Auditor hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshiradi, hujjatlarni arifmetik tekshiruv va bankdagi schyotlar bo’yicha amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini tekshiruvdan o’tkazadi.
korxonaning nechta hisob-kitob schyoti, valyuta schyoti va maxsus schyoti borligi, shuningdek ular qaysi bank muassasalarida ochilganligini aniqlash;
schyotlar sonini aniqlab, balansning «Hisob-kitob schyoti», «Valyuta schyoti», «Bankdagi maxsus schyotlar» -moddalari bo’yicha qoldiqlarni va bu schyotlar bo’yicha bank ko’chirmalaridagi ushbu balans sanasiga bo’lgan qoldiqlarni solishtirish, shuningdek, bank ko’chirmalarida aks ettirilgan summalarni ilova qilingan dastlabki hujjatlarda aks ettirilgan summalar bilan taqqoslash lozim;
amalga oshirilgan muomalalarning O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish;
bankdagi schyotlardan olingan ko’chirmalar va ko’chirmalarga ilova qilingan, muomulalarni tasdiqlovchi hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirishini tekshirish;
bank ko’chirmalarida va bankdagi pul mablag’lari hisobga olinadigan registrlarda pul mablag’larining kirimi va chiqimi bo’yicha oborotlarni jamlashni va kun oxiriga qoldiq chiqarishning to’g’riligini arifmetik tekshirish;
bank ko’chirmalaridagi, buxgalteriya hisobi registrlaridagi va Bosh daftardagi yozuvlarni hamda Bosh daftardagi qoldiqlar va balans moddalarining mosligini tekshirish;
bank muomalalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini aniqlash zarur. (Masalan: kassaga olingan naqd pullarni 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti debetida aks ettirish o’rniga boshqa schyotlarga olib borish hollariga yo’l qo’yilmaganligini aniqlash);
bank ko’chirmasida aks ettirilgan har bir muomala tegishli dastlabki hujjatlar (schyotlar, to’lov topshiriqlari, to’lov talabnomalari, shartnomalar, akt protsentovkalar va boshqalar) bilan tasdiqlanishi lozim. Bank ko’chirmalariga ilova qilingan
dastlabki hujjatlar quyidagi tartibda guruhlanadi; oldin bank ko’chirmalariga kirim hujjatlari, ulardan keyin esa barcha chiqim hujjatlari ketma-ket ilova qilinadi;
bank ko’chirmalarini bunday tartibda tekshirish bank hujjatlarini amalga oshirilgan muomalalarning mohiyatiga ko’ra tekshirish bilan birga amalga oshirilishi kerak. Bunda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:
tovarsiz schyotlar va boshqa noqonuniy muomalalar bo’yicha bo’naklar (avanslar) va to’lovlarning noto’g’ri o’tkazilishiga yo’l qo’yilmayotganligi (tekshirilaetgan korxonaga aloqador bo’lmagan, boshqa korxonalar haridlari va sarflariga doir schyotlarni to’lash va h. k. );
Tovar-material qiymatliklarni mavsumiy jamg’arish, bajarilgan ishlar uchun buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan schyotlarni to’lash maqsadida olingan bank ssudalaridan o’z vaqtida va to’g’ri foydalanish va h. k., ssuda olish uchun taqdim qilingan hujjatlarning to’g’riligi;
bankdan olingan limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalarining hisobda to’g’ri aks ettirilganligi va qonuniy foydalanilayotganligi (ularning qat’iy hisobda turadigan hujjatlar sifatida hisobga olinishi), ular hisobdor shaxslarga tilxat bo’yicha berilayotganligi;
hisobdor shaxslar tomonidan chek daftarchalarining ishlatilishi to’g’risida hisobot tuzilishi, hisobdor shaxslar hisobotlaridagi qoldiq va oborotlarning maxsus ssuda schyoti bo’yicha qoldiq va oborotlarga mos kelishi;
cheklarning nomerlari, sanalari va summalarning transport hujjatlarida ko’rsatilishi va x. k. ;
akkreditivlar orkali amalga oshiriladigan muomalalarning to’g’riligi va qonuniyligi, shu bilan birga bunday hisob-kitoblarni ham aniqlash zarur;
Bulardan tashqari, korxonaning to’lovga layoqatsizligi yuzaga kelmayotganligi va bunday holda korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash borasida qanday choralar ko’rilganligi ham aniqlanadi.