R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Hisobotlarning turlari, tarkibi va unga



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

13.2. Hisobotlarning turlari, tarkibi va unga
qo‘yiladigan talablar 
 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobotlari uchta asosiy mezon 
bo‘yicha turkumlanadi:

axborotlar hajmiga ko‘ra; 

tuzilish maqsadiga ko‘ra; 

davriyligi bo‘yicha. 
Hisobotdagi ma’lumotlar hajmiga ko‘ra xususiy hisobot va umumiy 
hisobotlarga bo‘linadi.
Xususiy hisobot xo‘jalik yurituvchi subyektning bitta faoliyat 
uchastkasidagi ishi to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Umumiy hisobot xo‘jalik yurituvchi subyektning butun moliya-xo‘jalik 
faoliyatini tavsiflaydi.
Hisobotlar tayinlanishiga ko‘ra tashqi va ichki hisobotlarga bo‘linadi.
Tashqi hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat tavsifi, 
daromadliligi mulkiy hamda moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi axborotdan 
tashqi foydalanuvchi-manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni axborot 
bilan ta’minlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining 
xalqaro standartlari va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risidagi qonunining 26-moddasiga muvofiq tashqi yillik moliyaviy 
hisobot e’lon qilinishi lozim.
Ichki hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki ehtiyojlaridan 
kelib chiqqan holda tuziladi. 
Hisobot qamrab oladigan davrlar bo‘yicha davriy (joriy) va yillik 
hisobotlarga bo‘linadi.


349 
Davriy hisobotlar hisobot yili ichida muntazam ravishda ma’lum davr 
oralig‘i (kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yarim yillik, 9 oylik) uchun 
tuziladi. Yillik hisobot hisobot yili tugaganidan so‘ng tuziladi (13.1-rasm). 
13.1-rasm. Buxgalteriya hisobotlarining turkumlanishi. 
Moliyaviy hisobotda korxona faoliyatidan olinadigan moliyaviy 
natijalar, ularning iqtisodiy tavsifiga muvofiq turlari bo‘yicha guruhlanib aks 
ettiriladi. Aktivlar, passivlar va kapital balansda korxona moliyaviy holatini 
bevosita baholaydigan elementlarga kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 
qonunining 22-moddasiga muvofiq moliyaviy hisobot quyidagi asosiy 
shakllarni o‘z ichiga oladi: 

buxgalteriya balansi; 

moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; 

pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot; 

xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; 

izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi 
sifatida moliyaviy hisobot subyektining moliyaviy holatini va uning 
moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan 
ko‘plab iste’molchilar quyidagi maqsadlarda foydalanadi: 
a) kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investitsion qarorlar 
qabul qilish uchun; 
b) subyektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash; 
T U R K U M L A S H M E Z O N L A R I
Buxgalteriya hisobotlari 
Ma’lumotlar hajmiga 
ko‘ra 
Tuzilish maqsadiga ko‘ra 
Davriyligi bo‘yicha
H I S O B O T T U R L A R I 
Qisman hisobot 
Tashqi hisobot 
Davriy (joriy)
hisobot 
Umumiy hisobot 
Ichki hisobot 
Yillik hisobot 


350 
d) subyektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar 
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish. 
Buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va shakllari hamda ularni 
to‘lg‘azish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Yillik moliyaviy hisobot shakllarini tuzishdan oldin katta tayyor-garlik 
ishlari amalga oshiriladi. Uning mazmuni hisob ma’lumotlarining mulklar va 
manbalarining haqiqiy mavjud qoldiqlariga mosligini tasdiqlash bilan 
belgilanadi.
Shuning uchun yillik balansni tuzishga yil davomida tuziladigan 
balanslarga qaraganda juda yuqori ishonchlilikni ta’minlash talabi qo‘yiladi.
Bunda tayyorgarlik ishlarining negizi barcha turdagi xo‘jalik 
mablag‘lari va mablag‘lar manbalarini to‘liq inventarizatsiya qilishdan 
iborat.
Buxgalteriya balansini tuzish texnikasi uning isbotlovchi hujjatlar bilan 
tasdiqlangan hisob yozuvlari asosida to‘ldirilishini nazarda tutadi. Balansni 
tuzishdan oldin analitik hisob schotlari bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bosh 
daftardagi schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bilan solishtirilib, 
tekshirilishi lozim. Bunda ularning tengligiga ishonch hosil qilish zarur.
Hisobotning ayrim shakllarini tuzish jarayonida ularga ma’lum talablar 
qo‘yiladi. Masalan, balansni tuzishda uning ayrim moddalarini baholash 
qoidalariga rioya qilish kerak.
Xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
aktivlari 
va 
majburiyatlarini 
baholashning umumiy tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi qonunining 17-moddasida belgilangan.
Buxgalteriya balansi ayrim moddalarining bahosini shakllantirish 
prinsiplari quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi: 

pul to‘lash yo‘li bilan sotib olingan mulklar sotib olish uchun 
qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha baholanadi; 

bepul olingan mulklar balansda hisobga olingan sanadagi bozor 
bahosi bo‘yicha aks ettiriladi; 

xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zida tayyorlangan mulklar ularni 
tayyorlash xarajatlarining summasi bo‘yicha balansga qabul qilinadi; 

asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya 
hisoblash xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari 
qanday bo‘lishidan qat’i nazar amalga oshiriladi; 

asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar balansda qoldiq qiymati 
bo‘yicha baholanadi; 


351 

aktivlar va majburiyatlarni baholashning boshqacha uslublari 
amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan hollarda ruxsat 
etiladi. 
Buxgalteriya hisobotlari shakllariga qo‘yiladigan umumiy talablar 
ularda bo‘yab tuzatish va noaniqliklar bo‘lmasligini nazarda tutadi. Agar 
shakllarda xatolar aniqlansa, ular o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha tuzatilishi 
lozim.
Buxgalteriya hisobotlarida aniqlangan xatolar ular qaysi davrga 
taalluqli bo‘lishlaridan qat’i nazar hisobot davridan keyingi birinchi davrda 
(chorakda, yil boshidan) tuzatilishi lozim. Tuzatishning bunday varianti ichki 
audit xizmati yoki nazorat organlari tomonidan aniqlangan, tekshiruvlar va 
inventarizatsiya chog‘ida aniqlangan noaniqliklarni tuzatishga ruxsat etiladi.
Tuzatishlar tegishli tarzda izoh berilib, tuzatish sanasi ko‘rsatilgan 
holda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Shunday qilib, buxgalteriya hisobotlarini tuzishga qo‘yiladigan talablar, 
umuman olganda joriy buxgalteriya hisobini shakllantirishga qo‘yiladigan 
talablarga mos keladi.
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi hamda muhr 
bilan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashki-lotlar 
tomonidan yoki buxgalteriya hisobiga doir mutaxassis bilan fuqarolik-
huquqiy shartnomasi asosida yuritiladigan tashkilotlarda buxgalteriya 
hisobotlari xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari hamda hisobni yurituvchi chet 
tashkilot vakili yoki mutaxassis tomonidan imzolanadi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish