R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


statik  buxgalteriya hisobi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

statik 
buxgalteriya hisobi
deb ataladi.
Statik buxgalteriya hisobining asosini mol-mulklar va kreditor 
qarzdorlikni muayyan vaqtida o‘tkazilgan diskret inventarizatsiya 
ko‘rsatkichlari tashkil qiladi. Mol-mulklarni baholash konservatizim 
(ehtiyotkorlik) printsipiga muvofiq soxta tugatish paytidagi sub’ektiv 
aniqlangan sotish bahosiga asoslanadi. Bunda buxgalterlar aktivlar 
qiymatini oshirishdan ko‘ra, kamaytirishga moyil bo‘ladi.
Shunday qilib, J.P.Savari inventar balansni vaqti-vaqti bilan tuzish 
majburiyligini joriy etish, inventarizatsiyani o‘tkazish muddatlarini (ikki 
yilda kamida bir marta, keyinroq – har yili) belgilash va inventar ro‘yxatga 
kiritiladigan mol-mulklar ro‘yxatini tuzish asosida statik buxgalteriya 
hisobini asoslagan va amalda rasmiylashtirgan. 
J.P.Savari barcha balanslarni tuzish uchun qo‘llagan asosiy metodik 


464 
usul – fizik diskret inventarizatsiya. Unga muvofiq barcha inventarlar 
muayyan sanaga inventaritsiya qilinib, baholash asosida balans tuziladi.
Tijorat Kodeksini o‘rganuvchilar J.P.Savarining buxgalteriya 
hisobiga qo‘shgan hissasini har xil baholaydilar. Masalan, O.Shmalenbax 
Ordanansda balansning alternativ (muqobil) vazifalarini (mol-mulklar 
qiymatini va/yoki foydani hisoblashni aniq aks ettirish) ajratib ko‘rsatgan 
va Kodeks nashr qilingungacha “... moliyaviy natijalarni aniqlash 
muhimroq bo‘lgan”
36
[5. S.21-22] deb hisoblagan.
Zamonaviy tadqiqotchilardan Ditrix Shnayderning (1976 y.) 
qarashlari O.Shmalenbax fikrlariga yaqindir. U J.Savarining asarlarida 
korxona o‘z faoliyatini to‘xtatganiga qadar foydani taqsimlash masalalari 
mavjudligini inkor etgan holda, XIX asrga qadar foyda mustaqil 
mazmunga ega bo‘lmagan deb hisoblagan.
J.Rishar esa, aksincha, Yevropa buxgalterlar assotsiatsiyasi 
Kongressidagi chiqishida
37
(Kopengagen, 2002 y.) [8] D.Shnayder fikrini 
tanqid qilgan. Frameri va “Mukammal savdogar (tijoratchi)” matnidagi 
fikrlarga asoslanib Jak Savari birinchilardan bo‘lib “agar bankrotlik xavf 
solmasa, kommanditlarga foydani taqsimlashga ruxsat bergan”ligini 
ta’kidlaydi. Shu sababli Kodeks sharhlarida J.Savari XVI asr 
boshlaridayoq buxgalteriya hisobida Strak fikrlariga qarshi chiqqan. Strak 
Rim huquqi qonunlari: mulklar va foydani shirkat muddati tugaganida va 
qarz majburiyatlari so‘ndirilganidan keyin taqsimlash mumkinligi haqidagi 
fikrlarni himoya qilgan. Yuridik jihatdan bu qoida keyinroq XVIII asr 
oxirlarida mustahkamlangan. 
XV-XVII asrlarda xo‘jalik faoliyatining asosiy shakli xususiy 
tadbirkorlik bo‘lgan hamda inventarizatsiya faqat nazorat maqsadlari 
uchun xizmat qilgan. Ordanans faqatgina mulklarning ta’minlanishi 
vazifasi izchilligini (meros bo‘lishini) e’lon qilmasdan, unga muvofiq 
nventarizatsiya tadbirkorlarni xabardor qilish (mulkdorlarning axborot 
talab(so‘rov)larini qondirish) vazifasini bajargan hisobotlarni tuzish uchun 
axborot manbaiga aylantirgan holda uni oldingi o‘ringa olib chiqqan.
Adolf Zebon (1958 y.) Ordanans ko‘rsatmalarini tahlil qilish 
doirasida “inventarizatsiya haqidagi qoida yuridik jihatdan birinchi bor 
aynan ushbu hujjatda mustahkamlangan” degan farazni ta’kidlagan
38
[5. 
36
Обербринкманн Ф. Современное понимание бухгалтерского баланса / Под ред. Я. В. Соколова. — М.: 
Финансы и статистика, 1997. 
37
Richard J. History of fair value in accounting legislation of France and Germany from 1673 to 1914. Copenhagen, 
2002. 
38
Обербринкманн Ф. Современное понимание бухгалтерского баланса / Под ред. Я. В. Соколова. — М.: 
Финансы и статистика, 1997. 


465 
S.18]. 
Ma’lumki, operatson schyotlar va hisoblashning (olingan 
daromadlarni ularni ta’minlagan xarajatlar bilan bog‘lish) usuli mavjud 
bo‘lmagan sharoitda foydani ishonchli hisoblash imkonsiz hisoblangan. Bu 
haqda Traktat
39
[9] qoidalari bilan tanishish dalolat beradi. Shuning uchun 
ham “ikki yoqlama buxgalteriya sharoitida foyda qo‘shimcha mahsulotga 
aylanadi”.
A.Ter Ven esa, aksincha, “Savarini dinamik hisob vakillaridan 
deyarli eng yaxshisi sifatida ko‘rsatishimiz mumkin, chunki u 
inventarizatsiyaning maqsadini faqatgina mulklar qiymatini aniqlashda 
emas, balki natijalarni hisoblashda ham ko‘rgan” deya ta’kidlaydi
40
[5. 
S.22]. 
Bugungi kunda ayrim mualliflar moliyaviy natija balansini (kapital 
qo‘yish samaradorligi) dinamik balans deb atashmoqda. Bunday 
yondashuv bir muncha mulohasizlikni ifodalaydi
41
[7]. Birinchidan, 
J.P.Savari ushbu atamadan foydalanmagan (yanada aniqrog‘i, XVII asrda 
ushbu atama qo‘llanilmagan). Ikkinchidan, dinamik buxgalteriya hisobi 
tushunchasi hisob davri tushunchasini qo‘llash, alohida korxona printsipini 
qo‘llash va tannarx bo‘yicha hisob yuritishdan (ya’ni, moliyaviy natijalarni 
aniqlash maqsadida statik hisobga J.P.Savari tomonidan kiritilgan dinamik 
hisob elementlari) ko‘ra kengroq tushuncha. Dinamik hisob olingan 
daromadlarni va ularni ta’minlagan xarajatlarni bir hisobot davrida hisobga 
olishga imkon beradigan hisob siyosatining usuli – hisoblash usuli 
qo‘llanilmasdan yuritilishi mumkin emas.
Statik hisobning nisbatan oldingi davrlardagi buxgalteriya modellari: 
Rim modeli (Qadimgi Rimdagi oila hisobi), venetsiyalik savdogar-
dengizchilar modeli (XV-XVI asrlar), Lyudovik XIV ning soliq 
ijaradorlari moliya hisobi (XVII asr) bilan bog‘liqliklari tadqiq qilinishi 
qiziqish uyg‘otadi (2-rasm).
Statik buxgalteriya hisobi Rim modelidan quyidagilarni o‘zlashtirgan:

diskret inventarizatsiya; 

ko‘chadigan va ko‘chmas mulklarni sotish mumkin bo‘lgan baholarda 
alohida baholash; 

mol-mulklarning soxat tugatilishi; 

moliyaviy natijaning mol-mulklar yakuniy va dastlabki qiymatini 
39
Пачоли JI.
Трактат о счетах и записях / Под ред. Я.В. Соколова. - М.: Фи¬ нансы и статистика, 2001. 
40
Обербринкманн Ф. Современное понимание бухгалтерского баланса / Под ред. Я. В. Соколова. — М.: 
Финансы и статистика, 1997. 
41
Кутер М.И., Гурская М.М.
Теория многообразия балансов Ж.П. Савари // Бухгалтерский учет. — 2003. — № 
6. 


466 
taqqoslash orqali aniqlanishi. 
Lyudovik XIV ning soliq ijaradorlari moliya hisobidan statik 
buxgalteriya hisobiga quyidagilar o‘zlashtirilgan:

moliyaviy natijani hisobot davri yakunlanganida aniqlash; 

hisobot davrini bir yilga teng qilib belgilash; 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish