integrativ,

axloqiy funktsiyalariga ta'rif beradi. “Biz qanday 

jamiyat qurmoqdamiz” asarida u milliy mustaqillikning ahamiyati, jamiyatning

demokratiyalashuvi jarayonida yangilangan 

tafakkurni   shakllantirishning   zaruriyatini   asoslaydi.   S.Shermuxamedov

S.Mirzaev bilan hamkorlikda yaratgan “Hozirgi 

zamon o'zbek adabiyoti tarixi”, “Oybek va o'zbek adabiyoti”, “Komil Yashin

ijodi”, “Adabiyotning hamkorligi hayot taqozosi”, 

“Abadiyot   va   san'atda   printsiplar”   kabi   kitob   va   risolalari,   uning   nafaqat

faylasuf olim, balki o'zbek adabiyotining haqiqiy 

ixlosmandi   ekanligidan   dalolatdir.   Xususan   ”Hozirgi   o'zbek   adabiyoti

tarixi”(1985) qo'llanmasida olim zamon zaylidan 

cho'chimasdan, har bir adib, shoir va umuman adabiy muhit haqida xolisona

fikr bildirgan. Olim barcha asarlarida inson 

omilini birinchi o'ringa qo'yadi va shogirdlarini Bedilning “Garchi dushmanni

do'st qilolmasang, do'stni dushman qilmagin” 



degan naqliga amal qilishga chorlaydi.

S.Shermuxamedov ustozga sadoqatli shogird va shogirdparvar ustoz hamdir. U

ustozi I. Mo'minovning 80, 85, 90, 95, 100 yillik 

yubileylarini o'tkazish, tug'ilgan yurtida muzey tashkil qilishda faol ishtirok

qildi, ustozining boy ilmiy merosi, ijodi va 

faoliyati haqida qator risolalar yaratdi. 

S.Shermuxamedov “Madaniyat falsafasi va tarixi” ilmiy maktabida 130 dan

ortiq shogirdlar tayyorladi, ular bugungi kunda 

respublikamiz   Oliy   o'quv   yurtlari,   davlat   tashkilotlarida   turli   lavozimlarda

ishlab yurt tinchligi va farovonligiga ilmiy 

salohiyatlari bilan hissa qo'shib kelmoqdalar.

O'zbekiston falsafa jamiyati. 1973 yilda O'zbekiston falsafa jamiyati tashkil

qilingan va uning raisi etib Ibrohim 

Mo'minov   saylangan.   I.Mo'minov   vafotidan   so'ng,   1974-1980   yillarda

“Muzaffar Xayrullaev, 1980-1986 yillarda Q.Xonazarov, 

1988-1990   yillarda   Erkin   Yusupovlar   O'zbekiston   falsafa   jamiyati”   raisi

lavozimida ishlar ekanlar, asosiy e'tiborni 

O'zbekistonda   yashab   ijod   qilayotgan   faylasuflarning   ijodiy   hamkorligini

ta'minlash, ularning ajdodlarga munosib avlod 

ekanligini   dunyo   hamjamiyatiga   tanishtirishga   qaratdilar.   Shu   bois   o'zbek

faylasuflari muntazam xalqaro konferentsiyalar va 

falsafa   kongresslarida   ishtirok   etganlar.   1990   yildan   buyon   Said

Shermuxamedov rahbarligida O'zbekiston falsafa jamiyati 

huzurida «Falsafa fanining dolzarb muammolari» bo'yicha doimiy respublika

ilmiy nazariy seminari tashkil etilgan. 

Unda respublikamizning taniqli faylasuflari shuningdek, boshqa fan vakillari

XXI asr fanining dolzarb muammolari 

bilan   bir   qatorda,   ma'naviy   yuksalish,   jamiyatni   demokratlashtirish   va

modernizatsiyalashning ustivor yo'nalishlari haqida 

fikr almashadilar. 2001 yilda YUNESKO qaroriga binoan har yili noyabr oyida

nishonlanadigan “Jahon falsafa kuni” 

arafasida   falsafa   fani   rivojiga   hissa   qo'shgan   yetakchi   olimlar   va   yosh

tadqiqotchilar munosib taqdirlanib kelmoqda. Yoshlarda 

falsafiy   mushohada   yuritishni   takomillashtirish   maqsadida   “Aql   mashqi”,

“Tafakkur shaydolari” kabi to'garaklar tashkil 

qilingan.   Shu   bilan   birga   respublika   falsafa   kafedralari   faoliyatini   o'rganish

bo'yicha “Eng yaxshi kafedra”,”Eng yaxshi 

darslik”, “Eng yaxshi talaba referati” nominatsiyalari bo'yicha tanlovlar e'lon

qilinib, munosib topilganlari 

taqdirlanmoqda.

O'zbekiston   faylasuflari   milliy   jamiyati.   1998   yilda   tashkil   qilingan,   2001

yilgacha uning raisi Inomjon Rahimov bo'lgan. 

2001   yildan   O'FMJ   raisi   Q.Nazarovdir.   Jamiyat   qoshida   tashkil   etigan

nashriyotda falsafa, milliy g'oya va mafkuraga oid yangi 




turkum adabiyotlarni yaratish, nashr qilish va ular orqali aholi turli qatlamlari

ongida mafkuraviy immunitetni 

shakllantirishda faol ishtirok etish bilan shug'lulanmoqdalar. 

Mustaqillik   yillarida   falsafa   fani   yanada   ravnaq   topdi.   Falsafa   ilmini

rivojlantirish maqsadida viloyatlarda, xususan, 

Qoraqalpog'iston   Davlat   universitetida,   Buxoro   Davlat   universitetida,

Samarqand Davlat universitetida, Toshkent Davlat 

sharqshunoslik institutida “Falsafa” bo'limlari tashkil qilingan va unda yetakchi

mutaxassislar faoliyat olib bormoqdalar.  

Xulosalar. Insoniyat taraqqiyotida har bir davr an'anaviy falsafiy muammolarni

ilgari surgan va ularni o'z davri 

dunyoqarashi   ta'sirida   hal   qilishga   harakat   qilgan.   Falsafa   tarixini   yangi

shoxchalari paydo bo'ladigan daraxtga qiyoslash 

mumkin, har bir shox o'z shakliga va yaproqlarining rangiga ega bo'lib, ular

boshqalarini takrorlamaydi. Biroq daraxt shoxlari 

kabi falsafiy yo'nalishlar qancha ko'p bo'lmasin, ularni umumiy ildiz - inson va

olamning o'zaro aloqadorligi, inson va 

jamiyat   hayotining   uzviyligi   birlashtiradi.   Ushbu   umumiy   ildiz   inson

madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida 

falsafaning ahamiyatini chuqurroq tushunishga imkon beradi.

XX asr turli davrlardagi falsafiy yo'nalishlarni o'zida birlashtirdi va o'tmish

tajribasiga tayangan holda, olam va odam 

masalasiga juda murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda ziddiyatli, yangi falsafiy

qarashlar shakllandi.

Hozirgi   zamon   falsafasining   o'ziga   xos   xususiyati   uning   dunyoqarashli   va

metodologik jihatdan turli tumanligidir.  




Download 221,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish