3-operatsiya.
Materiallarni temir yo‘l stansiyasidan korxona
omboriga tashib keltirganligi uchun transport tashkilotiga 3000 so‘m
hisoblandi. Ushbu summa transport-tayyorlov xarajatlarini aks ettiradi
va olingan materiallarning haqiqiy tannarxiga qo‘shilishi lozim. Ushbu
xarajatlarning ko‘payishi 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish»
schotining debetida ham yozilishi mumkin. Ushbu summaga 6010-«Mol
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti
kreditlanadi, chunki uning kreditida transport tashkilotiga bo‘lgan
qarzning ko‘payishi aks ettiriladi.
Dt 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti 3000
so‘m
Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar
va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti … … 3000 so‘m
Do'stlaringiz bilan baham: |