R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Buxgalteriya hisobini yuritish uslubiyati



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/338
Sana31.05.2023
Hajmi8,08 Mb.
#947012
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   338
Bog'liq
4e77da28b2343f76b7a96823a4b8cac2 Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Buxgalteriya hisobini yuritish uslubiyati 
1.
Asosiy vositalar bo‘yicha foydali ishlatish muddati amorti-
zatsiya guruhlariga kiritiladigan asosiy vositalar tasnifi asosida 
aniqlanadi.
2.
Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash bir maromli 
(to‘g‘ri chiziqli) usul bilan yuritiladi.
3.
Inventar va xo‘jalik anjomlari foydalanish uchun topshirish 
chog‘ida qiymatning 100 foizi miqdorida ishlab chiqarish chiqimlari 
yoki davr xarajatlariga hisobdan chiqariladi.
4.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash bir 
maromli (to‘g‘ri chiziqli) usulda yuritiladi.
5.
Tovarlar turkumi tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobi-
ning birligi hisoblanadi. 
6.
Tovarlar xarid qilingan narxda hisobga olinadi. 
7.
Materiallar va tovarlar hisobdan chiqarish chog‘ida FIFO usu-
lida baholanadi. 
8.
Idishlar xarid narxlarida baholanadi. 
9.
Korxona gumonli qarzlar bo‘yicha zaxira barpo etadi va zaxira 
summasini hisobot davri xarajatlariga kiritadi. 
10.
Korxona foyda hisobidan zaxira, sarmoyani barpo etadi, uning 
miqdori ta’sis hujjatlarida foydaning 15 foizi miqdorida belgilangan. 
11.
Kelgusi davrlarning daromadlari alohida moddada hisobga 
olinadi. Bu daromadlar qaysi hisobot davriga oid bo‘lsa, shu davr 
kelganda xo‘jalik faoliyatining natijalariga kiritiladi. 
12.
Korxona olgan qarzlar va kreditlar hisobot davri oxirida 
to‘lanadigan foizlarni hisobga olib baholanadi.


525 
Haq yo‘lida kim sanga 
Bir harf o‘qitmish 
ranj 
ila, 
Aylamak bo‘lmas ado oning 
Haqqin yuz 
ganj
 ila 
Alisher Navoiy 
RANJ VA GANJ: 
shogirdlari e’zozidagi tabarruk ustoz 
Sharofiddin Ahmedovich Mannonov 
(1935–2009) 
Mannonov Sharofiddin Ahmedovich 1935-yil 2-dekabrda Qozo-
g‘iston Respublikasi Janubiy Qozog‘iston viloyati Sayram tumani 
«Sayram» qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgan. 
U 1951-yilda o‘rta maktabni tamomlab, Toshkent sanoat-
iqtisodiyot texnikumiga o‘qishga kirgan. 1954–1958-yillarda Sankt-
Peterburg (sobiq Leningrad) moliya-iqtisodiyot institutida tahsil olgan.
Sharofiddin Mannonov yoshligidan o‘qituvchilik kasbiga qiziq-
qanligi va institutning buxgalteriya hisobi bo‘yicha pedagog 
mutaxassisligini tamomlaganligi bois, o‘z mehnat faoliyatini 1958-yilda 
Andijon buxgalteriya-hisobchilik maktabida boshladi. 1961-yilgacha 
ushbu dargohda o‘qituvchilik qilib, shu yilning fevral oyida O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy Statistika Boshqarmasi huzuridagi O‘quv-ishlab 
chiqarish kombinatining direktor muovini vazifasiga tayinlangan. 1966–
1967-yillarda ushbu tashkilotda buxgalteriya hisobiga oid fanlardan dars 
bergan. 1967–1968-yillarda O‘quv-ishlab chiqarish kombinati bosh-
lig‘ining o‘rinbosari, 1968–1970-yillarda direktori lavozimlarida faoliyat 
ko‘rsatgan. 1970–1971-yillarda ushbu o‘quv muassasasida buxgalteriya 
hisobi bo‘yicha o‘qituvchilik qilgan. 
Sharofiddin Ahmedovich rahbarlik lavozimlarida ishlagan davr-
larda ham uzluksiz o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, yoshlarga
buxgalterlik ilmini o‘rgatgan va ko‘plab buxgalter-hisobchilarni 
tayyorlagan. 
Sharofiddin Ahmedovichning ta’lim-tarbiya, xususan, buxgalterlik 
kasbini o‘qitish yo‘lida orttirgan tajribasi o‘z faoliyatini oliy ta’lim 
sohasida davom ettirishga undagan. U 1971-yil Toshkent qishloq 
xo‘jalik instituti (hozirgi ToshDAU) «Buxgalteriya hisobi va moliya» 
kafedrasi assistenti lavozimiga qabul qilingan. Oliy ta’lim dargohidagi 
halol va samarali mehnati, yaratgan o‘quv-uslubiy ishlari ijobiy 


526 
baholanib, 1983-yilda u katta o‘qituvchi lavozimiga o‘tkazilgan. Ka-
fedradagi mehnat faoliyati davomida 60 dan oshiq o‘quv, o‘quv-uslubiy 
va ilmiy ishlar chop ettirgan, shundan 22 tasi uslubiy qo‘llanma. 
Sharofiddin Ahmedovichning ko‘p yillik halol va samarali 
mehnatlari respublika, viloyat, tuman va universitet rahbariyati to-
monidan munosib taqdirlangan. Jumladan, u 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish