kirish tugatish balansi;
oraliq tugatish balansi;
yakuniy tugatish balansi.
Ularning har biri tugatilayotgan korxona mulklarini sotish mumkin
bo‘lgan bahoda baholanib tuziladi.
Tuzilish shakli
bo‘yicha buxgalteriya balanslari bir tomonlama
(vertikal) va ikki tomonlama (gorizontal) balanslarga bo‘linadi.
Bir tomonlama (vertikal) balanslar vertikal ko‘rinishda tuzilib,
oldin balans aktivining bo‘lim va moddalari, undan keyin passiv
bo‘limlari va moddalari keltiriladi.
Ikki tomonlama (gorizontal) balanslar gorizontal ko‘rinishda
tuziladi. Uning chap tomonida aktiv bo‘limlari va moddalari, qarama-
qarshi, ya’ni o‘ng tomonida passiv bo‘limlari va moddalari aks ettiriladi.
Balansning bunday tuzilishi korxona moliyaviy ahvolini tahlil
qilishni osonlashtiradi.
Soflik darajasiga ko‘ra balanslar
brutto-balans va netto-balans-
lar
ga bo‘linadi.
Brutto balans
– bu barcha tartibga soluvchi (kontr-aktiv va kontr-
passiv) moddalarni o‘z ichiga oladigan balansdir. Brutto (brutto) –
italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi «qo‘pol», «tozalanmagan» degan
ma’nolarni bildiradi. Brutto balans shakli faqatgina har xil ilmiy
tadqiqotlar, balans shaklida umumlashtirishning tarixiy jihatlarini
o‘rganish va shunga o‘xshash maqsadlarda tuziladi.
Netto balans
– bu tartibga soluvchi moddalar (kontr-aktiv va kontr-
passiv schotlar) qoldiqlari mos ravishda tegishli moddalardan ayirib
tashlangan, ya’ni tozalangan balansdir. Netto (netto) so‘zi ham
italyancha bo‘lib, «sof», «toza» degan ma’nolarni bildiradi. Hozirgi
vaqtda balansning buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq
aniqlangan, netto-balansiga mos keladigan shakli qo‘llaniladi. Masalan,
«asosiy vositalarning eskirishi», «nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi»,
«savdo ustamasi» va hokazolar aktivdagi tegishli moddalardan mos
ravishda chegirib tashlanib, ularning sof qoldig‘i ko‘rsatiladi. Passivda
83
esa kontr-passiv schotlar qoldig‘i, masalan, «sotib olingan xususiy
aksiyalar» moddasining qoldig‘i u bilan bog‘liq tegishli modda, ya’ni
«Ustav kapitali» moddasi qoldig‘idan chegirib tashlanadi.
Faoliyat turi bo‘yicha balanslar
asosiy va asosiy bo‘lmagan
faoliyat balanslariga bo‘linadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ixti-
soslashganligi va uning ustaviga mos faoliyat asosiy faoliyat deyiladi.
Faoliyatning barcha boshqa turlari asosiy bo‘lmagan faoliyat hisobla-
nadi.
Tarmoqlar bo‘yicha
balanslar sanoat korxonalari balansi, transport
korxonalari balanslari va h.k.larga bo‘linadi.
Tuzish usuli bo‘yicha buxgalteriya balanslari
oborot (oborot-
qoldiq), oddiy shakldagi va shaxmat shaklidagi
balanslarga bo‘linadi.
Oborot (oborot-qoldiq)
balanslari amalga oshirilgan xo‘jalik
muomalalarini schotlarda to‘liq aks ettirilganligini, oborot va qoldiqlar
to‘g‘ri chiqarilganligini nazorat qilish uchun qo‘llaniladi.
Oddiy shakldagi
balanslar namunaviy bo‘lib, O‘zbekiston Res-
publikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Uning qisqartirilgan
ko‘rinishi 4.1-jadvalda berilgan.
84
Do'stlaringiz bilan baham: |