R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/338
Sana31.05.2023
Hajmi8,08 Mb.
#947012
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   338
Bog'liq
4e77da28b2343f76b7a96823a4b8cac2 Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Tejamlilik
tegishli hisobot shakllarini unifikatsiyalash va standartlash, 
ayrim 
ko‘rsatkichlarni 
hisobot 
ma’lumotlarining 
sifatiga 
zarar 
yetkazmaydigan tarzda qisqartirish yo‘li bilan erishiladi. Bu eng avvalo, 
axborot-ma’lumotnoma tavsifidagi ko‘rsatkichlarga taalluqlidir.
Moliyaviy 
hisobotga 
qo‘yiladigan 
talablardan 
biri 
– uni 
rasmiylashtirish
hisoblanadi. Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham mulklar, 
majburiyatlar va xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish 
kabi, o‘zbek tilida va milliy valuta – so‘mda amalga oshirilishini bildiradi. 
Moliyaviy hisobot korxonaning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan 
imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy 
hisobotni 
e’lon qilish
O‘zbekiston Respublikasi 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 26-moddasida belgilangan 
ro‘yxatdagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Ularga ochiq 
aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar 
birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari kiradi.
Moliyaviy hisobotni e’lon qilish axborotdan foydalanuvchilar uchun 
ma’lumot olish imkoni bo‘lgan ommaviy axborot vositalarida yoki tegishli 
nashrlarda hamda qiziquvchilarga taqdim etish uchun korxona ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan joydagi davlat statistika organlariga taqdim etish orqali amalga 
oshiriladi.
Yillik buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 
1-mayidan kechikmasdan e’lon qilinishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot 
e’lon qilinishidan oldin auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilib, ijobiy auditorlik 
xulosasi olingan va xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqaruv organi 
(aksiyadorlarning umumiy majlisi, ta’sischilar majlisi va h.k.) tomonidan 
tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot shakllaridan 
buxgalteriya balansi
(1-shakl) va 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
(2-shakl) e’lon qilinishi lozim. Bunday tajriba xalqaro amaliyotdan kelib 
chiqqan bo‘lib, tashqi axborotdan foydala-nuvchilarga mazkur korxonaga 
kapital qo‘yish va boshqa masalalar bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilishga 


348 
imkon beradi. Buxgalteriya balansi qisqartirilgan shaklda e’lon qilinishi 
mumkin va uning mazmuni korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining qoidalarida ko‘zda tutilgan talablar doirasida bo‘lishi 
lozim. Yillik moliyaviy hisobot bilan birga auditorlik xulosasi ham e’lon 
qilinishi mumkin. Uning mazmuni mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan 
moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risidagi fikr (baho)dan iborat.
Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor 
etilmasligi uchun e’lon qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni 
noqonuniy olish va oshkor etish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka 
tortiladi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish