R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Sintetik hisob registrlari



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/517
Sana04.02.2022
Hajmi8,08 Mb.
#429678
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   517
Bog'liq
fayl 1513 20210818

Sintetik hisob registrlari
da xo‘jalik muomalalari umumlashtirilib, pul 
ifodasida sintetik schotlar bo‘yicha aks ettiriladi. Sintetik hisob registrlari 
yoziladigan yozuvning turiga ko‘ra xronologik, sistematik va uyg‘unlashgan 
bo‘lishi mumkin. 
Analitik hisob registrlari
xo‘jalik muomalalarini analitik schotlar 
bo‘yicha yozish uchun mo‘ljallangandir. Bu registrlarda yozuvlar sintetik 
registrlarga nisbatan batafsilroq yoziladi. Bu esa sodir bo‘layotgan xo‘jalik 
muomalalarini batafsil kuzatish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun 
analitik hisob registrlarida xo‘jalik muomalasining mohiyatini tavsiflaydigan 
tushuntirish matni yozish uchun joy ajratilgan. 
Analitik hisob registrlarining sintetik hisob registrlari bilan parallel, 
lekin alohida qo‘llanilishi, analitik schotlar bo‘yicha oborot vedomostlari 
tuzish yo‘li bilan hisob yozuvlarini umumlashtirish va tekshirish bo‘yicha 
texnik ishlarning ko‘payishiga olib keladi. Shuning uchun so‘nggi yillarda 
sintetik va analitik hisobni o‘zida 
birlashtiruvchi hisob registrlari
keng 
qo‘llanilmoqda. Bunday registrlarning qo‘llanilishi hisob yozuvlarini 
qisqartiradi, alohida obyektlar hisobni analitik yo‘nalishda yuritish va bir 
vaqtning o‘zida sintetik hisobning umumlashgan ko‘rsatkichlarini olish 
imkonini beradi. Shunday qilib, analitik va sintetik hisob ko‘rsatkichlari bitta 
amalni bajarish natijasida olinadi va sintetik yozuvlar jamini tekshirishga 
zarurat qolmaydi. Bunday hisob registrlariga «Mol yetkazib beruvchilar va 
pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 6-jurnal-order va 
«Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 7-jurnal-order 
misol bo‘ladi. Ularda nafaqat bir mol yetkazib beruvchi, hisobdor shaxs bilan 
hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar dastlabki hujjatlarga asosan aks 
ettiriladi. Analitik va sintetik hisob yozuvlarini bitta hisob registrida bunday 
birlashtirilishi natijasida alohida analitik hisob kartochkalarini yuritishga 
ehtiyoj qolmaydi. Barcha analitik schotlar bo‘yicha yozuvlar jami bir 


317 
vaqtning o‘zida sintetik schot bo‘yicha aks ettirilgan summa bilan 
ifodalanadi. Sintetik va analitik hisobni bitta registrda birlashtirish 
buxgalteriya hisobini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   517




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish