Kalkulatsiya schotlari xarajatlarni hisobga olish va ishlab
chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning
haqiqiy tannarxini aniqlashga xizmat qiladi. Bu schotlarning debetida
ishlab chiqarishga qilingan turli-tuman xarajatlar yozib borilsa, kreditida
ishlab chiqarishdan olingan mahsulot, ish va xizmatlarning reja tannarxi
bo‘yicha qiymati, ishlab chiqarishda foydalanilmagan moddiy
164
boyliklarning omborga qaytarib olinishi va boshqalar aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxiriga qoladigan qoldiq kalkulatsiya schotlarining